Reja : Kirish Fosforillanish haqida malumot
Download 1.71 Mb.
|
слайд 3 Акрамова умида
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat !!!
Inozitol fosfatlariGarchand biz plazmatik membrana fosfolipidlarini odatda hujayraning strukturaviy qismlari deb hisoblasak-da, ular ham signal uzatishda muhim rol oʻynashlari mumkin.Fosfatidilinozitollar deb ataluvchi fosfolipidlar fosforillanib, teng ikkiga boʻlinadi va chiqarib yuboriladi, natijada har ikkala qism ikkilamchi messenjerlar vazifasini bajarishi mumkin.Signal uzatishda aynan muhim bir ahamiyatga ega boʻlgan bu guruhdagi lipidlardan biri - FIF2Signalga javob tariqasida fosfolipaza C deb ataluvchi ferment FIF2 ni ikki qismga ajratadi: Hosil boʻlgan ikkala qism ham ikkilamchi messenjer vazifasini bajarishi mumkin. DAG plazmatik membranada qolib, kinaza C oqsili (KCO) deb ataluvchi nishonini aktivlaydi, bu esa KCOga oʻz nishonlarini fosforillashga imkon yaratadi. IF3 sitomplazmada tarqaladi va endoplazmatik toʻrda joylashgan ligand-boshqaruvli kalsiy kanallariga bogʻlanib, signal kaskadini davom ettiradigan Ca2+ ni chiqaradi Yoʻllar koʻpincha boshqa yoʻllar bilan oʻzaro taʼsirlashishi sababli ushbu murakkablik yuzaga keladi. Yoʻllar oʻzaro taʼsirlashganda ular asosan hujayraga oʻz vazifalarini mantiqan bajarishga va bir nechta maʼlumot manbalariga eng yaxshi javob reaksiyani “hisoblash”ga imkon beradi. Masalan, ikkita yoʻldan bir vaqtda signal uzatilganda mantiqiy “VA” qoidasiga oʻxshash javob reaksiyani aktivlash kerak boʻlishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, ikkita yoʻldan bittasi mantiqiy “YOKI” qoidasiga oʻxshash javob reaksiyasini yuzaga keltirishi ham mumkin. Signal uzatishning yana bir murakkablik jihati shundaki, bir xil signal uzatish molekulasi hujayradagi molekulalar turiga bogʻliq ravishda turli xil natijalarga sabab boʻlishi mumkin .Masalan, asetilxolin ligandi skelet va yurak muskullarida teskari taʼsirni keltirib chiqaradi, chunki bu hujayra turlari har xil yoʻllarni qoʻzgʻatadigan bir-biridan farq qiluvchi bir nechta atsetilxolin retseptorlarini hosil qiladi . Yuqorida aytilgan misollar signal uzatish yoʻllarini oʻrganish qanchalik murakkab ekanini, shu bilan birga, naqadar qiziqarli va ajoyib ekanini koʻrsatadi. Hujayralararo signal uzatish yoʻllari, xususan, yuqorida aytib oʻtilgan epidermal oʻsish omili saraton kasalliklariga qarshi yangi dori-darmonlarni ishlab chiqarishni maqsad qilgan tadqiqotchi olimlarning diqqat markazidadirEtiboringiz uchun rahmat !!!Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling