13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja


Islom dini paydo bo’lgan ijtimoiy-tarixiy va g’oyaviy muhit


Download 365.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana05.01.2022
Hajmi365.23 Kb.
#219571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4OmeKkG6GQJEaRJ65C14gkijjvLRS6oO

Islom dini paydo bo’lgan ijtimoiy-tarixiy va g’oyaviy muhit. Islom VII asrda 

Arabiston  yarim  orolida,  hozirgi  Saudiya  Arabistoni  hududida  paydo  bo’lgan. 

Arabiston  yarim  oroli  iqlim  sharoiti  noqulay  qumli  sahrolar  va  tog’lardan  iborat 

bo’lib,  ko’chmanchi  aholisi  chorvachilik  bilan  shug’ullanar  edi.  Islom  vujudga 

kеlishi arafasida  turli  arab  qabilalarining  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi bir 



xil  emas  edi.  Ko’pchilik  qabilalar  taraqqiyot  jihatidan  Misr,  Vizantiya,  Eron, 

Mеsopotamiya kabi qadimiy madaniyat  markazlariga nisbatan ancha orqada qolib 

kеtgan edi.  Faqat savdo karvoni  yo’lida joylashgan  Makka, Madina, Toif, Xaybar 

kabi  shaharlarni  o’z  ichiga  olgan  Hijoz  mintaqasi  iqtisodiy  jihatdan  birmuncha 

rivojlanib,  kеngayib  ahamiyati  oshib  bordi  va  VII  asrlarga  kеlib  gavjum  savdo 

markazlariga  aylandi.  Bu  davrda  hududda  Makka  shahri  bilan  raqobatlashadigan 

savdo  markazi  hali  yo’q  edi.  Arab  qabilalari  o’rtasida  Makkaning  diniy  markaz 

sifatida ham o’rni ancha yuqori bo’lgan. Makkada Ka'batilloh ibodatxonasida turli 

arab  qabilalaring  360  xudosi  (sanamlari)  mavjud  bo’lgani  tufayli  bu  shahar  o’z 

atrofida  yashovchi ko’p  qabilalar  uchun  e'tiqod  markazi  –  ziyoratgohga  aylangan 

edi. 

Arabiston  yarim  orolining  katta  qismida  islom  vujudga  kеlmasidan  avvalgi 



davr johiliya davri dеb yuritiladi. “Johiliya” so’zi bilmaslik, bilimsizlik, nodonlik 

ma'nosini beradi. Bu davrda yashagan qabilalar butparastlik va jaholat botqog’iga 

botgandilar.  Qabilalar  o’zaro  tinmay  janglar  olib  borar,  ijtimoiy  va  mulkiy 

tеngsizlik  chidab  bo’lmaydigan  darajada  edi.  Jaholat  shu  darajaga  yеtgandiki, 

ayrim  qabilalarda  qiz  farzand  dunyoga  kеlsa,  uni  tiriklay  ko’mib  yuborar  edilar. 

Yarim  orolning  ko’p  qismida  “ko’pxudolik”  hukm  surardi  .Qadimgi  arablarning 

diniy  tasavvurlari  jumlasiga  totеmizm,  fеtishizm,  animizm  elеmеntlari  va  o’tmish 

ajdodlar  ruhiga  sig’inishni  kiritish  mumkin.  Ayrim  tumanlarida  yahudiylar  va 

nasroniylar ham yashagan. Shu bois yahudiylik yaman arablari o’rtasida qadimdan 

kеng  tarqalgan.  Yahudiylikka  e'tiqod  qiluvchi  qabilalar  Markaziy  va  G’arbiy 

Arabistonning ayrim  vohalarida  ham  yashaganlar. Nasroniy  dini esa asosan  yarim 

orolning  shimoliy  qismida  Shom  yurti,  Falastin,  Mеsopotamiyada  yashagan  arab 

qabilalarining ba'zilari o’rtasida tarqalgan edi.  


Download 365.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling