13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining nazariy jihatlari


Download 41.93 Kb.
bet5/9
Sana18.11.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1783857
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining naz-www.fayllar.org

Kassaning yagonaligi printsipi - byudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.
Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi - byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir.
Ochiqlik printsipi:
- Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini;
- tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);
- Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.


  1. Byudjet tizimini boshqarish

Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:


  • Byudjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda byudjet munosabatlarini boshqarish;


  • Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish;


  • Byudjet jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar, organlar va byudjet mablag’larini oluvchilar faoliyatini boshqarish


Byudjet tizimini boshqarish tushunchasi sub’ektiv tushuncha. Byudjet tizimini boshqarish alohida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi, ularning vakolatlari «Byudjet kodeksi»da tegishli boshqaruv organlari Nizomlari va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlar bilan belgilab berilgan.


Byudjet tizimini boshqarish ob’ektlari bo’lib byudjet munosabatlari, byudjetning daromadlar bo’yicha shakllanishi va xarajatlar bo’yicha bajarilishi, byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi. Davlat byudjetini boshqarish sub’ektlari esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi ma’lum bir vakolatlarga ega bo’lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – boshqaruv organlaridir. Byudjet tizimini boshqarish sub’ektlari qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
  • Oliy Majlis;


  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;


  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari;


  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning quyi organlari;


  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi;


  • Markaziy bank;


  • Vakil qilingan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari va boshqa alohida vakolatli organlar.





Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling