13-mavzu institutlarning rivojlanish evolyutsiyasi reja: Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari
Institutlar rivojlanishining avvalgi harakat yo’nalishiga
Download 245.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu
2. Institutlar rivojlanishining avvalgi harakat yo’nalishiga bog’liqligi Evolyutsion tarzda yuzaga kelgan institutlar kam xarajatlar bilan bitimlar tuzilishini ta‟minlashda hamisha ham samarali bo‟lavermaydi. Evolyutsion variantni belgilashdagi muhim jihat qonunda yozilgan huquqda urf-odatlar va an‟analar darajasida yuzaga kelgan tenden- tsiyalarni qayta tiklashdan iborat. Lekin kecha yuzaga kelgan tenden- tsiyalar bugun bitimlarni amalga oshirishda o‟rinli bo‟lishiga hech qanday kafolat mavjud emas. Bu yerda institutlarga Veblen tomonidan berilgan ta‟rifni yodga olish o‟rinli: institutlar – «bu o‟zining mavjud bo‟lishini noma‟lum uzoq muddatga cho‟zuvchi insonlarning odatiy turmush tarzi». Evolyutsiyaning qayd etilgan inertsion xususiyati rivojlanishning avvalgi harakat yo‟nalishiga bog‟liqlik yoki rivojlanishning tarixiy belgilanganligi samarasi (path-dependency) nomini olgan. Bunday bog‟liqlik haqida “kechagi institutsional doiralar ahamiyatini yo‟qotmasdan qolib, bugun va kelgusida tanlash variantlarini chegaralagan” hollarda so‟z yuritiladi. Qisqacha aytganda, tarix muhim ahamiyatga ega. Institutlarning tabiiy evolyutsiya natijalarining turli ahamiyatga egaligiga ishonch hosil qilish imkonini beruvchi misollar ko‟p. Bir tomondan, an‟analarni yoki kenroq ma‟noda o‟tgan holatni formallashtirish tamoyili umumiy huquqning asosida yotadi. Aynan Angliya va unga qaram bo‟lgan mamlakatlar (yagona bitim hisobida) eng kam transaktsiya xarajatlari bilan iqtisodiy o‟zaro hamkorlik qilishni ta‟minlashda eng samarali huquqiy tizimni yaratgan. Ikkinchi tomondan, Ispaniya, Portugaliya va Lotin Amerikasi mamlakatlarining tarixiy tajribasidan ko‟rish mumkinki (ularning huquqiy tizimi merkantilizm 1 an‟analarini aks ettirgan), institutsional rivojlanishning boshi berk variantlari ham cheksiz uzoq vaqt mobaynida o‟zini o‟zi qayta tiklashi mumkin. Huquqda qayd etilgan merkantilizm normalari faqat qisqa muddatli davrda samarali emas, balki qayta taqsimlashga yo‟naltirilgan faoliyat yordamida foyda olishga yo‟naltirilishga yordam beradi (oddiy utilitarizm normasi va rentani izlash). E. de Sotoning ta‟kidlashlaricha, «Peru jamiyati qayta taqsimlash bitimlariga asoslangan huquqiy tizimning oqibatlaridan aziyat chekishadi... Bizning hozirgi kunimiz Ispaniyadan kelgan davomli merkantilistik an‟ananing natijasidir». Shunday qilib, norasmiy norma butun jamiyat miqyosida individuallashtirilgan munosabatlar doirasidan tashqarida samarali ishlashi uchun oddiy ochiqligini ta‟minlashning o‟zi kifoya qilmaydi. Masalan, qonunchilik bilan mustahkamlangan «o‟ziniki o‟zinikiga noiloj do‟st» normasi insonlar o‟rtasidagi individuallashtirilmagan o‟zaro hamkorlikning asosida yotishi mumkin emas. Norasmiy norma ikkinchi tomonning “o‟ziniki” yoki “begonalar” qatoriga kirishiga qarab ikki xil xatti-harakat standartining mavjud bo‟lishini nazarda tutuvchi o‟zining ikki tomonlama tabiatidan qutilishi kerak. SHu o‟rinda, «oddiy utilitarizm va opportunizm» kabi normalarning ustunlik qilishi aynan ikkinchi tomonning “o‟ziniki” yoki “begonalar”ga ajratilishi bilan bog‟liq. Chunki xarajatlarni uning zimmasiga yuklash mumkin bo‟lgan boshqa individ mavjud bo‟lgan taqdirdagina qo‟lga kiritiladigan foydalilik bilan individning shaxsiy samarali faoliyati o‟rtasidagi bog‟liqlik mavjud bo‟lmaydi. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling