13-mavzu: hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar reja


Download 103.81 Kb.
bet2/18
Sana04.01.2023
Hajmi103.81 Kb.
#1077836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Hujayraga signal transduktsiya tizimlari haqida asosiy ma’lumotlar

Sitoretseptsiya tiplari

Retseptorlarni hujayrada joylashishi bo’yicha, aktseptor joyi va gormonlarni tsitoretseptsiyasi samarasini rag’batlantirish xususiyatlariga qarab ularni ikki asosiy tipga bo’lish mumkin: 1) hujayra ichidagi, streoid va tireoid gormonlarni xar xil variantda retseptirlanishi bo’yicha; 2) yuzadagi (membranali), oqsil va peptid gormonlari, katexolaminlar, xamda amaliy jixatdan barcha gistogormonlar va neyromediatorlarni retseptirlanishi bo’yicha. Birinchisi bo’yicha gormon hujayraning plazmatik membranasidan nisbatan erkin sizib o’tadi, u erda retseptor (tsitozoldagi, yadrodagi va boshqalardagi) bilan xamkorikda ta’sir ko’rsatadi va birinchi bosqichda o’zining ta’siri uchun hujayraning ichida mediatorlarni xosil bo’lishini talab qilmaydi. Bunda yadroda joylashgan gormon-retseptor komplekslar uchun eng muxim aktseptor saytlar, bu erda ularning eng muxim tipik samarasi enzimlarning va boshqa oqsillarning sintezi bilan bog’liq va vaqtning o’tishi bilan oxistalik bilan rivojlanadi. Tsitozolning retseptorlaridan ma’lum bir qismi xromatin, lizosoma, plazmatik va yadro membranalari bilan, xamda tsitoskelet elementlari bilan bog’lanishi xam extimoldan xoli emas.
Ikkinchisi bo’yicha gormon, qoida bo’yicha plazmatik membranada joylashgan retseptor bilan bog’lanadi. Retseptsiyaning birinchi etapida hujayraning ichidagi mediatorlarni membrana aktseptor strukturalari bilan gormon-retseptor komplekslarini xamkorlikdagi ta’siri natijasida gormonning samarasi hujayra ichida amalga oshgani bilan, ular hujayraga qiyinchilik bilan kiradi. Ana shunday membrana aktseptorlari adenilattsiklaza, noelektrogen kaltsiy kanallari va maxsus proteazalar xisoblansa, hujayra ichidagi mediatorlar – tsAMF, kaltsiy, maxsus glikopeptidlar xisoblanadi. Yuzada ta’sir ko’rsatadigan gormonlarning ta’sirini o’ziga xos xususiyati, avvaldan sintezlangan strukturaviy oqsillarning funktsiyalarini faollashuvi bilan bog’liq nisbatan tez samara beradi (2 rasm).
Bu bayon etilgan ikki tip retseptsiya, bir-biridan sezilarli farq qilgani bilan, gormon signalini qabul qilish mexanizmi umuman olganda umumiy qonuniyatlarga mos keladi. Keyinchalik bu ikki tip retseptsiya yo’llari bir-biridan farq qiladi, ammo jarayon umumiy sxemaga bo’yicha amalga oshadi.


  1. Download 103.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling