13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining nazariy jihatlari
Download 120.75 Kb.
|
13 мавзу
Byudjet tizimi byudjetlari – Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalaridan iborat.
Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari yig’indisini, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplarini, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarni o’zida ifodalaydi. Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’mda amalga oshiriladi. Oksford lug’atida keltirilishicha, byudjet – ma’lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo’yilgan maqsadga muvofiq kerakli pul mablag’ini anglatadi. Merrayam-Vebster lug’atiga ko’ra, Byudjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog’liq holda sarflanishga qodir bo’lgan pul mablag’i miqdoridir ya'ni, pul miqdorini qancha sarflanishi mumkinligini va kelajakda qancha sarflanishidir. Bu hukumat tomonidan belgilangan davr ichida qancha sarflanishi rejalashtirilganligi va xarajatlar uchun qancha to’lanishi haqidagi rasmiy ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko’ra: “byudjet – davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi”6 Davlatning byudjet tuzilishi turli darajadagi byudjetlarning turlarini, har bir byudjet bo‘g‘inining tayinlanishini, turli pog‘onadagi byudjetlar o‘rtasida daromad va xarajatlarning taqsimlanishini, ularning amal qilish tamoyillarini, markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlarining byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlarini belgilab beruvchi yuridik me’yorlarga asoslanadi. Byudjet tizimi mamlakatda amal qiluvchi barcha darajadaga byudjetlar yig‘indisini bildiradi. Demak, byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjet va byudjet tizimini, uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjetlar tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida” O’RQ-360-son Qonuniga asosan, 2014 yil 1 yanvardan amaliyotga joriy etildi. Byudjet kodeksini ishlab chiqish va qabul qilishdan asosiy maqsad – byudjet jarayonini tartibga soluvchi hamda amaldagi qarama-qarshi va eskirgan me’yorlarni bartaraf qiluvchi yagona qonun hujjatini ishlab chiqish va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirishdan iboratdir. Byudjet kodeksi O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Byudjet kodeksining qabul qilinishi davlat moliyasining xalqaro standartlarga mos keluvchi, yagona unifikatsiyalashgan qonunchilik bazasi yaratilishiga olib keldi. Unda nazarda tutilgan me’yorlar va qoidalar byudjet jarayonining barcha bosqich va darajalarida yagona huquqiy normalar qo’llanilishini va bir xil yondashuvni ta’minlash orqali byudjet jarayonining hamma ishtirokchilari ishini engillashtirishga qaratilgan. Ushbu kodeks nafaqat moliya, g’aznachilik yoki nazorat-taftish organlari xodimlari uchun, balki byudjet jarayonida bevosita ishtirok etuvchi mahalliy vakillik va ijroiya organlari vakillari uchun ham muhim hujjat bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi yuqorida ta’kidlaganimizdek, taraqqiy etgan mamlakatlarning bu boradagi ilg’or tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining asosiy ikkita – «Byudjet tizimi to’g’risida»gi va «Davlat byudjeti g’azna ijrosi to’g’risida»gi Qonunlarning deyarli barcha me’yorlarini hamda byudjet jarayonining alohida masalalarini tartibga soluvchi oltita qonun, Prezidentimizning farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari va idoralararo jami 50 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’z ichiga qamrab olgan hamda unda turli qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan me’yor va qoidalar tizimlashtirib, muvofiqlashtirilgan, byudjet qonunchiligida foydalaniladigan aniq tushunchalarga ta’riflar berilgan. Download 120.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling