Tok transformatorlari
Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlariga ulangan zanjirlarni (simlarni) uzish qat’iyan man qilinadi. Agarda bu zanjirlarni uzish zaruriyati tug‘ilsa, avval uzish kerak bo‘lgan yerdan oldinroqdagi joyga (tok transformatori tarafga qarab) tok transformatori tomonini maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirib qo‘yilishi shart. Maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirishni ba- jarayotganda dastasi izolyatsiyalangan asbobdan foydalanish zarur.
Tok transformatorlarida yoki uning ikkilamchi chulg‘amlariga ulangan zanjirlarda ish bajarilganda quyidagi ehtiyotkorlik cho- ralariga rioya qilish talab qilinadi:
tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘ami, unga ulanishi kerak bo‘lgan zanjirlardagi ta’mirlash ishlari tamom bo‘lgunga qa- dar, qisqa tutashtirib qo‘yilishi shart.
Ta’mirlangan zanjirlari tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amiga ulangandan keyin, qisqa tutashtirgich yaqinroqdagi qisqichlar yig‘imiga ko‘chirilishi va u faqat barcha ta’mirlash ishlari batamom tugatilib, ta’mirlangan zanjirlarni to‘g‘ri ulanganligi- ni tekshirib chiqilganidan so‘ng olib tashlanishi zarur;
tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amiga o‘lchov as- boblari ulanganidan so‘ng uning birlamchi chulg‘amiga qutblarni tekshirish uchun impuls (сигнал) beriladi.
Tok transformatorlarining birlamchi chulg‘amidan ta’mirlash va kavsharlash ishlarini bajarish uchun tok o‘tkazuvchi sifatida foydalanish qat’iyan ma’n qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |