13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja
Download 172.94 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parrandalarning biologik xususiyatlari.
13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja: Parrandalarning biologik xususiyatlari Parrandalarning tuxum mahsuldorligi Parrandalarning go‘sht mahsuldorligi Parranda zotlari Parrandachilikda naslchilik ishlari Iste’mol tuxumi ishlab chiqarish jarayoni.Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish. 1-masala. Parrandachilik chorvachilikning asosiy sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik parrandalari yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari- tuxum, go‘sht, yog‘ va yengil sanoat uchun xom-ashyo par va pat yetishtirib beradi. Parranda mahsulotlari yuqori to‘yimliligi va ajoyib ta’mi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, parhyez tuxum va jo‘ja go‘shti alohida e’tiborga loyiq. Broyler go‘shtida 20 % ko‘proq oqsillari bo‘lib, faqatgina 1 % atrofida yog‘ bo‘ladi, bu esa uning parhyezligidan dalolat beradi vaholanki eng yog‘siz qoramol go‘shti tarkibida kamida 10 % yog‘ bo‘ladi. Parrandalarning biologik xususiyatlari. Parrandalar sermahsul hisoblanadi, leggorn zotli tovuqlar bir yilda o‘rtacha 260-280 dona tuxum beradi, broyler jo‘jalari 50-60 kunda 1,5-2,0 kg nimta, o‘rdak, g‘oz, kurka jo‘jalari mo‘l go‘sht berish xususiyatiga ega. Ularning tez yetiluvchanligi alohida ahamiyat kasb etadi, ya’ni qisqa muddatlarda mahsulot olish mumkin. Leggorn zotli mokiyon jo‘jalar 5 oylikda tuxumga kirsa, broyler va o‘rdak jo‘jalari 50-60 kunda go‘sht uchun so‘yish mumkin. Parrandalarni tez ko‘paytirish imkoni bor yoki bir tovuqdan yiliga 250-300 bosh jo‘ja o‘stirsa bo‘ladi. Parrandalarda embrion tanadan tashqarida rivojlanishi sababli yilning xohlagan fasl va paytida jo‘ja ochirib ularni o‘stirish mumkin. Ayniqsa jo‘ja ochirishni sanoat asosida-inkubatorlarda tashkil qilish xohlagan payt, xohlagan miqdorda jo‘ja olish imkonini beradi. Parranda tuxumi po‘choq bilan o‘ralgan bo‘lib, u tabiiy hisoblanadi, shu boisdan uni uzoq muddat saqlash va tashish imkoniyatlari mavjud. Parranda mahsulotlari boshqa chorva mahsulotlariga nisbatan arzon, chunki 1 kg mahsulot ishlab chiqarishga eng kam oziqa sarflaydi, yoki 10 dona tuxum uchun 2-3 kg, 1 kg semirish uchun ham 2-3 kg yem sarflaydi. Parrandalarning biologik xususiyatlaridan biri ularning tana harorati yuqori 42ºS, hamda yurak urishi, nafas olishi ancha tez, bu hol ularda modda almashuvining jadalligini ko‘rsatadi. Parrandalarning xususiyatlaridan biri ularni chegaralangan maydonlarda-qafaslarda saqlab, yuqori mahsuldorlikka erishish mumkin. Bu holat barcha parrandachilik mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish imkonini beradi. Parrandalar galalarini tez almashtirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu hol parrandalar mahsuldorligini muttasil oshirib borish imkonini beradi. Tuxum yo‘nalishidagi sanoat galasi har yili almashtirilib boriladi. Parrandalarning boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlaridan ustunlik tomoni ularning so‘yim chiqimining yuqoriligi hisoblanib, 75-80 % tashkil etib; olingan nimtaning 65-70 % esa iste’molga yaroqli hisoblanadi. Suvda suzuvchi voyaga yetgan parrandalar bo‘rdoqilanganda, ular go‘shtida yog‘ nisbati 40 % gacha yetib, kalloriyaligi yuqori bo‘ladi. Parrandalarning yana bir xo‘jalik uchun foydali xususiyati ular har xil oziqalarni iste’mol qilish va hazmlash hususiyatiga ega. Evolyusion jarayonda parrandalar suyaklari ingichkalashib, qattiqlashgan, ularning orasida havo bo‘shliqlari bo‘lib yengil. Bu hol ularda gaz almashinuvi va nafas olishni kuchaytiradi. Ovqat hazm qilish tizimi ham boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlaridan farqlanib, ularda tish bo‘lmasligi natijasida oziqalarni chaynamay yutadi. Ularda oziqalar qizilo‘ngach orqali jig‘ildonga, undan keyin bezli oshqozonga o‘tadi. Ushbu oshqozonda me’da shirasi bilan oziqa aralashmasi muskulli oshqozonga tushadi va eziladi, hazmlangan oziqalar ichaklarga o‘tadi. Parrandalar ichaklari hayvonlar ichaklariga nisbatan bir necha marta qisqa bo‘lib, oziqalar faqat 6-8 soat davomida turadi. Yembrion rivojlanish davrida ikki tuxumdon ham rivojlanib, voyaga parrandalarda tuxum asosan chap tuxumdonda paydo bo‘lib ajraladi, o‘ng tuxumdon va tuxum yo‘llari rivojlanmay qolaveradi. Tuxum sarig‘i tuxumdonda shakllanadi, ovulyasiya natijasida u tuxum yo‘liga tushadi, tuxumning qolgan qismlari (oqsili,po‘chog‘i) tuxum yo‘lida hosil bo‘ladi, ushbu jarayonga 22-24 soat vaqt sarflanadi, tuxum tashqariga chiqarilganda 0,5 soatdan keyin navbatdagi ovulyasiya ro‘y berib, tuxum sarig‘i tuxum yo‘liga tushadi, jarayon yana takrorlanadi. Tuxum hujayrasi otalanib, murtak tuxum sarig‘i o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Parrandalar siydik, jinsiy va tezak chiqarish a’zolari birlashgan bo‘lib tashqi chiqaruv teshigiga (kloaka) ochiladi. Yerkak parrandalarda urug‘don qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib eyakulyat chiqaruv a’zosiga tashlanadi. Xo‘rozlar o‘rtacha eyakulyat hajmi 0,3 mm bo‘lib, xo‘rozdan ajratilgan tovuqlar yana 10 kun mobaynida otalangan tuxum berishlari mumkin. Parrandalarda kurk bo‘lish instinkti bo‘lib tuxum bosib jo‘ja ochishga imkon beradi. Ushbu xususiyat madaniy zotlarda yo‘qotilgani uchun yil bo‘yi tuxum beradi. Parrandalar tana tuzilishi xususiyatlari, mahsuldorlik va xo‘jalik uchun foydali belgilariga qarab quyidagicha tavsiyalanadi: Tuxum yo‘nalishidagi parrandalar; Tuxum –go‘sht yo‘nalishi parrandalar; Go‘sht yo‘nalishidagi parrandalar. Tuxum yo‘nalishidagi parrandalar jussasi nozik, suyaklari ingichka va qattiq, muskul to‘qimalari kuchli rivojlanmagan, patlari qalin va mayin bo‘lib, tanasi uchburchakni eslatadi. Go‘sht yo‘nalishidagi parrandalar jussasi yirik, qo‘pol bo‘lib, suyaklari ingichka va bo‘sh, muskullari kuchli rivojlangan, tana tuzilishi doira shaklini eslatadi. Tuxum go‘sht yo‘nalishidagi parrandalarda ikki yuqoridagi parrandalar xususiyatlari mavjud bo‘lib oraliq o‘rinni egallaydi, tanasi to‘rtburchak shaklni eslatadi. Download 172.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling