13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja


Download 66.94 Kb.
bet5/9
Sana31.01.2024
Hajmi66.94 Kb.
#1829180
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, m-fayllar.org

.............,


shuning uchun...........


...........shekilli,


...................


...........-gan boʻlsa kerak,


......


...............-mi,


........................

Bosh gap


Ergash gap




............,


chunki.................


................ ,


negaki...............


.............,


sababki.................


.....shuning uchun......-ki,


......................


...............-ki,


......................


Maqsad ergash gapli qoʻshma gap
Maqsad ergash gap bosh gapdagi harakat yoki voqeaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini bildiradi.
Maqsad ergash gapdagi fikr koʻpincha koʻchirma gap mazmunini beradi, bu gap orqali ifodalangan harakat hali boshlanmagan, yuzaga kelishi endigina moʻljallangan boʻladi.
1. Maqsad ergash gap bosh gapga deb yordamchisi vositasida bogʻlanganda, uning kesimi quyidagi shaklda boʻladi:
a) ergash gapning kesimi buyruq maylidagi fe’lning birlik va koʻplikdagi har uch shaxsi shakli da boʻladi. Masalan: «Ilm — igna bilan quduq qazish» degan qadimgi fikrga hujralarning andazasi yorqin misol boʻlsin deb, bir zamonlar me’moriy san’atda tolibi ilmlar shu andazani qabul qilgan boʻlsalar ehtimol. (O.) Ishonchimni doim oqla deb, xazonlardan meni saqla deb„ ulugʻ jangda meni yoqla deb, qurol berding qoʻllarga, bahor! (U.)
Bunday qoʻshma gaplarda ergash gapning fe’l kesimlari buyruq mayli shakli da boʻlsa ham, ergash gapdagi mazmun buyruqni emas, istakni anglatadi;
b) ergash gapning kesimi sifatdoshning -r(-ar)shakli da boʻladi. Bunda maqsad ergash gapdagi harakatning bajarilishi nutq prostessiga koʻra taxmin qilinadi yoki harakatning qat’iyligi koʻzda tutiladi. Keyingi holatda ba’zan ergash gapning fe’l kesimi hozirgi-kelasi zamon shakli da ham boʻla oladi: Oʻqituvchi hikoya aytib berar deb, bolalar bu erga toʻplanishdi (Oʻqituvchi hikoya aytib beradi deb, bolalar bu erga toʻplanishdi).
Maqsad ergash gapdagi harakatning bajarilishiga oid turli ma’no ottenkalari bosh gapdagi fe’l kesimga ham qisman bogʻliqdir. Agar bosh gapdagi fe’l kesim oʻtgan zamon aniq fe’li shaklida boʻlsa, ergash gapdagi harakatning qat’iy boʻlajagini; uzoq oʻtgan zamon shaklida boʻlsa, oʻtgan zamondagi taxminiy harakatni yoki moʻljallangan harakatning bajarilmaganligini bildiradi: Siz oʻqirsiz (oʻqiysiz) deb, men bu kitobni oldim. Siz oʻqirsiz (oʻqiysiz) deb, men bu kitobni olgan edii;
v)ergash gapning kesimi shart fe’li bilan ham ifodalanadi: Fan choʻqqisini egallasang deb, maktab senga quchogʻin ochgan.
Bunday qoʻshma gaplarda ham ergash gapning fe’l kesimi shart ma’nosini emas, istakni anglatadi;
g)ergash gapning kesimi -mi yuklamasi+ekanshakli da ifodalanadi. Masalan: Baxtim bormi ekan deb, menga yormi ekan deb, kela berdilar bari kattakon chinor sari. (H. 0.)
Maqsad ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi debyordamchisi deya, deyishibshaklida ham keladi: Vatan ozod, turmush farovon boʻlsin deya, mehnat qilamiz.
Ergash gap bosh gapga deyishibyordamchisi orqali birikkanda, bosh gapdagi fe’l kesim ham koʻplikni ifodalaydi — undagi harakat koʻpchilik tomonidan bajariladi.


  1. Maqsad ergash gap bosh gapga uchunkoʻmakchisi yordamida bogʻlanadi. Bunday ergash gapning fe’l kesimi koʻpincha uchinchi shaxs buyruq mayli shakli da boʻladi. Misollar: Mahsining choki pishiq boʻlsin uchun, mumli yopishqoq ipni har qatimda barmoqlari bilan qir-qir tortib qoʻyadi. (O.) Oyimxon uygʻonmasin uchun, Xolmurod oyoq uchida borib oʻz oʻrniga yotdi. (P. T.)
  2. Maqsad ergash gap ba’zan bosh gap bilan tokiyordamchisi orqali bogʻlanib keladi. Bunday qoʻshma gaplarda ham ergash gapning fe’l kesimi buyruq mayli shaklida boʻladi. Tokiyordamchisi ergash gap tarkibida keladi. Masalan: Oʻtni lovullating, toki batamom kuydirsin, kul qilsin dushmanimizni. (0.) Unga bu xabarlarni etkazish kerak, toki u hech narsadan xavotirlanmasin. (0.)




Ayrim vaqtda maqsad ergash gapdagi orzu qilingan, istalgan taxminiy maqsadni ifodalash uchun ergash gap oldidan zora (zoraki) soʻzi keltiriladi: Bu yil ilk bahorda uch qishloqni oshib, bir yigitni koʻrgani bordim — zoraki oʻgʻillarimning toʻpidan boʻlsa deb. (0.) Zora xoʻjayinning koʻngli bir oz ochilsa deb, mehmon gaplashadi, hasratlashadi. (As. M.)
Maqsad ergash gap turli oʻrinlarda kelishi mumkin: odatda, bosh gapdan oldin, ba’zan bosh gapning oʻrtasida, she’rda esa bosh gapdan keyin ham keladi. Masalan: Yurtimiz shohilar bilan toʻlsin deb, Ozod, hur xalqimiz shoyi kiysin deb, topshirdik oʻn minglab tonnadan pilla. U esini oʻnglab, tomoshabin toʻplanmasin uchun, dadasiga jerkibroq «Yoʻrin g»,— dedi. (A. Q.) Har kishi ter toʻkib qiladi mehnat, xalqimning turmushi obod boʻlsin deb.(Gʻ.Gʻ.)
Maqsad ergash gapli qoʻshma gapning sxemasi:

Download 66.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling