Reja : Kirish Fosforillanish haqida malumot


Download 1.71 Mb.
bet1/4
Sana25.09.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1687640
  1   2   3   4
Bog'liq
слайд 3 Акрамова умида

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI TERMIZ SHAHAR DAVOLASH ISHI-1 2 kurs 203-“B” GURUH TALABASI AKRAMOVA UMIDAMINING BIOKIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN SLAYDI

REJA :

1. Kirish

2. Fosforillanish haqida malumot

3. Ikkilamchi messenjirlar

KIRISH

Hujayraning ichidagi signallarni uzatuvchi molekulalar zanjirlari hujayra ichidagi signal uzatish yoʻllari deb nomlanadi. Bu slaydchada biz hujayra ichidagi signal uzatish yoʻllarining umumiy xususiyatlari, shuningdek, ushbu yoʻllarda odatda uchraydigan baʼzi signal uzatish mexanizmlarini koʻrib chiqamiz.


Bogʻlanish signal uzatish yoʻlini boshlab beradi
Ligand hujayra yuzasidagi retseptor bilan bogʻlanganida retseptorning hujayra ichidagi domeni (hujayra ichidagi qismi) biroz oʻzgaradi. Odatda u ferment sifatida faollashadi yoki boshqa molekulalarni bogʻlashga imkon beradigan yangi shaklni oladi.
Retseptorning oʻzgarishi signal uzatish hodisalarini boshlab berishi mumkin. Masalan, retseptor hujayra ichida boshqa signal uzatuvchi molekulani yoqishi mumkin va bu oʻz navbatida oʻz nishonini faollashtiradi. Ushbu zanjirli reaksiya oxir-oqibat quyidagi chizmada koʻrsatilganidek, hujayra harakati yoki xususiyatlarining oʻzgarishiga olib keladi.
Maʼlumotning bir tarafga yoʻnaluvchanligi tufayli yuqori oqim atamasi koʻpincha uzatish zanjiridan oldinroq sodir boʻladigan molekulalar va hodisalarni tasvirlash uchun ishlatilsa, pastki oqim uzatish zanjiridan keyinroq paydo boʻladigan muayyan bir oʻrganilayotgan molekulani taʼriflash uchun ishlatiladi. Masalan, diagrammada retseptor ligandning pastki oqimida, ammo sitozoldagi oqsillarning yuqori oqimida joylashgan. Koʻpgina signal oʻtish yoʻllari dastlabki signalni kuchaytiradi, shunda bitta ligand molekulasi pastki oqimdagi koʻplab nishon molekulalarning faollashishiga sabab boʻladi.
Signal uzatuvchi molekulalar asosan oqsillardir. Ammo signal uzatishda ionlar va fosfolipidlar kabi oqsil boʻlmagan molekulalar ham muhim vazifa bajarishi mumkin.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling