13-mavzu: hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar reja


Retseptorlarning ba’zi bir muxim fizik-kimyoviy xususiyatlari va ularning tuzilmasi xaqida ma’lumotlar


Download 103.81 Kb.
bet4/18
Sana04.01.2023
Hajmi103.81 Kb.
#1077836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Hujayraga signal transduktsiya tizimlari haqida asosiy ma’lumotlar

Retseptorlarning ba’zi bir muxim fizik-kimyoviy xususiyatlari va ularning tuzilmasi xaqida ma’lumotlar

Retseptorlarning fizik-ximiyaviy xossalari va ularning bir qator tuziilmaviy xarakteristikalari birinchi marta tozalanmagan yoki qisman tozalangan preparatlarda olingan. Keyinchalik bu ma’lumotlar muayyan darajada retseptorlarning o’ta yuqori darajada tozalangan preparatlarida o’z isbotini topdi. Aniqlanishicha, retseptorlar – kislotali yirik molekulyar oligomer oqsillar bo’lib, xujayra ichi retseptorlari uchun ular oddiy, membrana retseptorlari uchun esa glikoproteinlar ekanligi ma’lum bo’ldi. Barcha retseptor oqsillar termolabil va og’ir agregatlar xosil qilishga moyil bo’ladi. Bu esa ularni tadqiq qilishni qiyinlashtiradi.
Ko’rsatilishicha, tsitoplazmatik va yadroli retseptorlar gidrofil, membrana retseptorlari esa asosan gidrofobdir. Transmembrana joylashgan yuza retseptorlarning gidrofob qismi qo’shqavatli lipid membranasiga botib kirgan bo’ladi, ayni paytda esa gormon bilan bog’lanuvchi va funktsiya bajaruvchi uchastkasi suvli fazada joylashgan bo’ladi.
Membrana retseptor molekulasining gormon bilan va gormon-retseptor kompleksining aktseptor bilan o’zaro ta’siri tashqi xujayraviy suyuqlikning suvli fazasida va tsitozolda amalga oshadi deb xisoblanadi. Aftidan tireoid gormonlarning mitoxondrial retseptorlari xaqida xam shunday fikrni bildirish mumkin. Membrana retseptorlari ularning fiziologik aktivligi saqlangan xolda lubrol RX yoki triton kabi detergentlar yordamida solyubillanishi (eruvchan qilish) mumkin.
Steroid gormonlarning retseptorlari. Steroid retseptorlarning strukturasi xozirgi paytda juda yaxshi o’rganilgan. Bular nordon gidrofil, juda termolabil oqsillar bo’lib, ammoniy sulfat bilan 30-35% to’yintirilganda tuzlanishi mumkin. Ion kuchi past muxitda (KCl kontsentratsiyasi <0.3 M) turli steroid gormonlarning retseptorlari 6.5-9 S sedimentatsiya koeffitsientiga, 150-320 KD molekulyar massaga, 5-8.5 nm Stoks radiusiga va asimmetrik formaga ega bo’ladi. Ion kuchi yuqori muxitda esa oligomerli retseptor oqsil (xoloretseptor) gormon bilan kompleksda yoki kompleks xosil qilmasdan 3.5-4 S-retseptorli subbirlikka (veroretseptor) va maxsus shakllantiruvchi omilga to’liq, biroq qaytar dissotsilanadi. Veroretseptor retseptor molekulasining barcha funktsional xossalarini, xususan gormonni spetsifik bog’lash va xromatinni aktseptor joylariga yuqori darajada o’xshashlikni saqlab qoladi. Shu bilan birga 6.8 S-shakllantiruvchi omil murakkab oligomer oqsil bo’lib, estrogen retseptorlari xolatida o’zaro qaytar bog’lanadigan A komponenti va oltita V komponentidan tashkil topadi. U gormon bog’lovchi faolikka ega bo’lmasdan, xromatinga xam past o’xshashlikka ega. Ta’kidlash zarurki, shakllantiruvchi omilning subbirliklari varoretseptorga turli darajada o’xshashlikka ega. Shakllantiruvchi omil varoretseptorni yadro xromatini bilan ta’sirlashish qobiliyatiga nisbatan funktsiya bajarishi uchun regulyator vazifasini bajaradi. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra shakllantiruvchi omil bu o’zaro ta’sirni ingibirlasa, ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra stimullaydi.
Extimol turli steroid gormonlar retseptor oqsillarining tuzilmaviy tashkil topishi u yoki bu darajada bir-biriga o’xshash bo’lishi mumkin, umumiy qoidadan istisno xollar xam mavjud. Xususan suriya xomyagining ba’zi bir to’qimalaridagi androgen retseptorlar, aftidan varoretseptor va shakllantiruvchi omil xosil bo’lishi bilan dissotsilanmaydi va KCl kontsentratsiyasi 0.6 M ga oshirilganda xam 8 S sedimentatsiya koeffitsientini saqlab qoladi. Xaligacha tovuqlar tuxum yo’lining dimer progestin retseptorlarini funktsional-struktur tashkil topishi xaqidagi bilimlar to’liq emas.
Proteaza ingibitorlari xisoblangan leypeptin yoki antipain mavjudligida varoretseptorni yumshoq fermentativ gidroliz qilish yordamida retseptor subbirligi tuzilmasidan uning sretsifik gormon bog’lovchi xossalarini saqlab qolgan, biroq yadro xromatini bilan ta’sirlashish qobiliyatini yo’qotgan kichkina qismini ajratib olishga muvaffaq bo’lindi. Bu minimal uchastka, extimol retseptorning gormon bog’lovchi lokusiga aynan o’xshash bo’lib, “meroretseptor” sifatida belgilanadi. Uning sedimentatsiya koeffitsienti 2.5 Sga teng, Stoks radiusi esa 2.5 nm. Extimol, meroretseptor strukturasi bo’yicha geterogen bo’lishi mumkin (3 rasm).
Ko’pchilik mualliflar asosan xromatin bilan bog’langan steroid gormonlarning yadro retseptorlari yadroda ikkilamchi to’planib, tsitozoldan unga gormon-retseptor kompleksining o’tishi natijasida tsitozol kelib chiqishiga ega. Shu sababli yadro va tsitozol retseptorlari printsipial jixatdan umumiy fizik-ximiyaviy va immunologik xossalarga ega.

Download 103.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling