13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Download 52.16 Kb.
|
8-mavzu lotin “Etika” fanining
Shafqat. Shafqat istilohi hozirgacha axloqshunoslikka doir asosiy o’quv adabiyotlarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki shafqatning ildizi inson shaxsiga bo’lgan muhabbatga borib taqaladi, u ham muhabbat kabi qamrovli hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat muruvvat bilan bog’liq. Lekin u ayni paytda muruvvatdan jiddiy farq qiladi. Muruvvat bir insonning ko’p xollarda o’ziga aloqasi yo’q boshqa bir insonga achinish xissi orqali yordamga qo’l cho’zishi bo’lsa, shafqat kishining o’ziga aloqador odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik ko’rsatishdir.
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o’rniga xayolan o’zini qo’yib fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o’zga bir inson iztiroblarini yengillatishga qaratilgan axloqiy hodisa. Muruvvat agar sizning oldingizda burchli bo’lmagan kimsaga ko’rsatgan yordamingiz bo’lsa, shafqat esa oldingizda javobgar, jazoga loiyq odamni, uning insoniy huquqini va tabiatini hisobga olib, kechirishdir. Shafqat tushunchasining ahamiyati inson hayotini oliy qadriyat deb e’tirof qilish uning yashashga bo’lgan huquqi himoyaga olish hozirgi sharoitda yana ham dolzarblik kasb etmoqda. Bu bir tomondan, ikkinchi tomondan diniy aqidaparastlik, ekstremistik g’oyalar va mafkuraviy kurashlar beshafqatlikka asoslanganligini hisobga olgan, shafqat tushunchasining ahamiyati yanada ortib borayotganligi uchun ham bugungi kunda jahon axloqshunosligi shafqat tushunchasini Shopenhauer aytganidek, ahloqning asosi sifatida tahlil, talqin va targ’ib qilmog’i lozim. Uning XXI asr jamiyati uchun eng muhim axloqiy hodisa ekanligi e’tirof etish zamon talabidir. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo’lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Shunday holatlar ham bo’ladiki, unda burch shaxsning ko’pgina mayl-istaklariga qarshi hodisaga aylanadi: uni huzur-halovatdan, turmush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat-farog’atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb muhojirlikning og’ir qismatiga duchor bo’ldi: uni mustamlakachilar, avval aytganimizdek, mamlakat hududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat xorijda vafot etdi. Ba’zan burch tufayli odamlar o’z sevgisidan, jon-dilidan sevgan kishisidan, hatto aka-ukasi, opa-singlisi yoki farzandidan kechishga ham majbur bo’ladilar. Xullas, burch axloqshunoslik mezoniy tushunchalari ichidagi eng «qattiqqo’l», eng «shafqatsizi». Download 52.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling