13-mavzu. Ijtimoiy o’z -o’zini boshqarish


Download 40.36 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi40.36 Kb.
#1046295
  1   2   3   4
Bog'liq
13 мавзу


13-MAVZU. IJTIMOIY O’Z -O’ZINI BOSHQARISH

1. ”SHaxs” tushunchasi va uning ahamiyati


2. Ijtimoiy menejer xususiyatlari
3. Inson resurslarni boshqarishning yangi shakli


1.”SHaxs” tushunchasi va uning ahamiyati

«SHaxs» - bu o’z qobiliyatidan kelib chiqan xolda ma’lum bir ijtimoiy vazifani bajaruvchi inson. SHaxs vazifalarining turli xilligi, uning tuzilishini ifodalaydi. Jamiyatda shaxs boshqa individlar, ijtimoiy holat, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, davlat turi bilan uzviy bog’liq.


SHaxs bu nafaqat me’yor va qadriyatlarni o’ziga singdiruvchi ijtimoiy mahsulot, balki kerak paytda o’zining ijodiy va intellektual potentsialidan foydalanib jamiyatdagi qadriyatlarni shakllantiradigan ijtimoiy sub’ektdir. Insonning bir tomonlama ob’ektiv omillarga tayanib ish yuritishi bugungi kunda ham uning imkoniyatlarini to’la namoyon etish imkonini bermaydi.
Odatda «shaxs» tushunchasi, «xarakter», «temperament», «individuallik» kabi jamiyatdagi salbiy muhitga chidamliligini shakllantiruvchi kategoriyalarni o’z ichiga olmaydi. Bugungi kundagi eng katta muammo bu shaxsning ijodiy potentsialini to’g’ri baholash va uni jamiyat rivoji uchun yoshligidan rivojlantirishdir. Bu XXI asrda vujudga kelayotgan global muammolarni echishning kafolatidir. Bu muammolar ijtimoiy menejment doirasida boshlanadi.
Ijodiy qobiliyatga ega talantli insonlarning katta potentsiali butun jamiyat manfaati uchun xizmat qilishi kerak. Buning uchun insonlarda yangi falsafa va zamonaviy madaniyat shakllanishi kerak. Bu falsafaning asosi qobiliyat va talant har qanday sohada shubhasiz qadrlanishi kerakligidadir. SHuning uchun, bunday insonlarni qo’llab-quvvatlash umumjamiyat ishidir. Insonlarga mustaqil hayot boshlayotganda o’zini namoish etish uchun bir xil imkoniyat yaratib berish, turli kasb tanlash imkoniyatini yaratish kabilar zamonaviy jamiyatning asosiy mezonidir. SHunday holatda jamiyatdagi har bir inson o’z qobiliyatidan kelib chiqib o’z o’rnini egallaydi, ya’ni iqtidorliroq, talantli insonlarning jamiyatda lider bo’lish imkoni bo’ladi.
Har bir shaxs jamiyatda o’z o’rnini va o’z faoliyat doirasini tanlashi kerak. Inson o’z faoliyatini o’zi tanlaydi, jamiyat unga faqat imkoniyat yaratib beradi. Jamiyatda insonlarga tanlash imkoniyatining pastligi yoki umuman yo’qligi, nafaqat kelajakka ega emas, balki har bir daqiqada jamiyatni izdan chiqarib yuborishi mumkin.
Iqtidorli odamlar uchun maxsus litsey, kolledj, maxsus boshqaruv va ilmiy maktablar kerak. Bular jamiyatning barcha qatlamlari uchun bir xil imkoniyat berishi kerak. Aks holda jamiyat inqirozga uchrashish muqarar.
10-15 yozuvchi «Gamlet» yoki «Faust»ni yangidan yaratishi mumkin. Lekin, muammoni echishning kollektiv yo’li tarixda ijobiy yakunlanmagan. SHuning uchun, har qanday sohada jumladan, boshqaruvda ham yuqoridagi muammolarni echishni qobiliyatli, ijodiy fantaziyaga ega insonlarga yuklash kerak.
Zamonaviy jamiyatning rivojlanish sur’ati nafaqat «ijtimoiy birxillik», «ijtimoiy tenglik» kabi tushunchalarni, balki neomaltuz nazariyasidagi «joxillik chegaralarini» ham inkor etadi.
Bugungi kunda odamlarning «tabiiy huquqi», ya’ni o’zini rivojlantirish va o’z imkoniyatlarini namoish etish huquqi dolzarb hisoblanadi. Har bir inson tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda faoliyat ko’rsatadi. Biroq, jamiyatda, bu kuchlardan etarlicha foydalanilmayapti, aksincha, ular bostirilmoqda. Bu esa jamiyatni o’z ichidan emirilib, izdan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu muammo shubhasiz XXI asrning eng dolzarb muammolaridan biriga aylanadi. Ishchi yoki menejerning ijodiy potentsialini yuzaga chiqarish bu nafaqat jamiyat muammosi, balki ko’p jihatdan menejerning shaxsiy muammosidir.
Har qanday shaxs yoki jamiyatning rivojlanishining birinchi sharti bu o’z-o’zini anglashdir. O’z-o’zini anglash ijtimoiy menejerning muvoffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining garovidir. SHuning uchun ham, ijtimoiy menejmentda menejerning faoliyati, uning taqdirida katta ahamiyatga ega.
Ilm talab texnologiyalarning shaxsning shakllanishidagi o’rnini ortib borishi o’z-o’zini anglash jarayonini optimallashtirish imkoniyatini beradi. Inson hayotining mazmunini quyidagi uch faktor tashkil etadi:

  1. Insonni dunyoga nima berishi;

  2. Insonni dunyodan nima olishi;

  3. Insonni jamiyatda tutgan o’rni.

Bunga mos ravishda uch turdagi qadriyatlar ham yuzaga chiqadi: ijodiy qadriyatlar, his-tuyg’ular, o’zaro munosabatlar.
Psixolog V.Franklь fikricha, «bu qadriyatlarning eng muhimi ijodiy qadriyatdir»1. Asrlar davomida insoniyat tomonidan ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirishning mahsus texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu texnolgiyalar boshqaruvga ham taluqlidir. Aynan shu sohada muvoffaqiyatga erishish uchun ijodiy qobiliyat zarurdir. Oxirgi yillarda ilm-fan tomonidan insonlarning ma’naviy sog’lig’iga katta e’tibor berilmoqda.
Odamlarni o’z intellektual va boshqa imkoniyatlarni to’g’ri baholash, ularni rivojlantirish texnologiyalari taklif qilinmoqda. Bu sohadagi adabiyotlarning ko’pchiligi talab darajasida emas, lekin jamiyatda bunday asarlar kerak. CHunki din barcha muammolarni xal qilmaydi, ayniqsa intellektual muammolarni. «qobiliyatli insonga o’z imkoniyatlarini rivojlantirish texnologiyalari emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik zarur»1 . Bunday sharoitda har bir menejer mavjud usullardan foydalangan holda o’zida mavjud imkoniyatlarini rivojlantirib boradi.



Download 40.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling