13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar
Download 317.5 Kb.
|
13-mavzu
Angliyadagi tarixiy metod
XIX asrning so’nggi choragida bir qancha ingliz yozuvchilari ortodoksal klassik nazariyani tanqid qildi va iqtisodiyotni o’rganishda tarixiy yondoshish tarafdori bo’lishdi. Bu yozuvchilar Germaniyadagidek birlashgan guruh tuza olmadilar, shuningdek ular nemis yozuvchilariga ochiqdan ochiq ta’sir ko’rsata olmadilar. Tarixiy induktiv yondoshish iqtisodiy fikrlardagi ingliz an’anasiga begona emas edi. Adam Smitning Xalqlar boyligi asarida aralashgan tarixiy va bayon qilingan ma’lumotlar, keng nazariy tizim bilan birgalikda bog’landi. Rikardo mavhum va deduktiv modellar tuzilishida iqtisodiyotning metodologiya-laridagi ko’plab o’zgarishlarni namoyish qildi, deyarli har qanday tarixiy va idoraviy tuzilishlardan holi edi. Rikardoning deduktiv sabablardan foydalanishi yuqori darajada yoqlangan va kengaytirilgan. Qanday bo’lsa ham J.S.Mill va Alfred Marshal, Smit metodologiyasi yo’nalishida ortga qaytishdi, o’zlarining ajoyib ilmiy ishlari va tarixiy, idoraviy, ma’lumotlar haqidagi bilimlaridan foydalanish, ularning nazariy tuzilmalari tub mohiyatini keltirib chiqardi. Tarixiy metodning ingliz hamfikrlari yetakchisi T.E. Klif Lesli edi, uning klassik iqtisodiyot metodologik tanqidi ko’proq Rikardo va uni qo’llab quvvatlovchilarga yo’nalgan edi. Lesli inglizlarning munozarali vaziyatida yaroq-siz bo’lgan Smitning iqtisodiy nazariyasini davom ettirdi, sababi Smit metodologi-yasi muvozanatda asosli ko’rindi, chunki Smit xulosaga yetganda, tarixiy ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirgandi. Arnold Toynbi (1852-1883) hayot-dan erta ko’z yumganligiga qaramay, uning iqtisodiy tarixchi sifatida bergan va’dasi hech qachon to’liq tan olinmagan, uning XVIII asr Angliya sanoat inqilobi ma’ruzasi (1884), Angliyadagi tarixiy yondoshishdan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini tushunishga, sanoatlashgan iqtisodiyot muammolari natijasini ko’rsatishga ajoyib misol bo’ldi. Sanoat inqilobi atamasini Toynbi kashf qildi. Villiam Ashley (1860-1927) va Villiam Kunningham (1849-1919) ning ingliz iqtisodiyoti tarixidagi ishlari haliham yuqori darajada hurmat qilinadi. Boshqa yozuvchilar tarixiy metodlardan maxsus mavzularni tahlil qilishda foydalanishdi: Valter Bagehot(1826-1877) yozgan Lombard ko’chasi (1873), ingliz bank ishini klassik o’qish; va Jon. K. Ingram (1823-1907) nashr qildirgan Siyosiy iqtisodiyot-ning tarixi (1888) asarlari iqtisodiy nazariya tarixidagi, ingliz tilida yozilgan ilk kitoblar edi. Download 317.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling