13-mavzu institutlarning rivojlanish evolyutsiyasi reja: Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari


 Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari


Download 245.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1369973
1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu

1. Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari 
Institutlar 
rivojlanishining 
evolyutsion 
varianti 
norasmiy 
institutlarni ochiqligini ta‟minlash, ya‟ni ularning asosida yotuvchi 
normalarga qonun kuchini berish va ushbu institutlarni rasmiy doiralarga 
aylantirishdan iborat. Bunday o‟zgarishlar evolyutsion yoki genetik 
rivojlanish deb ataladi. U shuni nazarda tutadiki, yangi rasmiy institutlar 
bo‟sh joyda emas, balki mavjud norasmiy institutlar shaklini o‟zgartirish 
jarayonida paydo bo‟ladi.
Rasmiy institutlarning rivojlanishi norasmiy doiralar darajasida 
yuzaga kelgan tendentsiyalarni qaytadan tiklaydi. Institutsional 
rivojlanishning evolyutsion variantiga misol tariqasida O‟zbekistonda 
mustaqillik yillarida qayta tiklangan navro‟z bayrami institutini 
ko‟rsatish mumkin. 
Institutlar insonlar xatti-harakatini tartibga soladi, ular faoliyatining 
barqaror bo‟lishini ta‟minlaydi. Lekin insonlar faoliyati va umuman 
iqtisodiyotning barqarorligini ta‟minlash uchun institutlarning o‟zlari 
o‟zgarishi kerak. O‟zgarishlar uncha katta bo‟lmagan miqdorda 
ko‟paytirish yo‟li bilan asta-sekin va tub o‟zgartirishlar orqali bir 
lahzada yuz berishi mumkin. 
T.Veblenning fikriga ko‟ra, institutlardagi o‟zgarishlarga insonning 
hayotga mos ijodiy faoliyat yuritishga moyilligi, eskiga tafakkurni 
o‟zgartiruvchi ilmiy, texnologik, ijtimoiy o‟zgarishlarga olib keluvchi 
turlicha qarashlar sabab bo‟ladi. O‟zgarishning yana bir sababi – bu 
institutlar o‟rtasida turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan va turli madaniy 
ildizlarga ega bo‟lgan nizolar bo‟lishi mumkin. Y.Shumpeterning 
fikricha, tadbirkorlarning innovatsion faoliyati, amal qilib turgan 
institutlarni o‟zgartirishning asosiy omili bo‟lib xizmat qiladi. 
Yangiinstitutsional 
iqtisodiyotda 
Duglas 
Nort 
institutsional 
o‟zgarishlar nazariyasining asoschisi hisoblanadi. 
Evolyutsion institutsional o‟zgarishlar nazariyasini R.M.Nureev, 
R.I.Kapelyushnikov, A.N.Nesterenko, A.N.Oleynik, A.E.Shastitko, 
Ya.I.Kuzminov kabi rossiyalik olimlar tadqiq etishgan. 
Duglas Nort institutsional o‟zgarishlar nazariyasining asosiy 
qoidalarini quyidagicha ifodaladi: 
1. Institutlar va tashkilotlarning raqobat asosidagi o‟zaro hamkorligi 
institutsional o‟zgarishlar generatori bo‟lib xizmat qiladi. 
2. Raqobat kurashida omon qolish va g‟olib chiqish uchun tashkilot, 
firma bilimlarga investitsiya kiritishi kerak. Ushbu bilimlarning 


xususiyati va yo‟nalishi ishtirokchilarning aqliy salohiyatiga bog‟liq. 
Iqtisodiy agentlar tomonidan tanlangan bilimlar mavjud institutlarning 
asta-sekin o‟zgarishiga olib keladi. 
3. Individ bilimlarning u mazkur institutsional sharoitlarda 
kutayotgan foydalilikning oshishiga olib keluvchi turini va yo‟nalishini 
egallashdan manfaatdor. 
4. Institutlar o‟zgarishlarining katta qismi asta-sekin yuz beradi va 
«rivojlanishning avvalgi harakat yo‟nalishi samarasi» ta‟siriga duchor 
bo‟ladi. Ushbu samara yuzaga kelishining asosiy sabablari – mavjud 
institutlarning yaqin o‟zaro hamkorligini nazarda tutuvchi tashqi 
ta‟sirlarning mavjudligi, institutlarning o‟zaro bog‟liqligi, ko‟lamning 
ijobiy ta‟siri deb hisoblash mumkin.

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling