13-Mavzu. Boshqaruv usullari. R ej a


Boshqarishning sotsial-ruxiy usullari


Download 22.32 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi22.32 Kb.
#1408566
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-мавзу

13.4. Boshqarishning sotsial-ruxiy usullari
Sotsial-ruxiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda soglom ijtimoiy-ruxiy muxitni yaratishdir. Bu usulda ijtimoiy–ma‘naviy vaziyatga ta‘sir etish yo’li bilan kishilarning fe‘l-atvori, ruxiyatni xisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini kondirish orqali boshqarishni bildiradi.
Boshqacha qilib aytganda, sotsial-ruxiy usullar bu ishlab chikarish jamoalarini, ulardagi «psixologik vaziyatni», xar xodimning shaxsiy xususiyatlarini o’rganishga asoslangan usullardir.
Boshqarishning sotsial-ruxiy usullari kuyidagi muammolarni xal qilishga karatilgan:

1.

Kishilarning sotsial-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, kobiyatlari, mijozlari, xarkatlari va xokozolarni xisobga olgan xolda mexnat jamoalarini tashqil toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chikarish samaradorligini oshirish maqsadida xamkorlikda ishlash uchun ko’lay shart-sharoitlar yaratiladi.

2.

Sotsial yurish–turish me‘yorlarini o’rnatish va rivojlantirishga yaxshi va namunali an‘analarni ko’llab-kuvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish xamda jamoa ongini ustirishga yordam beradi.

3.

Sotsial rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini ragbatlantirish, umumiy ta‘lim darajasini oshirish, madaniy, ma‘naviy va ma‘rifiy o’sish, malaka oshirish, estetik ravnak va mexnatga ijodiy munosabatni ta‘minlaydi.

4.

Kishilarning madaniy va sotsial-maishiy extiyojlarini kondirish, chunonchi, uy-joylar, bolalar bogchalari, klublar, prafilaktoriylar, sport ishootlari va xakozolarni kurishga sharoit to’gdiradi.

5.

Mexnat jamoalarda talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizlikdan iborat soglom sotsial-psixologik muxitni vujudga keltirish va uni ko’llab-kuvvatlashga sharoit tugdiradi.

6.

Odamlarning o’z mexnatidan, tanlangan mutaxassisligi va kasbidan konikishlari uchun, ishlab chikarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarini vujudga keltiradi.

Bu muammolarni yechimi boshqarishning yanada yumshok, samarali bo’lishini talab qiladi.



Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling