13-mavzu: Ijtimoiy loyihalashtirishning mazmuni va mohiyati Loyiha
Download 52.82 Kb.
|
13-mavzu
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament komissiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (16-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi to‘g‘risida nizom” 17-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslarini rivojlantirish hamda rolini kuchaytirish, shuningdek ularning joylarda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qonunchilikka muvofiq jamoat fondlari tuzilishi mumkin. (17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari: Oldingi tahrirga qarang. mahalliy budjetdan va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondidan olinadigan mablag‘larni, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalarini, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jamlaydi; (17-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) jamlangan mablag‘lardan nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini, ularning joylardagi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanilishini tashkil etadi; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashadi. Download 52.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling