13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja
Sabab ergash gapli qoʻshma gaplar
Download 66.94 Kb.
|
13-mavzu Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, m-fayllar.org
Sabab ergash gapli qoʻshma gaplar
Sabab zrgash gap bosh gapdagi voqea-hodisa va harakatning yuzaga kelish sababini, asosini bildiradi, bosh gap esa uning natijasini koʻrsatadi. Masalan: Sultonmurod podsholardan afzal, chunki olamning xazinasi uning boshiga jamlangan. (O.) Har bir orzung bajariladi, negaki sen Vatanga munosib ish qilgansan. (A. Q.) Sabab ergash gap bosh gapga bogʻlovchilar, bogʻlovchi vazifasidagi mustaqil soʻzlar, soʻz shakllari yordami bilan birikadi. 1. Sabab ergash gapli qoʻshma gapning qismlari bosh gapga ergashtiruvchi bogʻlovchilar yordami bilan birikadi: a)ergash gap bosh gapga chunki ergashtiruvchi bogʻlovchisi vositasida bogʻlanadi: Qadimgi zamonda ayollar oʻziga oʻzi ayol, ya’ni mungli, mushtipar deb qarashi tabiiy boʻlgan, chunki uning koʻz yoshidan boshqa orqa tayanchiyoʻq edi. (A. Q.) b)sabab ergash gap bosh gapga negaki, sababki yordamchilari vositasida bogʻlanadi: Endi chiroyli yozishga oʻrganm asak boʻlmaydi, negaki oʻzimizdan shoirlar paydo boʻlyapti. (O.) Gapni choʻzishning hojati yoʻq, sababki odamlar tayyor. (A. Q.) v)sabab ergash gap bosh gapga bogʻlovchi vazifasidagi shuning uchun, shu sababli soʻzlari yordami bilan bogʻlanadi. Bunday qoʻshma gaplarda ergash gap bosh gap tarkibida kelgan shuning uchun, shu sababli soʻzlari tarkibidagi koʻrsatish olmoshini izohlaydi. Masalan: Har kun ortar koʻzlarimda nur, shuning uchun yoʻq aslo gʻamim. (H. O.)Uyda mehmonlar koʻp boʻldi, shu sababli qizlar yon qoʻshninikida bir xonani egalladilar. (0.) Demak, sabab ergash gapli qoʻshma gapda shuning uchun, shu sababli bogʻlovchi vositalari bosh gap tarkibida keladi. Ba’zan bosh gapdagi fikrni ta’kidlab koʻrsatish maqsadida bosh gap ergash gapdan oldin keladi. Buning natijasida shuning uchun bogʻlovchisi bosh gap oldida emas, uning oʻrtasida — koʻproq kesim tarkibi oldida keladi. Bunday qoʻshma gaplarda ikki gapni tutashtirish uchun, shuning uchun bogʻlovchi soʻzidan tashqari, -kiyordamchisi ham ishlatiladi. Masalan: Men sizga shuning uchun ishonmaymanki, siz olgʻa karab emas, orqaga qarab ketyapsiz. (A. Q.) Men shuning uchun baxtiyormanki, mustaqillik rivojlanayotgan mamlakatda yashamoqdaman va bunday ulugʻ ishga oʻz hissamni qoʻshmoqdaman; g) sabab ergash gap bosh gap bilan -ki yordamchisi vositasida birikadi. Masalan: Sen borsanki, xalqimizning Poʻlat safi buzilmas. Baxtim borki, har narsa goʻzal koʻrinadi mening koʻzimga. (H. 0.) Bunday qoʻshma gaplarda -kiyordamchisi ergash gap kesimi tarkibida keladi. 2. Sabab ergash gap bosh gapdagi harakat, voqea-hodisaning yuzaga kelishidagi noaniq, taxminyy sababni koʻrsatishi mumkin. Bunday gaplarda soʻzlovchi uchun bosh gapdagi harakat, voqeaning bajarilish sababi noma’lum boʻladi. Bunday ergash gaplarda shekilli soʻzi, fe’lning shart shakli + kerak soʻzi, shuningdek, -mi yuklamasi qatnashadi; a) ergash gap oxirida shekilli soʻzi qatnashadi. Bunday qoʻshma gap qismlarining kesimlarn koʻpincha oʻtgan zamon shakli da keladi: Gapni hamma tushundi shekilli, butun doʻkonxonada koʻtarilgan qahqaha ishlab turgan dastgohning ham shaqir-shuqoʻrin i bosib ketdi. (As. M.) Olmaning bardoshi koʻproq shekilli, avvalbarg chiqarib, keyin gullaydi. (P. Qodirov.) Ba’zan ergash gapdagi noaniq sababni ta’kidlab koʻrsatish maqsadida chamasi soʻzi ishlatiladi: Chamasi Qumri eski chachvonini Nazokatning oyogʻi ostidan topib oldi shekilli, qorongʻi burchakda ikkovi talasha ketdi. (As. M.):Chamasi Oysulton toʻgʻri gapirdi shekilli, hamma jim qoldi (B. Q.); b)sabab ergash gapning kesimi fe’lning shart mayli shakli va kerak soʻzining birga kelishi bilan ifodalanadi: Qalandarov Saidaning zarbga bunday epchillik bilan chap berishini sira xayoliga keltirmagan boʻlsa kerak, oʻzi shoshib qoldi. (A. Q.) Majlis koʻp davom etmagan boʻlsa kerak, Sergey tez qaytdi (P. Qodirov); v)sabab ergash gapning kesimiga -miyuklamasi qoʻshiladi., Bunday ergash gaplar soʻroq shaklida tuzilgan boʻlsa ham, unda soʻroq mazmuni emas, taxminiy sabab mazmuni ustun turadi. Soʻzlovchi oʻzi uchun noaniq boʻlgan shu sababni ikkinchi darajali faktdek qilib, kirish konstrukstiya holida bayon etadi. Masalan: Omadimiz kelgan ekanmi yo qurt boqishni sogʻinib qolgan ekanmizmi-biram boʻlib berdi, qani endi terib tamom qilolsak. (A. Q.) Bola, biror narsa chaqib oldimi, birdan gʻingshib yigʻlab yubordi. (As. M.) Xiyol oʻrnidan turmoqchi boʻlib, oʻrin ib edi, oyoqlari erga yopishib qolibdimi, sira qimirlay olmadi. (As. M.) Sabab ergash gapli qoʻshma gapda yordamchilarning qoʻllanishiga va turli uslubiy talabga koʻra ergash gap bosh gapdan oldin, keyin yoki uning oʻrtasida keladi: 1. ergash gap bosh gapga soʻz shakllari va shekilli, shuning uchun kabi vositalar bilan biriksa, bosh gapdan oldin keladi: Qizlar orasida ruschani oʻqib tushunadigan yoʻq edi shekilli, bu ajoyib hikoyalarga boy kitob ularga allaqanday sirli koʻrindi. (As. M.) Ayol unamadi, shuning uchun chol qopni toʻldirishga majbur boʻldi (0.); 2. Chunki, negaki, sabab -ki yordamchilari bilan birikkan ergash gap bosh gapdan keyin keladi. Masalan: Uning jahl ustida shaharga ketmaganligi aniq boʻlib qoldi, chunki oʻz qishlogʻiga bu xilda ketmas edi. (A. Q.) Sobir Ermatov yangi va’dasini albatta bajaradi, negaki u butun jamoasiga bosh boʻlib mardlarcha ishga kirishgan (O.); 3. Sabab ergash gap bosh gapning oʻrtasida kelishi ham mumkin. Masalan: Murod, elektr nuri tushib turganidan, uni koʻrmasdi. (S. Ahm.) Uning bolalarcha qoʻngʻiroq tovushi, zal keng va tinch boʻlganidan, oʻzi kutgandan ham kuchliroq jaranglab ketdi. (As. M.) Sabab ergash gapli qoʻshma gapning sxemasi:
Download 66.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling