13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining nazariy jihatlari


-3- rasm. Byudjet tizimini boshqarish sub’ektlari


Download 41.93 Kb.
bet6/9
Sana18.11.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1783857
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining naz-www.fayllar.org

2-3- rasm. Byudjet tizimini boshqarish sub’ektlari
Qonun chiqaruvchi organlar (idoralar) – shahar konsulliklari, maktab kengashlari, shtat qonun organlari va congress ba’zida nisbatan kuchsizroq organ bo’lganliklari uchun mav’qega ega bo’ladilar (ularga berilgan kuch va ular tomonidan qilingan da’vo shartlari evaziga) lekin bu tushuncha oxirgi yillarda ancha o’zgardi. Davlatning barcha darajasidagi Qonun chiqaruvchi organlar siyosat belgilash uchun o’zlarining vakolatlarini qayta ma’qullashmoqda va ularga berilgan vakolatlarga ega bo’lish qobiltayini oshirish maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqdalar. Bunda davlat byudjeti bo’yicha qonun chiqaruvchi organlar muhokamasi uchun mavjud muhitga ta’sir etadigan ko’zga tashlanuvchi xarakterlar va ijobiy o’zgarishlar mavjuddir. Bular;
  • qonun chiqaruvchi organlarning birinchi va eng muhim vakillik organi sifatidagi o’rni;


  • huquqshunoslar o’zlarining ishlari uchun qanday jarayonda tanlanishi bo’yicha tendensiyalar;


  • qonuniy nuqtai nazardan kelib chiqgan holda harakat qilish va;


  • mamlakat bo’ylab rivojlantiruvchi tarafdorlarning chuqur bo’linishi7.




Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet sohasidagi vakolatlari quyidagilar(4-rasm):
  • davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;


  • davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ko’rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;


  • byudjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;


  • byudjetnomani O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;



4-rasm. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet sohasidagi vakolatlari


  • davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;


  • davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib chiqadi;


  • o’tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tashqi audit o’tkazish hamda baholash uchun O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;


  • davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;


  • moliya yili mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi;


  • O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;


  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi.


  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.





Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling