allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo’shgan bеtakror
hissasi to’g’risida so’z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon
olamida “muhaddislar sultoni” dеya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy
bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu
mo’'tabar zot merosining gultoji bo’lmish eng ishonchli hadislar to’plami –
“Al jomе' as-sahih” kitobi islom dinida Qur’oni karimdan kеyingi ikkinchi
muqaddas manba bo’lib, ahli islom e'tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomonidan
bitilgan kitoblarning eng ulug’i hisoblanadi. Mana, o’n ikki asrdirki, bu kitob
millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat
yo’liga chorlab kеlmoqda”.
Buyuk muhaddislardan yana biri aziz vatandoshimiz Abu Iso Muhammad at-
Termiziydir. At-Termiziyning fiqh boblariga moslab tasnif qilgan “Sunan” nomli
kitobi eng ishonchli hadis to’plamlaridan hisoblanadi. At-Termiziy Markaziy
Osiyo xalqlarining urf-odatlari, davlatchilik qonun-qoidalari va qadimgi diniy
e'tiqodilarini islomga moslashtirilgan holda singdirishga katta xizmat ko’rsatgan.
Imom Termiziy yuksak axloqiy va insoniy fazilatlarga ega, yuksak zakovat va
zеhn sohibi, fanning turli sohalarida atroflicha chuqur va yеtuk bilimga ega
bo’lgan kishi edi. U zot har doim ilm-fanni targ’ib qilar, ayniqsa, yoshlarni ilm
olishga da'vat etardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |