13-Mavzu : Parrandachilik. Parrandachilikda mahsulot ishlab chiqarish asoslari Reja


Download 172.94 Kb.
bet13/15
Sana10.11.2023
Hajmi172.94 Kb.
#1764633
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10-mavzu

7 – masala.
Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish.
Hozirgi zamon parranda go‘shti yetishtirish duragay parrandalardan foydalanish, ularni to‘laqiymatli quruq omixta yemlar bilan oziqlantirish, jadal texnologiyalarni joriy qilish, mo‘tadil saqlash sharoitlarini yaratish.
Yil davomida to‘xtovsiz parranda go‘shtini katta korxonalar yetishtirib beradi. Davriy ravishda to‘xtovsiz parranda go‘shti yetishtirish, yil davomida ota-ona galasini o‘z vaqtida to‘ldirish asosida, inkubatsiya tuxumini uzluksiz olish va go‘sht jo‘jalarini o‘stirishdan iborat.
Parranda go‘shtini sanoat negizida ishlab chiqarish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bular ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish, yil davomida bir me’yorda go‘sht ishlab chiqarish ta’minlash uchun texnologik jarayonlarni jadallashtirish; yirik binolardan samarali foydalanish; parrandalarni asrashda me’yor talablari ta’minlash uchun mexanizatsiya va avtomatizatsiyadan keng foydalanish; parrandalarning biologik xususiyatlarida to‘la foydalanish asosida kam oziqa va mehnat harajati bilan mo‘l, sifatli, arzon go‘sht ishlab chiqarishdan iborat.
Parranda go‘shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda ishlab chiqarish tugallangan texnologik jarayonlarga asoslanadi.
Uning tarkibida ota-ona galasi, inkubatoriya, yosh nasllik parrandalarni o‘stirish, jo‘jalarni go‘sht uchun o‘stirish, so‘yish sexlari va qo‘shimcha bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tizim yagona texnologik harita asosida o‘zviy bog‘liqlikda ishlaydi.
Ota-ona galasi sexi inkubatsiyalash uchun duragay tuxumlar ishlab chiqaradi. Bu sexda har 8 tovuqqa 1 xo‘roz berkitilib birga saqlanadi. Yil davomida bir tekis jo‘ja ochirish ta’minlash uchun ota-ona galasi kamida 4 marta nasldor yosh parrandalar bilan to‘ldiriladi. Ba’zi yirik korxonalarda bu tadbir 10 martagacha amalga oshiriladi.
Nasldor mokiyonchalar 150 kunlikda ota-ona galasi tovuqxonasiga ko‘chiriladi, bir oydan keyin ro‘yi-rost shu guruhga hujjat bilan o‘tkaziladi. Ulardan 8 oylikdan 14-15 oyligigacha, 6-7 oy davomida inkubatsiya tuxumlari olinadi. Kerak bo‘lsa to‘llashdan keyin, ikkinchi davrga tuxum olish mumkin.
Ba’zi korxonalarda ota-ona galasi tovuqlari yirik kataklarda guruhlab saqlanadi. Bir katakda 30-40 tovuq va 4-5 xo‘roz asraladi. Ushbu binolarda qishda harorat 14-18 ºS, yozda esa 25ºS dan oshmasligi kerak. Nisbiy namlik qishda 65-75%, yozda 55-65% tashkil etadi.
Yorug‘lik darajasi oziqa oxiri tomonda 25-35 lyuks. Eng yuqori mahsuldorlik paytida yoritish sutkasiga 14-15 soatdan 16-17 soatgacha yetkazladi. Tuxum berish jadalligiga qarab bir bosh tovuqqa 130-160 gr omixta yem beriladi.
Kurka go‘shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ota-ona galasiga kurka jo‘jalari 120 kunligida sog‘ligi va rivojlanganligiga qarab tanlab olinadi. Ularning erkak va urg‘ochilari alohida saqlanib tabiiy urug‘lantirishda 1:10 nisbat sun’iy urug‘lantirishda 1:50 nisbat qo‘llaniladi.
Kurka go‘shti ishlab chiqaruvchi korxonalar ota-ona galasi 12x96, 18x72 m o‘lchamdagi kurkaxonalar bo‘lib, ularda barcha mikroiqlim sharoitlari yaratib beriladi. Kurkalar ushbu binolar ichida 200-250 boshdan qalin tushamalardan guruhlab saqlanadi. 1 m² maydonga 1,5 bosh kurka to‘g‘ri kelib, xonada 16ºS harorat va 60-70% nisbiy namlik tashkil etiladi. Kurkalarni sim kataklarda saqlash ularning kurk bo‘lish instinktini kuchaytirishi mumkin. Ota-ona galasi kurkalari alohida omixta bilan oziqlantiriladi.
O‘rdak go‘shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ota-ona galasi yaxshi rivojlangan, sog‘lom 150-160 kunlik yosh o‘rdaklardan shakllantiriladi. Jinsiy nisbat 1:4 bo‘lib, erkak va urg‘ochi o‘rdaklar birga saqlanadi. Inkubatsiya tuxumi kurkalardan 6 oylikdan boshlab olinadi. Ota-ona galasi yiliga 6 marta to‘ldirib turiladi.
Jo‘jalar qalin tushamalarda 1 m² maydonda 8 boshdan saqlanadi. Havo harorati 8-12 ºS, havoning nisbiy namligi 75-80%, yoritish davomiyligi 14-16 soatni tashkil etadi. Maxsus omixta yem bilan oziqlantiriladi.
G‘oz go‘shti ishlab chiqarish korxonalarining ota-ona galasida g‘ozlar 5 yil davomida foydalaniladi, lekin oxirgi yillari g‘ozlar tuxumdorligining pasayishi ko‘zatiladi.
Shuning uchun galada 35%bir, 30% ikki, 25% uch, 10% to‘rtinchi yilgi g‘ozlar bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday qilganda yil davomida bir tekisda inkubatsiya tuxumlari olishni ta’minlash mumkin.
Ota-ona galasi 180 kunlik g‘ozlar bilan tashkil etiladi. Og‘ir vaznli zotga mansub g‘ozlar uchun jinsiy nisbat 1:3, yengillari uchun 1:4 qilib belgilanadi. Birinchi yili faqat tabiiy yorug‘lik bilan kifoyalansa, ikkinchi yili dekabr oyidan yoritish har hafta cho‘zib sun’iy yoritiщ evaziga 14-15 soatga yetkaziladi.
G‘ozlar derazasi, qalin tushamalardan 100-150 boshdan saqlanib, 2-3 g‘ozga 1 ta tug‘ish uyasi qo‘yiladi. Tushama sifatida qirindi, somon yoki maydalangan poxoldan foydalanish mumkin.
Havo harorati qish paytlarda 7-14ºS namligi 70-80% bo‘lishi talab etiladi. 1m² bino yuzasiga 1-2 boshdan g‘oz to‘g‘ri keladi. Maxsus quruq omixta yemdan har boshiga 300-350 gramm beriladi.

Download 172.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling