13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Download 52.16 Kb.
|
8-mavzu lotin “Etika” fanining
Hayotning ma’nosi. Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashashdan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari ko’p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas, chunki hayotning ma’nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli tushuncha, o’z ichiga o’nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, aniqrog’i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu bois kimningdir biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini «ma’nosiz» deb bo’lmaydi.
Ayrim bir toifa odamlar borki, ular hayotining ma’nosini eng yuksak qadriyatlar bilan bog’laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go’zallik oshuftasi, e’tiqodi but kimsalar sifatida e’tibor qozonadilar. Ular oliy ideallarga intilib, fidoyilarcha umr kechiradilar. Hayotining ma’nosini o’zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi umr»da ko’radilar. Har bir jamiyatning taraqqiy topishi yoki tanazzuli hayotning ma’nosini ana shu tarzda tushunuvchilarning ko’pligi yoki kamligi natijasida ro’y beradi, bir so’z bilan aytganda, bunday tom ma’noda «elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan» odamlar yuksak axloqli, demokratik, erkin jamiyatning ustunlaridir. Biz yuqorida ko’rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy-ma’naviy guruhning biriga, ta’bir joiz bo’lsa, shartli ravishda dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub. Ikkinchi guruhni esa e’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh hayotning ma’nosini Xudoni topishda, Unga yetishishda deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali emas, balki muhabbat vositasida ham Xudoga murojaat qiladilar. Masalan, buyuk rus mutafakkiri va yozuvchisi, pravoslav cherkovidan ronda qilingan Lev Tolstoy hayotning ma’nosini quyidagicha tushunadi: «Men faqat Xudoga ishongan onlarimdagina haqiqiy yashaganimni esladim... Xudoni tanish va yashash degani bir xil gap, Xudo hayot demakdir», - deb yozadi u o’zining mashhur «Iqrornoma» asarida.10 Ko’rib o’tganimizdan ma’lum bo’lyaptiki, hayotning ma’nosini tushunishda har ikki ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin ular bir masalada yakdil: ular hayotning ma’nosi o’z manfaatlarini o’zgalar manfaati bilan bog’lab, oliy qadriyatlar va yuksak aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga binoan umr kechiradilar. Download 52.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling