Reja : Kirish Fosforillanish haqida malumot


Download 1.71 Mb.
bet3/4
Sana25.09.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1687640
1   2   3   4
Bog'liq
слайд 3 Акрамова умида

Kalsiy ionlari


Kalsiy ionlari keng foydalaniladigan ikkilamchi messenjerlar hisoblanadi. Koʻpgina hujayralarda sitozol tarkibidagi kalsiy ionlarining konsentratsiyasi juda past, chunki plazmatik membranadagi ion nasoslari uni olib tashlash uchun doimo ishlaydi. Signal uzatish maqsadida endoplazmatik toʻr kabi qismlarda saqlanishi mumkin.
Kalsiy ionlaridan ikkilamchi messenjer sifatida foydalanadigan yoʻllarda yuqori oqim signal uzatish jarayonlari ligand-boshqaruvli kalsiy ion kanallariga bogʻlaydigan va ularni ochadigan ligand ajratib chiqaradi. Ushbu kanallar ochiladi va hujayradan tashqarida (yoki hujayra ichidagi zaxira qismlarida) mavjud boʻlgan yuqori miqdordagi Ca+ ni sitoplazma ichiga kiritib, sitoplazmatik Ca+konsentratsiyasini oshirishga imkon beradi.
Qanday qilib chiqarib yuborilgan Ca2+ signal uzatilishiga imkon yaratadi?
Hujayradagi ayrim oqsillarda Ca2+ ionlariga bogʻlanadigan maxsus joylar boʻlib, chiqarib yuborilgan ionlar shu oqsillarga birikib, ularning shaklini oʻzgartiradi (natijada funksiyasi ham oʻzgaradi). Hujayralarning turiga qarab oqsillar va hosil boʻladigan javob reaksiyalari ham tulicha boʻladi. Masalan, oshqozon osti bezidagi β hujayralarda Ca2+ signali insulin ishlab chiqilishiga olib kelsa, muskul hujayralarida ushbu ionlar signali muskul qisqarishiga sabab boʻladi.

Siklik AMF (sAMF)


Koʻplab hujayra turlarida uchraydigan yana bir ikkilamchi messenjer bu ATFdan hosil boʻlgan kichik molekula – siklik adenozin monofosfat (siklik AMF yoki sAMF)dir. Signallarga javob tariqasida adenilil siklaza deb nomlanuvchi ferment ATFdagi ikki fosfatni olib tashlab, qolgan fosfatni halqa shaklidagi qand moddaga bogʻlab, ATFni sAMFga aylantiradi.
Hosil boʻlgan sAMF kinaza A oqsili (KAO) deb ataluvchi fermentni aktivlaydi va bu fermentda oʻz nishon molekulalarini fosforillashga va signalni uzatishga imkon yaratadi. Kinaza A oqsili turli hujayralarda uchraydi va uning har bir turda oʻz nishon oqsili mavjud. Bu bitta sAMF ikkilamchi messenjerning turli xil oʻrinlarda turli xil javob reaksiyalarini hosil qilishiga imkon yaratadi.
sAMF signal uzatish yoʻli sAMF halqasini uzib, uni adenozin monofosfatga (AMF) aylantiradigan fosfodiyesteraza deb ataluvchi fermentlar tomonidan toʻxtatib qoʻyiladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling