13 mavzu Bernulli formulasi Nazariy ma’lumotlar


Mustaqil yechish uchun mashqlar


Download 298.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi298.53 Kb.
#1515909
1   2   3
Bog'liq
13 - mavzu - Bernulli formulasi

Mustaqil yechish uchun mashqlar 
94. Turli joydan nishonga 4 ta o‘q otildi. Birinchi o‘q bilan nishonga tegish 
ehtimoli 0,1, ikkinchisi bilan – 0,2, uchinchisi bilan – 0,3 va to‘rtinchisi bilan – 0,4
ga teng. Barcha otilgan o‘qlar nishonga tegmaslik ehtimolini aniqlang [0,3024] 
95. Harbiy uchuvchi bo‘ladigan kishi 4 ta sinovdan o‘tishi lozim. Uning 
tomonidan birinchi sinovdan o‘tish ehtimoli 0,9 ga, ikkinchisiidan o‘tish -
0,95 ga, uchinchisidan o‘tishi – 0,8 ga, to‘rtinchisidan o‘tishi – 0,85 ga teng.
Bu nomzodning: a) barcha sinovlardan o‘tishi ehtimolini [0,5814]; b) faqat 2
ta sinovdan o‘tish ehtimolini; [0,06965]; c) 2 tadan kam bo‘lmagan sinovdan
o‘tish ehtimolini [0,9942] toping.
96. Quyidagi hodisalar turini ayting: a) mening do‘stimni tug‘ilgan sanasi 32
dan kam bo‘lgan son; b) matematika darsida o‘quvchilar jismoniy mashqlar 
bajardilar; c) futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2022 yilda jahon 
chempioni bo‘ladi. 
97. Bilyard stolida №1 dan №15 gacha sharlar va yana krest shar qo‘yilgan.
Ixtiyoriy shar bilan ixtiyoriysini urish mumkin. Tasodifiy tanlashda: a) №7
shar bilan qandaydir boshqa sharga urish; [1/16]; b) «krest» shar bilan №7 sharga 
urish ehtimolini toping [1/240]. 
Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1. Qanday hodisa ishonchli hodisa deb ataladi ? 
2. Qanday hodisa tasodifiy hodisa deb ataladi? 
3. Klassik ehtimol tushunchasini ayting. 
4. Statistik ehtimol tushunchasini ayting. 
5. Bernulli formulasini yozing. 


6. Geometrik ehtimol tushunchasini ta’riflang. 
7. Piramidada 5 ta miltiq bo‘lib, uning 3 tasi optik nishongga ega. Optik 
nishonli miltiq bilan merganning nishonga tekkizish ehtimoli 0,95 ga,
nishonsiz 
bilan esa 0,7 ga teng. Agar mergan tasodifan tanlangan miltiqdan o‘q otgan 
bo‘lsa, nishonga tekkizish ehtimoli nimaga teng [0,85]. 
8. Nazorat ishi 5 ta savoldan iborat bo‘lib, ularning har biriga 4 ta variant 
javob berilgan. Ularning bittasi to‘g‘ri, qolganlari noto‘g‘ri. Hech bir savolni 
bilmaydigan o‘quvchi: a) 3 ta to‘g‘ri javob; b) 3 ta dan kam bo‘lmagan
to‘g‘ri javobni bermaslik ehtimolini toping. 
9. Texnik nazorat bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra 2% tayyorlangan avtomat 
stanoklar qo‘shimcha tuzatishni talab etadi. 6 ta tayyorlangan stnokdan 4 tasi 
tuzatishni talab etish ehtimolini toping 0,000002305. 10. Mijozga 41 o‘lchamdagi 
oyoq kiyim talab etilishi ehtimoli 0,2 ga teng. 5
ta birinchi mijozdan bu o‘lchamdagi oyoq kiyim: a) bittasiga; b) hech bo‘lmaganda 
bittasiga zarur bo‘lmaslik ehtimolini toping. 

Download 298.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling