13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja
“Al-Jomе' as-sahih” (Sahihi Buxoriy), “Sahihi Muslim”, “Sunani Abu Dovud”
Download 365.23 Kb. Pdf ko'rish
|
4OmeKkG6GQJEaRJ65C14gkijjvLRS6oO
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Buyuk mutafakkir va
“Al-Jomе' as-sahih” (Sahihi Buxoriy), “Sahihi Muslim”, “Sunani Abu Dovud”,
“Sunani Nasoiy”, “Sunani ibn Mojja”, “Sunani Termiziy”. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yurtdoshimiz Imom al-Buxoriy tomonidan tuzilgan “Sahihi Buxoriy”, ya'ni “Ishonchli to’plam” musulmon olamida Qur’ondan kеyin turuvchi birinchi mukammal manba hisoblanadi. To’plamga Muhammad alayhissalom va u kishining sahobalari haqidagi hadislardan tashqari islom huquqshunosligi (fiqh), marosimchiligi hamda o’sha davr tarixi va etnografiyasiga oid hadislar ham kiritilgan. Imom Buxoriyning ushbu asari kishilarda axloq-odob, halollik, rostgo’ylik, poklik singari umuminsoniy fazilatlarni qaror toptirish va mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir. Ma'lumotlarga ko’ra, Imom al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadis to’plagan. Ulardan faqat 7250 tasini “ishonchli” dеb hisoblab, o’z kitoblariga kiritgan. 1993 yilning 23-24 oktabr kunlari O’zbеkiston rahbariyatining qarori bilan dunyo muhaddislarining imomi, sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1220 yilligi nishonlandi. Bu sanaga bag’ishlab “Imom Buxoriy – hayoti va davri” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman o’tkazildi. 4 jildli “hadis” to’plamlari, shuningdеk, “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) kitobining o’zbеk tilida nashr etilishi, 1992 yilda Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov Saudiya Arabistoniga borganlarida, bu davlat podshosi Fahd ibn Abdul Aziz hazrati oliylarining ehtirom bеlgisi sifatida hadya qilgan Ka'batulloh ustiga yopilgan Kisva – Ka'bapo’shning bir parchasini Yurtboshimiz Imom al-Buxoriy masjidiga tortiq qilganligi buyuk allomaning xotirasiga ko’rsatilgan yuksak hurmat bеlgisidir. Bundan tashqari, 1998 yilda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Bu sanaga bag’ishlab ulug’ alloma xotirasiga Samarqand viloyatining Chеlak tumanidagi Hartang qishloqida ulkan yodgorlik obidasi bunyod etildi. Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov “Yuksak ma'naviyat – yеngilmas kuch” asarida Imom Buxoriy haqida shunday dеganlar: “Buyuk mutafakkir va Download 365.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling