13-mavzu. Ijtimoiy o’z -o’zini boshqarish


Ijtimoiy menejer xususiyatlari


Download 40.36 Kb.
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi40.36 Kb.
#1046295
1   2   3   4
Bog'liq
13 мавзу

2. Ijtimoiy menejer xususiyatlari

Ijtimoiy menejment - faoliyatning maxsus turi bo’lib, ma’lum sharoitni taqozo etadi. Birinchidan, faoliyat yo’nalishi va usullarini mustaqil tanlash. Ikkinchidan, qabul qilingan qarorlarning mas’uliyatini o’z bo’yniga olish. Uchinchidan, tijorat faoliyatini olib borish va foydani mustaqil taqsimlash imkoniyatini yaratish.


Ijtimoiy sohadagi menejerlarning asosiy vazifasi ijtimoiy resurslardan foydalangan holda iqtisodiy tizimni takomillashtirish. Menejerlar iqtisodiyotni boshqaradigan kuchdir. Ular millatning «oltin fondi» hisoblanadi. Har bir davlatda bunday odamlar 6-8 % ni tashkil etadi.
Yaxshi menejer bo’lish uchun, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlardan tashqari insonda tug’ma qobiliyat bo’lishi kerak.
Yuqoridagi muammolarni echish uchun menejerda qanday xususiyatlar bo’lishi kerak?
Gellap institutining 782 rahbar o’rtasida o’tkazgan so’rov natijalariga ko’ra menejerning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlandi.
Unga ko’ra menejerning kuchli tomonlariga:
a) rostgo’ylik va to’g’rilik;
b) boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo’lish;
v) mehnatsevarlik;
g) aqllilik;
d) iqtisodiy faoliyatni bilish;
e) liderlik;
j) yuqori darajadagi ma’lumotga ega bo’lish, kabilar kiradi.
Zaif tomonlariga:
a) qarashlar cheklanganligi;
b) boshqa odamlarni tushuna olmaslik;
v) boshqalar bilan ishlay olmaslik;
g) qat’iyatizlik;
d) tashabbusning yo’qligi;
e) mas’uliyatni o’z bo’yniga olmaslik
O’tkazilgan barcha so’rovlarda talabchanlikni sadizm darajasiga olib boruvchi rahbarlar qoralanadi.
Boshqa tomondan esa, superliderning beshta umumiy xususiyatlari aniqlangan:

  1. Ishchilarni mehnatga bo’lgan munosabatini yaxshilash;

  2. Kommunikativlik - korxona holatini mijoz va haridorlarga mos keladigan holda ko’rsatish;

  3. Qat’iylik - qiyinchiliklarga qaramasdan o’z maqsadi tomon borish;

  4. Rag’batlantirish - ishchilar energiyasidan foydalangan holda maqsadga erishish tartibini yaratish;

  5. Tashkilotchilik qobiliyatini - guruhlar faoliyatini ma’lum bir yo’nalishga solish.





  1. Download 40.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling