Reja : Kirish Fosforillanish haqida malumot


Download 1.71 Mb.
bet2/4
Sana25.09.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1687640
1   2   3   4
Bog'liq
слайд 3 Акрамова умида

Fosforillanish

Yuqoridagi chizmada “yoqiq” yoki “oʻchgan” deb belgilangan pufakchalar (signal molekulalari) koʻrsatilgan. Pufakchaning yonishi yoki oʻchishi aslida nimani anglatadi? Oqsillar turli yoʻllar bilan aktiv yoki noaktiv boʻlishi mumkin. Vaholanki, oqsil aktivligini oʻzgartirishda eng koʻp uchraydigan usullardan biri bu fosfat guruhini oqsilning bir yoki bir nechta joyiga qoʻshilishi boʻlib, bu jarayon fosforillanish deb ataladi.


Fosfat guruhlari oqsilning har qanday qismiga birikmaydi. Buning oʻrniga ular odatda oʻzlarining yon zanjirlaridagi gidroksil (-OH) guruhiga ega boʻlgan uchta aminokislotalardan biri bilan bogʻlanadi: tirozin, treonin va serin. Fosfat guruhining oʻtkazilishi kinaza deb nomlangan ferment tomonidan katalizlanadi va hujayralar turli xil nishonlarni fosforillaydigan har xil kinazalarni oʻz ichiga oladi.
Fosforillanish oʻchirib-yoqish kaliti vazifasini bajaradi, ammo uning taʼsiri oqsillarga qarab farq qiladi. Baʼzida fosforillanish oqsilni faollashtiradi (masalan, katalizni kuchaytirish yoki uni boshqa sherigi bilan bogʻlashga imkon yaratadi). Boshqa hollarda fosforillanish oqsilni ishdan chiqarishi yoki uning parchalanishiga olib kelishi mumkin.
Umuman olganda, fosforillanish doimiy emas. Oqsillarni oʻzlarining fosforillanmagan holatiga qaytarish uchun hujayralarda fosfatazalar deb nomlangan fermentlar mavjud boʻlib, ular fosfat guruhini oʻzlariga tegishli nishondan uzoqlashtiradi.

Fosforillanishga misol: MAKO signal uzatish kaskadi

Fosforillanish qanday ishlashini yaxshiroq tushunish uchun ushbu usuldan foydalanadigan signal uzatish yoʻlining hayotiy misoli – oʻsish omiliga signal uzatishni koʻrib chiqaylik. Xususan, hujayraviy javob reaksiyasini hosil qilish uchun bir qator kinazalar orqali harakatlanadigan epidermal oʻsish omili (EOʻO) yoʻlining bir qismini koʻrib chiqamiz.


Bu yoʻlning aksariyat bosqichlarida fosforillanish (F bilan belgilangan) muhim rol oʻynaydi.
-Oʻsish omili ligandlari oʻz retseptorlari bilan bogʻlanganida retseptorlar juftlashadi va kinazalar sifatida harakatlanadi, fosfat guruhlarini bir-birining hujayra ichidagi dumchalariga biriktiradi.
-Aktivlangan retseptorlar bir qator jarayonlarni qoʻzgʻatadi Ushbu oʻzgarishlar Raf kinazani aktivlaydi.
-Aktiv Raf ERKlarni fosforillaydigan va aktivlaydigan MEKni fosforillaydi va aktivlaydi.
-ERKlar turli xil nishon molekulalarni fosforillaydi va aktivlaydi. Bularga c-Myc kabi transkripsiya omillari, shuningdek, sitoplazmatik nishon molekulalar kiradi. Aktivlangan nishonlar hujayralarning oʻsishi va boʻlinishini osonlashtiradi.
Raf, MEK va ERKlar birgalikda mitogen aktivlangan kinaza oqsili (MAKO ) kaskadi deb nomlangan uch bosqichli kinaza signal uzatish yoʻlini tashkil qiladi. (Mitogen bu hujayralarni mitozga uchrashi yoki boʻlinishiga olib keladigan signal.) Ular hujayra boʻlinishini tezlashtirishda muhim rol oʻynaganligi sababli Raf va c-Myc proto-onkogenlar hisoblanadi, yaʼni ushbu oqsillarning haddan tashqari faol shakllari saraton bilan bog’liq.
MAKOning signal uzatish yoʻllari biologiyada juda keng uchraydi: ular odamlardan tortib, zarburugʻ-u oʻsimliklar kabi organizmlarning turfa xillarida mavjud. MAKO kaskadining turli xil organizmlarda oʻxshashligi bu signal yoʻli tiriklikning evolyutsion tarixida erta paydo boʻlgani va hozirgi zamon hayvonlari, oʻsimliklari va zamburugʻlarining umumiy ajdodida allaqachonlar mavjud boʻlganidan dalolat beradi .
Ikkilamchi messenjerlar
Oqsillar signalni oʻtkazish yoʻllarida muhim ahamiyatga ega boʻlsa-da, molekulalarning boshqa turlari ham bu jarayonda qatnashishi mumkin. Koʻpgina signal uzatish yoʻllari ikkilamchi messenjerlar ligandlar (“birlamchi messenjerlar”)ning oʻz retseptorlariga bogʻlanishi natijasida hosil boʻladigan signal orqali oʻtadigan, oqsil boʻlmagan mayda molekulalarni oʻz ichiga oladi.
Ikkilamchi messenjerlar
Ca + ionlarini, siklik AMF (sAMF), yaʼni ATFning hosilasini va fosfolipidlardan hosil boʻlgan inozitol fosfatlarni oʻz ichiga oladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling