13-mavzu institutlarning rivojlanish evolyutsiyasi reja: Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari
Institutlar o’zgarishini mafkura nazariyasi asosida izohlash
Download 245.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu
3. Institutlar o’zgarishini mafkura nazariyasi asosida izohlash
Mafkura nazariyasi yangi iqtisodiy tarixning bir tarmog‟i hisoblanadi. Mafkura deyilganda har kuni yuzaga keladigan muammolarni qabul qilishning ularni hal etish uchun talab etiladigan axborot miqdorini kamaytirish imkonini beruvchi usuli (ijobiy ta‟rif), va individ harakat qilayotgan institutsional doiralarning adolatliligi yoki qonuniyligi haqidagi fikr tushuniladi (normativ ta‟rif). Birinchi ta‟rif 1 Merkantilizm – ushbuiqtisodiynazariyavakillaripulvaqimmatliqog‟izlardavlatningasosiyboyligidebqarashgan. Vauningmanbasisavdodadebhisoblashgan. Tovarlarimportinicheklashgan. Eksportnirag‟batlantirib, savdobalansidaijobiysavdonishakllantirganlar. Ularamaliyotchi – iqtisodchilarbo‟lishgan. mafkuraning tashqi muhitni va o‟zaro hamkorlik ishtirokchilarining xatti-harakatini talqin etishdan iborat bo‟lgan yangicha ifodalash funktsiyasi bilan bog‟liq. Boshqacha aytganda, mafkura yordamida individ o‟zining xatti-harakati to‟liq maqbul bo‟lmagan hollarda qarorlar qabul qilishda hisobga olinadigan omillar doirasini belgilab oladi. Bundan tashqari, muammoning o‟zaro hamkorlik ishtirokchilaritomonidan umumiy mafkuraviy e‟tiqodlar asosida bir xil qabul qilinishi ular o‟rtasida aloqa va axborot almashuvini osonlashtiradi hamda ularga yangicha ifodalashning oqilona normalari asosida harakat qilish imkonini beradi. Ikkinchi ta‟rif o‟zaro hamkorlik qanaqa asosiy qadriyatlar va normalar asosida yo‟lga qo‟yilishi kerakligi to‟g‟risidagi normativ fikrni mafkura bilan bog‟laydi. Institutlarning rivojlanishning avvalgi harakat yo‟nalishiga bog‟liqligi asosan institutlarning yangicha ifodalash funktsiyasi bilan shartlangan. «Individlarning amaliy tajribasi avvalgi mafkura asosida talqin etilmasa, ular o‟zlarining mafkuraviy qarashlarini o‟zgartirishadi». Biroq, tajribaning mafkuraga mos kelmasligi darhol mafkuraviy qarashlarning tubdan o‟zgarishiga olib kelmaydi – o‟zgarishlar tuzatishlar kiritish va kichik o‟sishlar xususiyatiga ega bo‟ladi. Mafkuraga asoslangan qabul qilish tozalovchi orqali o‟tuvchi tubdan yangi tajriba salgina tuzatishlar kiritilgan eski tajribaga aylanadi. Mafkuradagi sekin, qisman o‟zgarishlar yuz beradigan uzoq davrlar unda talqin etish mexanizmining almashuvi yuz beradigan tub o‟zgarishlarning nisbatan qisqa davrlari bilan almashadi. Yangi tajriba yuzaga kelishining tezligi bilan mafkuraning tubdan almashishi extimoli o‟rtasida bog‟liqlik kuzatiladi. Endi shuni ta‟kidlash mumkinki, mafkurani yuqorida ta‟riflangan «uzuq-uzuq muvazanat» (punctuated equilibrium) usuli bilan o‟zgartirish avtomatik xususiyatga ega emas, balki mafkuraning o‟zida unga joriy tuzatishlar kiritilishi uchun mas‟ul bo‟lgan unsurlar mavjud bo‟lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan mafkuralar ikki xilda bo‟ladi. Birinchi turdagi mafkuralar doirasida yangi hayotiy tajribaning yuzaga kelgan talqin etish mexanizmlariga zidligi yangi tajribani qabul qilishdan yoki uni talqin etishdan va umuman mafkuradan voz kechish ko‟rinishiga ega bo‟ladi. Aksincha, ikkinchi turdagi mafkuralar yangi tajribani sintez qilish hamda mafkuraga doimiy tuzatishlar kiritish orqali yangi tajriba va avvalgi dunyoqarashni integratsiyalash imkonini beradi. Masalan, umuman jamiyatga ko‟chirilgan norasmiy normalar amalda bo‟lish va qo‟llashning mutlaqo yangi sharoitlariga tushib qoladi. Normaning tarkibi bilan norma bajarishi lozim bo‟lgan maqsadlar o‟rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Ushbu qarama-qarshilik inversiya mantig‟i asosida (norasmiy normani o‟zgartirmagan holda uni legallashtirish yoki norasmiy normani taqiqlash), yoki mediatsiya mantig‟i asosida (norasmiy normani umuman jamiyat doirasidagi o‟zaro hamkorlikning o‟ziga xos jihatiga muvofiq talqin etish) hal etilishi mumkin. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling