13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja
Download 365.23 Kb. Pdf ko'rish
|
4OmeKkG6GQJEaRJ65C14gkijjvLRS6oO
Mulozamat az-zikr – Alloh nomini doimiy ravishda ixlos bilan yod etish (zikr),
bu zikr qalbni poklaydi; 7. Tavajjuh ila-l-Lloh – butun borliq bilan to Allohning yagonaligini qalb bilan his etmagunicha Unga yuzlanish; 8. Sabr – tasavvuf yo‘lining qiyinchiliklarini sabr bilan ado etish; 9. Muroqaba – dunyoviy istaklardan poklangan qalbga mutlaq osoyishtalik etmagunicha o‘z o‘zini nazorat qilish; 10. Rido – barcha jismoniy hissiyotlardan, hatto o‘zining Allohga bo‘lgan sevgisidan qanoatlanishdan ham xalos bo‘lish, bundan jismoniy yoki shaxsiy tuyg‘ular yo‘qolib, Allohning alohida marhamatiga aylanadi. Kubraviya ta’limoti mo‘g‘ullar istilosiga bardosh bergan kam sonli ta’limotlardan biridir. Qolaversa, Sayf ad-Din Boxarziy (1363 y. Buxoroda vafot etgan.) kabi kubraviya shayxlari boshqa ko‘plab shayxlar qatori mo‘g‘ul qabilalari va ular
hukmdorlarining islomlashuviga katta ta’sir
ko‘rsatganlar.Kubraviyaning mo‘g‘ullardan keyingi tarixi ancha murakkab. Tariqat bir necha mustaqil shahobchalarga bo‘linib ketdi va Xuroson, Eronning ichki mintaqalari, Hindiston, Xuttalon (hoz. Tojikiston)ga tarqaldi. Movarounnahr va Xorazmda tariqatning alohida shayxlari to XVI asrning boshlarigacha hukmron sulolalar vakillaridan muridlarga ega bo‘lgan holda faoliyat olib borganlar. Masalan, mashhur kubraviy shayx Husayn al- Xorazmiyga SHayboniylar sulolasidan bo‘lgan hukmdor Ubaydulloh xon murid bo‘lgan, u o‘zining ruhoniy ustoziga atab she’rlar bitgan. Xuddi shu shayx bilan mashhur Mirzo Zahiriddin Bobur ham ruhoniy aloqada bo‘lgan. XIX asrga kelib bu tariqatning ahamiyati va roli pasayib ketdi. Faqatgina manbalarda o‘zlarining tariqat asoschisiga mansubliklarini e’lon qilgan ba’zi shayxlar (masalan, Buxoro yaqinidagi Saktor mintaqasi) haqida ma’lumotlar beriladi. Xuddi shuningdek Markaziy Osiyoning yana bir mashhur tariqati Naqshbandiya va uning oldingi shakli Xojagonning tarixi ham murakkab va munozarali.Xojagon tariqatining asoschisi Abd al-Xoliq G‘ijduvoniy (vaf. 1182 yoki 1220 y.) hisoblanadi. U keyingi davr tasavvuf an’anasiga ko‘ra mashhur xurosonlik shayx Yusuf al-Hamadoniyda (vaf. 1140 y.) ta’lim olgan.Ayrim olimlar (xususan, V.Madelung) ushbu (XV asrdan keyin paydo bo‘lgan) ma’lumotga (agar uning vafotining manbalarda eng ko‘p uchraydigan ikkinchi sanasi qabul qilinadigan bo‘lsa), eng asosiysi, ilk manbalarning ushbu ikki shayx orasidagi “aloqalar” haqida mutlaqo sukut saqlagani e’tiborga olinadigan bo‘lsa,
“ustoz” va “shogird” yoshlari o‘rtasidagi farqning ancha kattaligiga asoslangan holda shubha bildiradi.
Ehtimol, bunday “aloqa”ga da’vogarlikning sababi tariqatni eng ko‘zga ko‘ringan shayxlar vositasi bilan Payg‘ambarga bog‘laydigan va tariqatning o‘ziga xos qonuniyligini tasdiqlaydigan ruhiy silsilaga muhtoj bo‘linganligidir. Qolaversa, tariqatning o‘ziga tegishli yozma an’ana xronologik nomuvofiqlikni e’tiborga olmagan holda, tariqatdagi bunday aloqalar va silsilaning haqiqiy ekanligi haqida qat’iyat bilan gapirishidan, bu narsa hech qachon shubha tug‘dirmaganga o‘xshaydi. Abd al-Xoliq G‘ijduvoniy haqida ko‘p narsa ma’lum emas, buning asosiy sababi, asosan, uning yoki uning eng yaqin shogirdlari davrida yozilgan ishonchli manbalarning mavjud emasligidadir. Tariqatning ancha kech manbalari xabariga ko‘ra, u asosan o‘z ona qishlog‘i G‘ijduvonda (hoz. Buxoro vil.) yashagan va Xurosonning ilk tasavvuf tariqati bo‘lgan Malomatiyaning ayrim g‘oyalarini qabul qilgan. Ko‘rinishidan, ushbu maktabning holati G‘ijduvoniyga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Uning bizgacha etib kelgan (aftidan keyinroq qayta ishlangan) «Vasiyat»ida o‘z izdoshlariga qaratilgan so‘ng darajada zohidlik, hukumat vakillari bilan hatto so‘zlashmaslik («sultondan xuddi sherdan qo‘rqqandek qo‘rq»), barcha dunyo ne’matlaridan, shuningdek, boylik to‘plashdan voz kechish, hatto suluk yo‘lidan chalg‘itadigan tirikchilik ishlari bilan ham shug‘ullanmaslikka, Allohning irodasiga tayangan holda (tavvakkul) doimo Allohni yod etish (zikr) va boshqalarga chaqiriqlar mavjud. G‘ijduvoniy o‘z shogirdlariga ta’lim bergan zikr Allohning nomlari yoki «La ilaha illa-l-Lloh» kalimasini ichda maxfiy (botin, xafiy) eslashni o‘zida aks ettirgan. G‘ijduvoniy tomonidan ishlab chiqilgan amaliy qoidalar 8 ta bo‘lib, ulardan birinchi beshtasi eng asosiylari hisoblanadi: 1. Hush dar dam – o‘z ishlari va harakatlarida ogoh va ehtiyotkor bo‘lish, har bir nafasining Allohni doimiy yod etib qilinadigan zikrga mos bo‘lishini nazorat qilish; 2. Nazar bar
xoli bo‘lish, ko‘zni o‘z oyog‘iga tikish va nomaqbul narsalardan tiyilish va doimiy sukutda bo‘lishni ta’minlaydi. 3. Safartdar vatan – so‘zma-so‘z «o‘z yurtida, vatanida safar qilmoq». Ushbu tavsiya ham majoziy ma’noga ega bo‘lib, uni sharhlovchilarning aytishlaricha, bu qoida yomon sifatlardan yaxshi sifatlar tomon sayr qilmoqni, yomon yo‘lboshchidan – yaxshisi tomon bormoqni anglatadi. Keyingi davr mualliflari bu qoidaga aniqroq izoh beradilar, ya’ni o‘z
vatanida safar qilmoq va o‘zi yashab turgan er urf odati va dini (shariati) ni yaxshi bilmoq; 4. Xalvat dar anjuman – jamiyatda yolg‘izlik. Bu qoida «solik»dan zohiran ko‘pchilik bilan, xalq ichida, bozorda, odamlar ko‘p joylarda bo‘lish, botinan esa Alloh yodi bilan yolg‘iz bo‘lish talab qilinishini ifodalaydi. Boshqa tariqatlar, zohidlar va ilk Xojagon sufiylarida amaliyotda bo‘lgan «xalvat» mana shu «xalvat dar anjuman» qoidasidan kelib chiqib ta’qiqlangan. Naqshbandiya tarafdorlari ushbu qoidaga Qur’ondan asos ko‘rsatadilar (Nuh, 24-37). Mazkur qoida tariqatning keyingi asrlardan to bugungi kungacha ijtimoiy va siyosiy jihatdan faollashuviga turtki bergan omil bo‘lib xizmat qildi; 5. YOd kard – YOdda tutish. Sufiy bir on bo‘lsa ham qo‘ymay, Allohni doimo yodda tutishi lozim, zero bu botiniy poklanishning yagona yo‘lidir. Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi davrlarda Xojagon bu darajada mushhur bo‘lmagan, uning shayxlari ham faqat Buxoro atroflaridagina faoliyat olib borgan. Tariqat shuhratining va keyinchalik jug‘rofiy ta’sir doirasining ancha kengayishi Buxoro yaqinidagi Qasri orifon qishlog‘ida tug‘ilgan Baxouddin Naqshband (1318-1389) davrida yuz berdi. (Tariqatning ikkinchi nomi - Naqshbandiya uning nisbasidan olingan). Baxouddin Naqshband Xojagon qoidalariga asosan tariqatning rasm- rusum amaliyoti bilan bog‘liq yana uchta qoida qo‘shdi. Bu tariqat shayxlarining ko‘pchilik qismi musiqali maxsus raqslar (samo‘, raqs)dan uzoq bo‘lish va faqat tinch, ichki (xafiy) zikr bilan shug‘ullanishni afzal ko‘rganlar. Xojagon/Naqshbandiya yo‘lining nazariyasi, uslublari va amaliyotini birinchi bor yozma sharhlash va tushuntirib berish Baxouddin Naqshbandning shogirdi Muhammad Porso (vaf. 1419 y.) tomonidan bajarildi. Baxouddin Naqshband hayotiga oid birinchi batafsil biografiya ham Porso qalamiga mansub. U bu asarda Baxouddin Naqshbandning «Xojagon yo‘li»ni shariat bilan muvofiqlashtirish borasidagi mehnatlarini ham tasvirlagan. Tariqat tarixidagi ramziy shaxsiyat – Xoja Ubaydulloh Ahror (vaf. 1489 y.) tariqatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy mavqeini tubdan o‘zgartirib yubordi. U birinchi bo‘lib tariqatning siyosiy faoligining zarurati («zamon sultonlari bilan» ruhiy aloqa «ularni shariatga bo‘ysunishga chaqirishdir»), ijtimoiy va mehnat faolligining zarurligi (Baxouddin Naqshbandning «Dast ba-kor-u, dil ba-Yor» - (Qo‘l – mehnatda, qalb – Allohda) shiorining hayotiy timsoli) g‘oyasini olg‘a surdi va asoslab berdi. Tariqat a’zolarining «qalbni orttirilgan boylikka bog‘lamaslik», doimo qalb zikri bilan shug‘ullanishni unutmaslik, shariat hukmlariga bo‘ysunish, xayriya va ehsonlar qilib turish sharti bilan tijoratda ishtirok etishlari, mulkdor
bo‘lishlari mumkinligi g‘oyasi ham unga tegishli edi. Misol tariqasida, tariqat a’zolari orasida Mavlono Jomiy (vaf. 1492 y.) va Alisher Navoiy (vaf. 1501 y.) kabi ko‘plab mutafakkir va shoirlarning bo‘lganligini eslash kifoya.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling