13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar


Download 317.5 Kb.
bet6/19
Sana27.02.2023
Hajmi317.5 Kb.
#1234970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
13-mavzu

Kapitalizmni Veblen Tahlili
Veblen iqtisodiyotning bosh masalasi hukmron iqtisodiy nazariyadan biroz o’zgacha bo’lishi kerak deb qat’iy turib oladi. Veblen davrida ortodoksal nazariya jamiyat tanqis manbalarni alternativ holatda qanday taqsimlashiga qiziqar edi. Veblen iqtisodiyot rivojlangan institutsion tizim tomonidan, uning doimo amalda qabul qilinadigan fikrlar tabiatini, o’rganilishi kerak deb qaraydi. Iqtisodiyot bosh g’oyasining ushbu ta’rifida Veblen Marks bilan ba’zi masalalarda hamfikrlikka qo’l uradi; ikalalari ham iqtisodiyotda va jamiyatda ta’sir ko’rsatuvchi kuchlarni o’rganishardi. Veblen ba’zi madaniyat institutlarining ortodoksal nazariya kiritgan deb o’rganishlarini tushuntirib berishga urindi. Joriy madaniyatni tushuntirish har qanday madaniyat uchun uning o’z tarixiy evolutsion madaniyatini tushuntirish bilan boradi: Madaniyat rivoji bu odatlar izchilligining jamlanmasidir. Buning yo’li va chorasi inson tabiaining turli tutib bo’lmas va birgalikdagi lekin yaxlit izchil yetishmovchiliklarga odatiy javobidir. Tutib bo’lmas ekanligining sababi har bir yangi harakat javob berishning odatiy usullarida yangi farqlarni yaratadi. Birgalikdagi, sababi har bir yangi vaziyat avval nima sodir bo’lgan bo’lsa uning o’zgarishidir va ilgari sodir bo’lganligidan kutilayotgan asosiy omillarni o’z ichiga oladi. Uyg’unlashgan, sababi inson tabiatining asosi (qobiliyat, ishtiyoq va uning aksi) javob jiy oladigan kuch bilan qayd etish... aslidek o’rganmay qolish3.
Sanoatlashgan jamiyatning rivojlanishi va hozirgi kundagi faoliyatini tushunish uchun, biz inson tabiati va madaniaytidagi fe’l atvori o’rtasidagi o’zaro aloqalrni anglab olishimiz kerak: Ba’zi odamlar madaniyat ichida shakllanishgani-dan, ular o’zlarini shaxs va madaniyat aloqalaridan tashkil topgan keyinchalik ilmiy ko’rinish olgan xulq atvor qoidalariga aloqador holda harakatlanayotgandek his qilishar edi4. Ushbu o’rganish bo’lib qolgan inson odatlarini Veblen instinkt deb atadi. U inson fe’l atvoriga rahnamolik qiluvchi instinktlarni ruhlantirgan psixologiyadagi rivojlanishlardan ta’sirlangan edi. Veblen insonning iqtisodiy harakatlarida gavdalanadigan instinktlar deb quyidagilarni hisoblaydi: oilaviy instinkt, mahorat, bekorchi qiziqish va ta’magirlik. Oilaviy instinkt bu oila, urug’, tabaqa, millat va insoniyatga g’amxo’rlik instinktidir. Mahorat instinkti mahsulot-larni yuqori sifatda ishlab chiqarish, undan faxrlanish, hunardan faxrlanish istagi, o’z ishida tejamkor va samarador bo’lishga qayg’urishdir. Bekorchi qiziqish bizni o’rab turgan dunyoga savol nazari bilan qarash va unga izoh izlashga chorlaydi. Bu ilmiy bilimlar o’sishida muhim xususiyatdir. Ta’magirlik esa oilaviy instinktning aksi u shaxsning boshqalarga nisbatan o’z halovatini o’g’irlaydi.
Insonning anglamay qilgan harakatlari tufayli ba’zi ziddiyatlar kelib chiqdi. Ota-onalik, mahorat kabi instinktlar va bekorchi qiziqishlar insonlarni katta samaralilik bilan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga undadi. Qo’lga kiritish instinkti, o’zi haqida o’ylash, individual foydalarni boshqarishda o’zini tutishdir, hatto u orqali jamiyatning qolgan qismiga zararli oqibatlar kelishi mumkin. Iqtisodiyotning tahlilida Veblen inson tabiatining asosi bo’lgan asosiy ziddiyat va antoginizmning oshkor bo’lishini aytgan. Har bir madaniyat inson xulq atvoridagi ikki ko’rinishni kuzatish orqali tahlil qiladi: iqtisodiy hayot jarayoniga yordam beradi va boshqasi jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarining to’liq rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, insoniyatning ijtimoiy yordami salbiy natija-ga ega bo’ladi.
Veblen bu harakatni ota-onalik, mahorat va industrial (yoki texnalogik) xizmatlarga bekorchi qiziqish instinktining katta oqimi deb ataydi. Ular dalilning mohiyati, sabab va natija bog’liqligini o’z ichiga oladi. U taxminiy tarixga bog’lan-gan, shuningdek u bu amaliyoti uchun ortodoksal nazariyada bir qancha tanqidlar-ga duch kelgan va tushuntirgan, uzoq o’tgan davrdagi odamlar quyma buyumlar-ni tashkil etishlari natijasida noma’lum g’ayritabiiy kuchlarga qiziqish paydo bo’lganini tushuntirishga harakat qilishgan, poyaning atrofida raqs tushish orqali bug’doy o’sgan. Veblen buni amalda qo’llab bo’lmaydigan, texnalogiyalash-magan, oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan muammoni yechish usuli, noma’lum va taqqoslab bo’lmaydigan misollar yoki rasmiy xatti harakat natijasi deb atadi. Rasmiy xatti xarakat o’zgarmas va u o’tmishni bog’laydi. U o’zini totem va tabu-da, hokimiyat organlariga shikoyatda yoki ruhiy kechinmada ko’rsatadi va u insoniyat sog’ligi uchun foydali emas. Sanoatlashgan va texnalogik xizmatlar faol va biz ilmiy dalilning asosiy mohiyatini ko’rish, o’zimizning ko’plab qoidalar, texnalogiya va muammolarga yechim topish orqali hal qilamiz va muammoga yechim topish qobiliyati o’sadi. Texnologiya ortga qaramaydi lekin hatti harakat ildizi o’tmishga borib taqaladi.
Veblenning o’z davridagi madaniy va iqtisodiy tahlillari bu bo’linishga asos bo’ldi. Uning qariyb barcha qog’ozlari, kitoblari bu mavzuda yana va yana odinga joylashtirildi. Bu ramkaga solingan va uning targ’iboti meyorga javob bermay-digan fikrlarni o’z ichiga oladi, u bunga qarshi chiqdi lekin dalil mohiyatini, rivoj-lanishning ijobiy tahlil qilinishini, madaniyatning va jamiyatning hozirgi tuzili-shini yaratdi. Bo’linishning haqiqiy iqtisodiy tadbiqi uning “Sanoat va moliyaviy xizmatlar” asarida juda aniq yoritib berilgan va “Biznes faoliyati nazariyasi” (1904) kitobi iqtisodiy tahlilning yagona eng yaxshi kitobi bo’lishi mumkin. Zamonaviy madaniyat ko’rinishlaridagi rasmiy xatti harakatni Veblen moliyaviy (yoki biznes) xizmati deb ataydi. Hunarmandchilik davri sanoatlashgan iqtisodiyot paydo bo’lishidan oldin yuzaga kelgan, hunarmand o’zining ish asboblari va xom ashyosiga ega bo’lgan, o’z mehnatidan foydalanib tovar ishlab chiqargan, o’zining ota-onalik va mahorat instinktlarini ifoda etgan. Bu hunardan foyda olishi sa’y harakatlarining adolatli o’lchovi edi. Lekin iqtisodiyot rivojlanishi bilan o’zgarish-lar yuz berdi. Endi ishchi ishlab chiqarish asboblariga yoki xom ashyolarga ega emasdi, korxona egasi esa tovar ishlab chiqarishga qaraganda ko’proq pul ishlashga qiziqa boshladi. Tamagirlik instinkti oqibatida ota-onalik va mahorat instinktlari e’tiborsiz qoldirildi. Qarzga pul berish rivojlandi, mulkchilik yo’qolishi oddiy hol bo’lib qoldi, endi individuallik “nimadir olish uchun hech narsa qilmaslik meyoriy huquqlariga” ega bo’ldi. Tez orada sanoat rahbarlari paydo bo’ldi va kuchli raqobat davrida ham davom etdi. Sanoat rahbarlari tez orada raqobatning keraksizligini tushunib yetdi va bank investitsiyalari yordamida o’zaro aloqalar mustahkamlan-gan kompaniyalarda direktorlik idoralari tashkil etildi. Shaxsiy manfaatlar birlash-gan Birinchi Katta Uyushma tuzildi va mulkchilikning yo’qolishi vujudga keldi. Hamma rivojlanishlar barcha ishchilar va muhandislar, sanoat rahbarlari va mulkini yo’qotgan mulkdorlar, uchun fikrlarning turli xil ko’rinishlari natijasida paydo bo’ldi. Ishchilar va injenerlarning kunlik tartibi sanoat xizmati hisoblanib bu – tovar ishlab chiqarishdan iborat edi. Bunday boshqarish ularning ota – onalik va mahorat instinktlarini kamaytirdi. Lekin sanoat rahbarlari, mulkidan ayrilgan mulkdorlar faqatgina foyda bilan qiziqishdi ya’ni tovar ishlab chiqarish va foyda olish qarama qarshi bo’ldi va bu Veblenning qarashlariga biroz to’g’ri keldi.
Veblen tahlili mohiyatining muhimligi, o’z davri sanoat jamiyatiga ortodoksal nazariya noto’g’riligini yetkazib berdi. Iqtisodiyot biznes odamlari ijtimoiy foydalar darajasini ko’tarishiga yo’naldi. U “illfare” o’zgarmas biznesga sabab bo’lishini ko’rsatdi. Firmalar monopoliyalar bilan katta foyda olish uchun “puxta o’ylangan bekorchilik” kuchini sinab ko’rdi. Foydani oshirgan ishlab chiqarishdagi bu kamayish “unumsizlikning sarmoyaga aylanishi”5 ni boshqardi. Sanoat biznes tufayli davom etdi. Harakatning asosiy qismi tovar ishlab chiqishga, marketing va reklama qilishga noto’g’ri yo’nalgan edi, u insoniyatga xizmat qilmadi. Biznes odamlari jamiyatga yaxshilik ko’rsatuvchi emas balki uni qo’poruvchilari edi.



Download 317.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling