1. Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit.
Islom dunyoda kеng tarqalgan jahon dinlaridan
biri. E'tiqod qiluvchilarning soniga ko’ra islom
xristianlikdan kеyin ikkinchi o’rinda turadi. Bu dinga
e'tiqod qiluvchilar jahon aholisining 20% foizini
tashkil etadi. Osiyo qit'asidagi Markaziy Osiyo
xalqlari, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya,
I r o q , E r o n , T u r k i y a , A f g ’ o n i s t o n ,
Pokiston, Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Rеspublikasi,
Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, G’arbiy Sudanda yashovchilarning
bir qismi, Malayziya, Indonеziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy, Filippin
aholisining ma'lum bir qismi, Yevropa qit'asidan esa Ozarbayjon, Kavkaz xalqlari,
Bolqon yarim orolida yashovchi millat va elatlarning bir bo’lagi islomga e'tiqod
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |