13-mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid korxonadagi mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o’rganish


Download 23.18 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi23.18 Kb.
#1639202
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2)


13-mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid korxonadagi mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o’rganish
Ibrat yo’l loyiha” mchjda movjud mommolar :
Korxonada malakali kadrlar kamligi.
Korxonada texnika yetishmovchiligi.
Korxonaning moliyaviy holati nobarqarorligi.
1.Yuqori rivojlangan davlatlar kompaniyalarida kadrlar siyosatini rivojlantirishning bir qismi ham kasbiy tayyorgarlik, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdir. Ta’lim (qayta tayyorlash) ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Mavjud ishlab chiqarish talablari va uni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda kadrlar malakasi darajasini oshirish.
- Korxonaning kasbiy salohiyatini saqlab qolish, undan samarali va maqsadli foydalanish.
- Innovatsion texnologiyalarni xodimlarga tatbiq etishda bilim va tajribani almashish, mehnat, boshqaruv va ishlab chiqarishni tashkil qilishning samarali usullari orqali kompaniyaning mahsulot va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish.
- Texnologik yutuqlarga muvofiq xodimlarning yuqori kasbiylik darajasini saqlab qolish.
- Kasbiy o‘sish uchun shart-sharoitlarni yaratish, xodimlarni mehnatini rag‘batlantirishning eng so‘nggi vosita va texnologi– yalaridan foydalangan holda bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zo‘zini anglashini ta’minlash.
- Korxonalarda kadrlar malakasi va bilim darajasini oshirish, ishlab chiqarish talablariga muvofiq ularni samarali qo‘llash va rivojlantirish istiqbollari.
- Samarali ish uchun zarur ko‘nikma va qobiliyatlarni takomillashtirish.
- Harakatlanuvchi faoliyat uchun xodimni tayyorlash, uning hamkasblarini yangilab borish.
Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Abdullayev Jasur ________
13-mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid korxonadagi mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o’rganish (davomi)
2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martda qabul qilingan "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi PQ-2313-sonli qarorida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash maqsadlari 2015 yildan 2019 yilga qadar jami 993 dona jixozlar va yo'l-qurilish texnikalarini xarid qilish; 28 jamlanmada asfalt-beton, tsement-beton zavodlari, beton qorishtirish uskunalari, tosh maydalash va saralash liniyalari hamda boshqa texnikalarni xarid qilish, shu yo'l bilan ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash ishlarini amalga oshirish belgilab berilgan edi.
Shunga qaramay “Ibrat yo’l loyiha”mchj eski texnikalar bilan ish faoliyatini boshlagan edi.
Ibrat yo’l loyiha” masulyati cheklangan jamiyatidagi texnikalar yetish movchiligini hal qilish uchun O’z Sanoat Qurulish Bankidan qarib 4 miliard so’m miqdorida kiridit olish moljallangan va meyoriy hujjatlar taqdim etilgan. Kerakli mablag’ bank tomonidan ajratilgandan so’ng mchjni texnik va texnalogik yangilash boshlanadi.
3. Ko‘pgina korxonalarning asosiy muammolaridan biri pul mablag‘larining yetishmasligi bo‘lib, qarzdorlikning tez o‘sishi yoki tovar zaxiralarining asossiz o‘sishi bilan bog‘liq. Aylanma mablag‘larning har bir elementining ishlash xususiyatlari uni rejalashtirish usuliga olib keladi; ikkinchisi, o‘z navbatida, turli muddatlarda (uzoq muddatli, o‘rta va qisqa muddatli) ishlab chiqarish muammolarini hal qilishni nazarda tutadi. Muayyan boshqaruv vositasi qanchalik to‘g‘ri tanlanganiga qarab, oxir-oqibat, kompaniyaning butun faoliyati samaradorligi bog‘liqdir. Tahlil va nazoratning etarli bo‘lmagan taqdirda, aylanma mablag‘larning hajmi va tuzilishi bilan bog‘liq xavflarning paydo bo‘lishi mumkin:

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Abdullayev Jasur ________


13-mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid korxonadagi mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o’rganish (davomi)
- tovarlarning etishmasligi, qo‘shimcha xarajatlar xavfi yoki hatto korxona faoliyatini to‘xtatib turish bilan bog‘liq;
-kelajakda likvidlikni yo‘qotish bilan tahdid qiluvchi korxonaning kredit imkoniyatlarining etishmasligi;
-ishlab chiqarish jarayonining uzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan mablag‘larning etishmasligi, majburiyatlarning bajarilishiga to‘sqinlik qilish;
-aylanma mablag‘larning ortiqcha miqdori moliyalashtirish xarajatlarini ko‘paytirish va daromadni kamaytirish xavfiga olib keladi.
Korhonaning moliyaviy barqarorligini taminlash uchun korhonaning ustav fondini keraklicha moliyalashtirish va invistitsiya jalb qilish rejalashtirilgan.

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Abdullayev Jasur ________


2-mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish, o’rganish
Men amaliyotning 2-haftasida korxonaning me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishib chiqdim. Eng avvalo hujjatlarni o’rganishda korxonaning ta’sis hujjatlari bilan tanishdim.
Ta`sis qujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muqim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta`sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi. Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun qujjatlarida ikki xil ta`sis hujjatlari belgilab berilgan:
KorxonaNizomi;
Ta`sisshartnomasi.
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta`sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o`zida Nizom va ta`sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish qollari mavjud. SHuni qayd qilib o`tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta`sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta ta`sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta`sischi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Korxona Nizomi asosiy ta`sis hujjati bo`lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg`armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi qamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko`rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning ququqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko`rsatuvchi soqa va tarmoq, atrofmuqit va odamlar sog`lig`ini muqofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, qisobga olish va qisobot tizimi qam aks ettirilishi lozim.

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Abdullayev Jasur ________


2-mavzu. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish, o’rganish


Ta`sis shartnomasi shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to`ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi. Ta`sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o`rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo`yiladi. Ta`sis shartnomasi asosida ko`pincha kichik korxonalar, xo`jalik sherikliklari va shu kabi sub`ektlar faoliyat yuritadi. Masalan, sheriklik yoki korxonaning ta`sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning roziligi bilangina emas, balki qaror ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinishi mumkinligi ham belgilab qo`yilishi mumkin.
Biroq ta`sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning boshqa tartibi ham ko`rsatib o`tilishi mumkin. To`liq sherikchilik korxonalarining daromad va xarajatlari agar shartnomada boshqa tartib ko`rsatilmagan bo`lsa, ishtirokchilar o`rtasida ularning umumiy kapitaldagi ulushiga mos ravishda taqsimlanadi.
Korxonalarni tashkil qilgandan so`ng ularni kelajakda samarali faoliyat yuritishini qam ta`minlash zarur. SHu sababli biron-bir korxonani tashkil qilish asoslangan bo`lishi va ilmiy tamoyillarga tayanishi lozim.

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Abdullayev Jasur ________
Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling