13-mavzu: hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar reja


Download 103.81 Kb.
bet1/18
Sana04.01.2023
Hajmi103.81 Kb.
#1077836
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Hujayraga signal transduktsiya tizimlari haqida asosiy ma’lumotlar


13-MAVZU: HUJAYRAGA SIGNAL TRANSDUKTSIYA SISTEMASI HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR


Reja:

  1. Retseptor molekulalarini strukturaviy-funktsional tashkilanish modeli.

  2. Sitoretseptsiya tiplari

  3. Retseptorlarning gormon-bog’lovchi xususiyatlari

  4. Retseptorlarning ba’zi bir muxim fizik-kimyoviy xususiyatlari va ularning tuzilmasi xaqida ma’lumotlar

  5. Turli kimyoviy tabiatli gormonlar retseptsiyasining modeli

  6. Retseptorlarning fosfolirlanishi-defosfolirlanishi jarayonlari muammolari

  7. Yuqumli kasalliklar patogenezida adenilattsiklaza sistemasining ishtiroki

  8. G – oqsillar

  9. Adenilattsiklaza va sAMP



Tayanch so’z va iboralar: retseptor molekulalari, sitoretseptsiya, gormonlar, Stoks radiusi, proteaza ingibitorlari, yadro retseptorlari, mitoxondrial retseptorlar, sitozol retseptorlari, peptid gormonlar va katexolaminlar, xromatin aktseptor, adenilattsiklaza mexanizmi, kaltsiy mexanizmi, proteaza mexanizmi, desensibilizatsiya mexanizmi, retseptorlarning fosfolirlanishi-defosfolirlanishi jarayonlari, G – oqsillar.



  1. Retseptor molekulalarini strukturaviy-funktsional tashkilanish modeli.

Hujayralarga gormonlarni fiziologik ta’sirini kalitli bosqichi biomaxsus oqsil-retseptor bilan spontan va qaytar kompleks xosil qilishi xisoblanadi.
Agar hujayrada retseptor yo’q bo’lsa, gormon unga ta’sir ko’rsata olmaydi. Bu, retseptor gormonli signallarni qabul qilish intensivligi, o’tkazuvchanligi va amalga oshirishi ta’minlab beradigan endokrin faoliyatga zarur bo’lgan periferiyadagi muxim soxasi ekanligidan darak beradi. Hujayraning retseptori – metabolizmning hujayra ichidagi boshqaruvchisi, gormonlar esa – ularning hujayraning tashqarisidagi allosterik effektorlari. Butun organizmning gormonlari – hujayra tashqarisidagi tizimli signallari, retseptorlar esa – gormon samarasini bilib oladigan vositachi.
Har xil gormonlarni retseptorlarining oqsillarini strukturasini va xususiyatlarini o’rganish natijasida retseptor molekulasini umumiy fenomenologik modeli yaratilgan (1 – rasm). Retseptor molekulasi bir-biridan ma’lum masofada joylashgan uchta asosiy dinamik bir-biriga bog’liq bo’lgan vazifani amalga oshiradigan uchta asosiy lokusdan tashkil topgan: 1) maxsus va qaytar bog’lanuvchi gormonni diskret lokus bilan gormon signalini tanlab qabul qiladigan; 2) gormon ta’sirini boshqarishni rag’batlantiradigan va natijada xar xil hujayraning aktseptor strukturalari (aloxida ijro etuvchi soxa yoki retseptor molekulasini soxasi) tanlab gormon-retseptor kompleksni xamkorligini amalga oshiradigan; 3) tashqaridagi gormondan qabul qilingan signalni, hujayra ichidagi retseptor molekulasini birlamchi konformatsion qayta qo’rilishi (oldingi ikki ichki molekula bog’lanish soxalari orqali amalga oshiradi) natijasida xosil bo’lgan yangi signalga o’tkazilishi (transduktsiya). Boshqacha qilib aytganda, retseptor – determinantlari asimmetrik joylagan yagona funktsional birlikdir, ulardan biri gormonni bog’lab oladi, boshqasi (boshqalari) hujayraning aktseptori bilan tanlab bog’lanadi va biologik samarani rag’batlantiradi.


  1. Download 103.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling