13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining nazariy jihatlari


Download 120.75 Kb.
bet1/7
Sana25.01.2023
Hajmi120.75 Kb.
#1122817
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 мавзу


13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining
nazariy jihatlari




  1. G’aznachilik tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

  1. Byudjet tizimi byudjetlarining nazariy jihatlari


1. G’aznachilik tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o’zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.


Byudjet tizimi mamlakat moliya tizimining muhim bo’g’ini bo’lib, uning muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali byudjet siyosatining asosini tashkil etadi. Davlat moliyasi tizimidagi tub islohotlar natijasida byudjetning g’azna ijrosiga o’tilishi shuningdek, byudjetning o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tish chora-tadbirlari mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. Jahon andozalari va xalqaro byudjet amaliyotining yangi qat’iy talablari va mezonlari asosida davlat byudjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilash tizimiga o’tishning joriy etilishi, rivojlangan mamlakatlarda samarali amal qilayotgan natijaviylikka asoslangan byudjetlashtirish amaliyotga joriy etilishi byudjet tizimi oldiga ham ulkan vazifalar qo’yadi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo’g’ini – davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o’zining ijobiy natijalarini bergan davlat byudjetining g’azna ijrosiga o’tish amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish doirasida davlat byudjeti g‘azna ijrosi mexanizmi joriy etilgan. G‘aznachilikning joriy etilishi byudjet daromadalrining to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda xarajatlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish va pul oqimlarini samarli boshqarish imkonini bermoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “xarajatlarni ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, byudjetning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish” bo‘yicha ustuvor vazifalar doirasida iqtisodiy islohotlar davlat moliyasi tizimida ham jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida davlat moliyasini boshqarishga oid isloxotlarga mos g‘aznachilik tizimini rivojlantirib borishni talab etmoqda.
Shu narsa ma’lumki, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor mexanizmlarini ko’r-ko’rona, sun’iylik bilan tadbiq etib bo’lmaydi, chunki jamiyat a’zolari o’rtasida shunday an’anaviy ierarxik munosabatlar tizimi shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni e’tiborga olmaslik turli nohush holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyotni boshqarishning jahon amaliyotida tan olingan bir qator mexanizmlarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda moslashtirgan holda qo’llash va ijobiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Byudjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi shunday mexanizmlardan biri – davlat byudjetining g’azna ijrosidir.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g’azna ijrosi tajribasini O’zbekistonda joriy etish va rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. Ana shu holatlarning mavjudligi, shuningdek, davlat moliyasini boshqarishning mohiyat jihatdan yangi – byudjetning g’azna ijrosi mexanizimini joriy etish shart-sharoitlari, imkoniyatlari, afzalliklarini, g’aznachilikning ishlash mexanizmlarini o’rganishning zarurligi mazkur fanning kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri – mamlakatda davlat byudjeti g’azna ijrosi mexanizmini joriy qilishdan iborat. “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi davlat mablag’larini taqsimlash va ulardan foydalanishni tartibga solishda navbatdagi muhim qadam bo’ldi. G’aznachilikni joriy etish byudjetning daromadlar qismida tushumlarning to’liq va o’z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini berdi.
O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimida olib borilayotgan islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat byudjetining g’azna ijrosiga bosqichma-bosqich o’tishni va uning faoliyat mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutadi. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida davlat mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish usullarini o’zlashtirish asosida davlat moliyasini boshqarishning samarali usul va vositalarini shakllantirish va muvofiq holda ishlashini ta’minlash zarur bo’ladi.
Mamlakatimizda davlat byudjetining g’azna ijrosini samarali tadbiq etishga faqatgina barqaror rivojlanish ko’rsatkichlariga erishganimizdan keyingina muvaffaq bo’lindi. O’zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida ham kengqamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Bu islohotlarning ijobiy natijalarini davlat byudjeti g’azna ijrosining muvaffaqiyatli joriy etilishida ko’rishimiz mumkin.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tushumlarini yagona g’azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag’larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to’g’risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi.
Taraqqiyotimizning bugungi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir bo’layotgan tarkibiy o’zgarishlar, butun moliya tizimida, uning markaziy bo’g’ini bo’lgan davlat moliyasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlat moliyasini boshqarish masalalarida muayyan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish zarurligini talab qilmoqda. Bunday sharoitda nafaqat davlat moliyasi haqidagi ma’lum nazariy bilimlarga ega bo’lgan, balki davlat byudjeti g’azna ijrosi jarayonlarida vujudga keladigan holatlarni tushuna oladigan, byudjet ijrosi ishtirokchilari bo’lgan moliya organlari, g’aznachilik bo’linmalari, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar amaliy faoliyatini samarali tashkil qila oladigan, davlat mablag’larini samarali boshqarishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qila oladigan zamonaviy mutaxassislar tayyorlash birinchi darajali ahamiyatga egadir. Shu sababli davlat moliyasi uchun tashabbuskor, ijodiy fikrlaydigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda byudjet-moliya va byudjetning g’azna ijrosi nazariyasi va amaliyotini o’rganishga muhim o’rin beriladi.
“G’aznachilik” fani zamonaviy sharoitda davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil etishning nazariy asoslari, g’aznachilik faoliyatini tadbiq etish va rivojlanish tarixi, samarali byudjet siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali byudjetning g’azna ijrosi mexanizmlaridan maqsadga muvofiq foydalanish imkoniyatlari, davlat moliyasini boshqarish va davlat mablag’larining maqsadli ishlatilishi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilish masalalarini o’rgatadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur fan o’z predmetini o’rganish uchun quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • g’aznachilik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o’rganish;

  • davlat byudjeti g’azna ijrosining amal qilish asoslarini o’rganish;

  • g’aznachilik faoliyatini boshqarishning tashkiliy asoslarini o’rganish;

  • davlat byudjeti daromadlarini g’aznachilik orqali shaklllantirish mexanizmini o’rganish;

  • davlat byudjeti xarajatlarini g’aznachilik orqali ijro etish va tarkibini o’rganish;

  • g’aznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi asoslarini o’rganish;

  • g’aznachilik faoliyatini samarali yuritish yuzasidan xorij tajribalarini o’rganish;

  • davlat byudjeti g’azna ijrosini tadbiq etishning shart-sharoitlari, uning afzalliklari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;

  • davlat byudjeti g’azna ijrosining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirish va h.k.




  1. Download 120.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling