13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja


Download 365.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana05.01.2022
Hajmi365.23 Kb.
#219571
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4OmeKkG6GQJEaRJ65C14gkijjvLRS6oO

shuyux;  forscha-turkcha  –  pir,  ustod)  tomonidan  sufiyning  kamolotga 

erishishining ma’lum bosqichlari va Yo‘lning so‘nggi bosqichlarida etishadigan 

maxsus  ruhiy  holatlar  (hol/ahvol)  bilan  bog‘liq  ma’lum  maqomlar  haqidagi 

qoidalar ishlab chiqilgan. 

Sufiylar  ruhiy  kamolotga  olib  boradi  deb  hisoblangan  qator  maxsus 

amaliyotlarni  ishlab  chiqqanlar.  Bular  zikr,  samo‘,  raqs  kabilardan  iborat. 




Ularning birinchisi Xudoning nomini yoki tariqatda qabul qilingan biror maxsus 

zikrni  bir  muqomda,  eki  mahfiy  (ichdan)  takrorlashni  bildiradi.  Zikrning  

«jahriy»,  ya’ni  ovozli,  va  «xafiy»,  ya’ni  ovozsiz,  qalbdan,  ichda  aytiladigan 

turlari bor. 

Samo‘  sufiylarda  «ruh  yumshab,  poklanadigan»  maxsus  ruhiy  holatga 

etishish uchun musiqa asboblari (asosan zarbli) ohangi ostida sufiyona zikrlarni 

tinglash  yoki  kuylashni  ifodalagan.  Bunda  ba’zi  tariqatlarda  maxsus  harakat 

(raqs)  ham  qo‘llangan  bo‘lib,  uni  ham  muayyan  ruhiy  holga  tezroq  erishishga 

yordam beradi deb hisoblaganlar.  

Tasavvuf barcha faqihlar tomonidan so‘zsiz qabul qilingan deb bo‘lmaydi. 

Tasavvuf  Allohga  etishish  yo‘li  sifatida  hozirga  qadar  ko‘plab  munozaralarga 

sabab bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, so‘z Mansur Xalloj (858-922) kabi munozarali 

shaxsiyatlar  haqida  borganda.  Uni  bir  necha  bor  inkarnatsionizmda  aybladilar, 

ya’ni  u ilohiy  va insoniy tabiatning  mohiyatan birlashuvi  (ittihod al-lohut bi-n-



nosut) haqidagi g‘oyani ilgari surgan deb ayblamoqdalar. 

Biroq,  na  al-Xallojda  va  na  boshqa  biror  sufiyda  inson  va  Xudoning 

jismoniy  birlashuvi  haqida  so‘z  borgan  emas,  albatta  va  bu  faqatgina  ruhiy, 

ko‘pchilik hollarda Xudoni anglash qo‘rquvi g‘alaba qilgan va qo‘rquv ta’sirida 

juda  ham  hayajonli  so‘zlarni  aytib  yuborgan  ba’zi  sufiylarning  xayoliy 

tasavvurlari bo‘lgan.  

Ilk  zohidlik  harakatlari  Markaziy  Osiyo  mintaqasini  ham  chetlab 

o‘tmagan.  Buxoro,  Samarqand,  Xorazm,  Nasaf  (Qarshi)  shaharlarida  faoliyat 

olib  borgan  ilk  sufiy-zohidlar  haqidagi  ma’lumotlar  qadimgi  qo‘lyozma 

manbalarda  ko‘p  uchraydi.Bu  erda  biz  yuqorida  zikr  etilgan  xurosonlik 

Malomatiya  tariqatining  ba’zi  guruhlari  haqidagi  ma’lumotlarni  ko‘rishimiz 

mumkin.  Mintaqada  o‘zining  butun  islom  olamida  katta  obro‘  qozongan 

nazariyotchilari  ham  bo‘lgan.  Ular  orasida  Buxoro  yaqinidagi  Kalobod 

qishlog‘ida  tug‘ilib,  shu  erda  dafn  etilgan  Abu  Bakr  Ahmad  ibn  Ishoq  al-

Kalobodiyni  (vaf.  990,  yoki  995  y.)  zikr  etish  o‘rinli.  U  shuningdek  hanafiy 

faqihi  sifatida  ham  mashhur.  Uning  islom  olamidagi  eng  birinchi  tasavvufiy 

asarlardan  hisoblangan  «at-Ta‘aruf  li-mazhab  ahl  at-tasavvuf»  nomli  asari 

hozirga qadar ilk  musulmon tasavvufi sohasidagi ensiklopedik asar hisoblanadi. 

Asarda  sufiylar  qarashlari  tizimi  va  ularning  amaliyotlari  ancha  to‘liq  bayon 

etilgan.  Aynan  shu  asarda  sufiylarning  ba’zi  qoidalarini  islom  me’yorlari  bilan 

muvofiqlatirishga harakat qilinadi. 

Tasavvufning  Markaziy Osiyoda  (eng  avvalo  o‘zining  an’anaviy  tarixiy-

diniy markazi – Movarounnahrda) tashkiliy jihatdan o‘zining asl ruhiy uslubi va 



maxsus  markazlar  (zavviya,  xonaqoh,  ribot)  doirasida  o‘ziga  xos  tariqatlar 

ko‘rinishida  shakllanishi  kechroq,  taxminan  XII  –  XIII  asr  boshlariga  to‘g‘ri 

keladi.  Ayni  mana shu davrda  mintaqada eng  yirik tariqatlar paydo bo‘ldi, ular 

keyinchalik musulmon olamining katta qismiga tarqaldi, hozirgi davrda esa ular 

hatto G‘arbiy Evropa, YAponiya va AQSHda ham foaliyat yuritmoqda (bu erda 

so‘z Naqshbandiya/Mujaddidiya guruhlari haqida bormoqda). 

Hozirda  ham  amaliy  va  nazariy  tarixi  o‘rganilayotdan  bunday  ilk 

tariqatlardan  biri  Kubraviya  tariqatidir.  Bunday  nom  uning  asoschisi  Najm  ad-

Din  Kubro  nomidan  olingan  (1145-1221;  to‘liq  nomi:  Ahmad  ibn  ‘Umar).U 

Xivaq  (hoz.  Xiva,  Xorazm  viloyati)  shahrida  tug‘ilgan,  diniy  bilimlarni 

o‘rgangan.  U  uzoq  vaqt  sayohat  qilgan  (Misr,  Eron)  va  tasavvuf  ilmi  bilan 

yaqindan  tanishgan.  Uning  sufiy  ustozlaridan  eng  mashhuri  Ismo‘il  al-Kisriy 

(vaf.  1193  y.)dir.  Kubro  vatani  Xorazmga  qaytgach,  o‘sha  davrdagi  poytaxt 

Gurganj  (hoz.  Kuhna  Urganch,  Turkmaniston)  da  o‘zining  xonaqohi  va 

keyinchalik  Kubraviya  deb  nom  olgan  tariqatiga  asos  soladi.  An’anaga  ko‘ra, 

Najm ad-Din Kubro Gurganjni mug‘ullardan himoya qilish vaqtida qo‘lida qurol 

bilan shahid bo‘lgan.  

Kubraviya  ta’limotining  aqidasi  –  sunniylik  talablariga  amal  qilishdir. 

Ular  maslaklarining  nazariy  asosini  koinotning  «ikki  bosqichli»  –  kichik  olam 

va  katta  olamdan  tuzilganligi  haqidagi  qoida  tashkil  qiladi.  Ularning  birinchisi 

«quyi  olam»ga  tegishli  bo‘lsada,  lekin  oliy  borliqni,  ya’ni  katta  olamni  o‘zida 

aks  ettiradi.Bu  ta’limotga  ko‘ra,  inson  kichik  olamning  asosiy  qismini  tashkil 

qiladi  va  Allohning  ba’zi  sifatlarini  o‘zida  aks  ettira  oladi  yoxud  oliy  borliq 

haqidagi tasavvurlarni qabul qila oladi, biroq ularni o‘zida anglay oladigan kishi 

bu faqat sufiy, bevosita shayx qo‘l ostida tasavvuf yo‘liga ergashgan kishidir. 

Kubraviyada  «tasavvuf  yo‘lida  yurish»  qator  murakkab  ruhiy-jismoniy 

mashqlardan, qat’iy ro‘za  tutib va xilvatga chekinib, shayxning ixtiyoriga to‘liq 

bo‘ysungan holda Allohning go‘zal ismlariga  (al-asma‘ al-husna) doimo fikrni 

jamlashdan iborat. 

Yo‘lning  o‘zi  esa,  sufiylarga  shaffof  rangli  nurlar  ko‘ringan    paytda 

ularning  ma’lum  bir  holdan  boshqa  holga  o‘tishini  ifodalaydi.Sufiyning  ruhi 

belgilangan  hissiyot  va  poklanish  (maqomot)  bosqichlarini  bosib  o‘tishi  lozim, 

Haqqa  etishish  paytida  esa,  sufiy  (qora  nurni  ko‘rish  bilan)  Allohning 

marhamatiga sazovor bo‘ladi. 

Kubraviyada  bajariladigan  amallarga  muvofiq  tarzda  Sulukni  o‘tash 

chog‘ida  sufiy bo‘ysunishi  shart bo‘lgan  10  qoida  ishlab  chiqilgan:  1.  Tavba  – 

dunyoviy hayoti davomida o‘z «Men»ligidan xalos bo‘lish; 2. Zuhd fi-d-dunya – 




dunyodan va  molu mulkdan voz kechish; 3. Tavakkul ala-l-Lloh – barcha ishda 

Allohga  tayanish  va  dunyoviy  ishlardan  yuz  o‘girish;  4.  Qana’at  –  oz,  faqat 

tiriklik  uchun  etarli  narsalar  bilan  qanoatlanish;  5.  Uzlat    –  to‘g‘ri  va  ruhiy 

ma’noda  yolg‘izlik;  faqatgina  shayx  bilan  muloqot  qilishga  ruxsat  berilgan;  6. 




Download 365.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling