13-Mavzu. Boshqaruv usullari. R ej a


Tashkiliy ta‘sir ko’rsatish


Download 22.32 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi22.32 Kb.
#1408566
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-мавзу

Tashkiliy ta‘sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarini, ya‘ni:

  • ishlab chikarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash;

  • ichki tartib-koidalarini o’rnatish;

  • boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o’rtasida optimk va oqilona nisbatni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi.

Farmoyish berish yo’li bilan ta‘sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlari va organlarining (uyғun) ishlashini joriy ta‘minlab turishidan iborat bo’lib, bunga e‘lon qilinadigan yozma yoki ogizaki ko’rsatmalar berish, yozma shaklda nashr etilgan yoki ogizaki buyruklar vositasi bilan erishiladi.
13.3. Boshqarishning iqtisodiy usullari
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, xar kanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ldi:

  • umumjamiyat manfaatlari;

  • jamoa manfaatlari;

  • shaxsiy manfaatlar.

Bu manfaatlarni uygun sur‘atda boғlab olib borish muammosi bir kator muammolarni xal qilishni, xar bir davr sharoitlariga muvofik keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chikariladigan maxsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muxitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruxiy manfaatlarini yuzaga chikarish orqali ularni samarali ishlashi ta‘minlanadi. Bu maqsadda ko’shimcha ish xaki to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan takdirlash kabilar muxim axamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida yetakchi o’rinni egallaydi. xar kanday darajadagi raxbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’gri ko’llay olishi kerak. Boshqariluvchi obektga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta‘sir korxonalarni:

  • jiddiy rejalar kabul qilishiga:

  • mexnat va moliya resurslaridan yanada unumlirok foydalanishga;

  • yangi texnologiyalarni joriy qilishga;

  • mexnat unumdorligini oshirishga;

  • rakobatbop maxsulotlarni ishlab chikarishga ragbatlantiruvchi va shunga da‘vat etuvchi bo’lishi kerak.

SHu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va ko’llanishi kerakki, bunda jamoalar va xar bir xodimning manfaatlarigina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga xam foydali bo’lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:

  • kredit va foiz stavkasi;

  • solik va solik yuki;

  • boj to’lovlari;

  • subsidiya va sanktsiya;

  • lizentsiya;

  • transfert to’lovlari;

  • narx-navo va xozolar kiradi.

Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usulni ko’llab, bozorni shakllantirish chogida xam, uning o’zini o’zi boshqarish boskichida xam goyat muxim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma‘muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga karshilik ko’rsatsa, ularga to’skinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik soxasiga davlatning ta‘siri xam tubdan o’zgaradi.

Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling