13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja
Download 365.23 Kb. Pdf ko'rish
|
4OmeKkG6GQJEaRJ65C14gkijjvLRS6oO
shuyux; forscha-turkcha – pir, ustod) tomonidan sufiyning kamolotga
erishishining ma’lum bosqichlari va Yo‘lning so‘nggi bosqichlarida etishadigan maxsus ruhiy holatlar (hol/ahvol) bilan bog‘liq ma’lum maqomlar haqidagi qoidalar ishlab chiqilgan. Sufiylar ruhiy kamolotga olib boradi deb hisoblangan qator maxsus amaliyotlarni ishlab chiqqanlar. Bular zikr, samo‘, raqs kabilardan iborat. Ularning birinchisi Xudoning nomini yoki tariqatda qabul qilingan biror maxsus zikrni bir muqomda, eki mahfiy (ichdan) takrorlashni bildiradi. Zikrning «jahriy», ya’ni ovozli, va «xafiy», ya’ni ovozsiz, qalbdan, ichda aytiladigan turlari bor. Samo‘ sufiylarda «ruh yumshab, poklanadigan» maxsus ruhiy holatga etishish uchun musiqa asboblari (asosan zarbli) ohangi ostida sufiyona zikrlarni tinglash yoki kuylashni ifodalagan. Bunda ba’zi tariqatlarda maxsus harakat (raqs) ham qo‘llangan bo‘lib, uni ham muayyan ruhiy holga tezroq erishishga yordam beradi deb hisoblaganlar. Tasavvuf barcha faqihlar tomonidan so‘zsiz qabul qilingan deb bo‘lmaydi. Tasavvuf Allohga etishish yo‘li sifatida hozirga qadar ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, so‘z Mansur Xalloj (858-922) kabi munozarali shaxsiyatlar haqida borganda. Uni bir necha bor inkarnatsionizmda aybladilar, ya’ni u ilohiy va insoniy tabiatning mohiyatan birlashuvi (ittihod al-lohut bi-n- nosut) haqidagi g‘oyani ilgari surgan deb ayblamoqdalar. Biroq, na al-Xallojda va na boshqa biror sufiyda inson va Xudoning jismoniy birlashuvi haqida so‘z borgan emas, albatta va bu faqatgina ruhiy, ko‘pchilik hollarda Xudoni anglash qo‘rquvi g‘alaba qilgan va qo‘rquv ta’sirida juda ham hayajonli so‘zlarni aytib yuborgan ba’zi sufiylarning xayoliy tasavvurlari bo‘lgan. Ilk zohidlik harakatlari Markaziy Osiyo mintaqasini ham chetlab o‘tmagan. Buxoro, Samarqand, Xorazm, Nasaf (Qarshi) shaharlarida faoliyat olib borgan ilk sufiy-zohidlar haqidagi ma’lumotlar qadimgi qo‘lyozma manbalarda ko‘p uchraydi.Bu erda biz yuqorida zikr etilgan xurosonlik Malomatiya tariqatining ba’zi guruhlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishimiz mumkin. Mintaqada o‘zining butun islom olamida katta obro‘ qozongan nazariyotchilari ham bo‘lgan. Ular orasida Buxoro yaqinidagi Kalobod qishlog‘ida tug‘ilib, shu erda dafn etilgan Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al- Kalobodiyni (vaf. 990, yoki 995 y.) zikr etish o‘rinli. U shuningdek hanafiy faqihi sifatida ham mashhur. Uning islom olamidagi eng birinchi tasavvufiy asarlardan hisoblangan «at-Ta‘aruf li-mazhab ahl at-tasavvuf» nomli asari hozirga qadar ilk musulmon tasavvufi sohasidagi ensiklopedik asar hisoblanadi. Asarda sufiylar qarashlari tizimi va ularning amaliyotlari ancha to‘liq bayon etilgan. Aynan shu asarda sufiylarning ba’zi qoidalarini islom me’yorlari bilan muvofiqlatirishga harakat qilinadi. Tasavvufning Markaziy Osiyoda (eng avvalo o‘zining an’anaviy tarixiy- diniy markazi – Movarounnahrda) tashkiliy jihatdan o‘zining asl ruhiy uslubi va
maxsus markazlar (zavviya, xonaqoh, ribot) doirasida o‘ziga xos tariqatlar ko‘rinishida shakllanishi kechroq, taxminan XII – XIII asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Ayni mana shu davrda mintaqada eng yirik tariqatlar paydo bo‘ldi, ular keyinchalik musulmon olamining katta qismiga tarqaldi, hozirgi davrda esa ular hatto G‘arbiy Evropa, YAponiya va AQSHda ham foaliyat yuritmoqda (bu erda so‘z Naqshbandiya/Mujaddidiya guruhlari haqida bormoqda). Hozirda ham amaliy va nazariy tarixi o‘rganilayotdan bunday ilk tariqatlardan biri Kubraviya tariqatidir. Bunday nom uning asoschisi Najm ad- Din Kubro nomidan olingan (1145-1221; to‘liq nomi: Ahmad ibn ‘Umar).U
o‘rgangan. U uzoq vaqt sayohat qilgan (Misr, Eron) va tasavvuf ilmi bilan yaqindan tanishgan. Uning sufiy ustozlaridan eng mashhuri Ismo‘il al-Kisriy (vaf. 1193 y.)dir. Kubro vatani Xorazmga qaytgach, o‘sha davrdagi poytaxt Gurganj (hoz. Kuhna Urganch, Turkmaniston) da o‘zining xonaqohi va keyinchalik Kubraviya deb nom olgan tariqatiga asos soladi. An’anaga ko‘ra, Najm ad-Din Kubro Gurganjni mug‘ullardan himoya qilish vaqtida qo‘lida qurol bilan shahid bo‘lgan. Kubraviya ta’limotining aqidasi – sunniylik talablariga amal qilishdir. Ular maslaklarining nazariy asosini koinotning «ikki bosqichli» – kichik olam va katta olamdan tuzilganligi haqidagi qoida tashkil qiladi. Ularning birinchisi «quyi olam»ga tegishli bo‘lsada, lekin oliy borliqni, ya’ni katta olamni o‘zida aks ettiradi.Bu ta’limotga ko‘ra, inson kichik olamning asosiy qismini tashkil qiladi va Allohning ba’zi sifatlarini o‘zida aks ettira oladi yoxud oliy borliq haqidagi tasavvurlarni qabul qila oladi, biroq ularni o‘zida anglay oladigan kishi bu faqat sufiy, bevosita shayx qo‘l ostida tasavvuf yo‘liga ergashgan kishidir. Kubraviyada «tasavvuf yo‘lida yurish» qator murakkab ruhiy-jismoniy mashqlardan, qat’iy ro‘za tutib va xilvatga chekinib, shayxning ixtiyoriga to‘liq bo‘ysungan holda Allohning go‘zal ismlariga (al-asma‘ al-husna) doimo fikrni jamlashdan iborat. Yo‘lning o‘zi esa, sufiylarga shaffof rangli nurlar ko‘ringan paytda ularning ma’lum bir holdan boshqa holga o‘tishini ifodalaydi.Sufiyning ruhi belgilangan hissiyot va poklanish (maqomot) bosqichlarini bosib o‘tishi lozim, Haqqa etishish paytida esa, sufiy (qora nurni ko‘rish bilan) Allohning marhamatiga sazovor bo‘ladi. Kubraviyada bajariladigan amallarga muvofiq tarzda Sulukni o‘tash chog‘ida sufiy bo‘ysunishi shart bo‘lgan 10 qoida ishlab chiqilgan: 1. Tavba – dunyoviy hayoti davomida o‘z «Men»ligidan xalos bo‘lish; 2. Zuhd fi-d-dunya – dunyodan va molu mulkdan voz kechish; 3. Tavakkul ala-l-Lloh – barcha ishda Allohga tayanish va dunyoviy ishlardan yuz o‘girish; 4. Qana’at – oz, faqat tiriklik uchun etarli narsalar bilan qanoatlanish; 5. Uzlat – to‘g‘ri va ruhiy ma’noda yolg‘izlik; faqatgina shayx bilan muloqot qilishga ruxsat berilgan; 6. Download 365.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling