13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja


Download 365.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana05.01.2022
Hajmi365.23 Kb.
#219571
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4OmeKkG6GQJEaRJ65C14gkijjvLRS6oO

Mulozamat az-zikr –  Alloh  nomini doimiy ravishda  ixlos bilan  yod etish (zikr), 

bu zikr qalbni poklaydi; 7. Tavajjuh ila-l-Lloh – butun borliq bilan to Allohning 

yagonaligini  qalb  bilan  his  etmagunicha  Unga  yuzlanish;  8.  Sabr  –  tasavvuf 

yo‘lining  qiyinchiliklarini  sabr  bilan  ado  etish;  9.  Muroqaba  –  dunyoviy 

istaklardan  poklangan  qalbga  mutlaq  osoyishtalik  etmagunicha  o‘z  o‘zini 

nazorat qilish; 10. Rido – barcha jismoniy hissiyotlardan, hatto o‘zining Allohga 

bo‘lgan  sevgisidan  qanoatlanishdan  ham  xalos  bo‘lish,  bundan  jismoniy  yoki 

shaxsiy tuyg‘ular yo‘qolib, Allohning alohida marhamatiga aylanadi. 

Kubraviya  ta’limoti  mo‘g‘ullar  istilosiga  bardosh  bergan  kam  sonli 

ta’limotlardan biridir. Qolaversa, Sayf ad-Din Boxarziy (1363 y. Buxoroda vafot 

etgan.)  kabi  kubraviya  shayxlari  boshqa  ko‘plab  shayxlar  qatori    mo‘g‘ul 

qabilalari 

va 

ular 


hukmdorlarining 

islomlashuviga 

katta 

ta’sir 


ko‘rsatganlar.Kubraviyaning  mo‘g‘ullardan  keyingi  tarixi  ancha  murakkab. 

Tariqat bir necha mustaqil shahobchalarga bo‘linib ketdi va Xuroson, Eronning 

ichki mintaqalari, Hindiston, Xuttalon (hoz. Tojikiston)ga tarqaldi. 

Movarounnahr va Xorazmda tariqatning alohida shayxlari to XVI asrning 

boshlarigacha  hukmron  sulolalar  vakillaridan  muridlarga  ega  bo‘lgan  holda 

faoliyat  olib  borganlar.  Masalan,  mashhur  kubraviy  shayx  Husayn  al-

Xorazmiyga SHayboniylar sulolasidan bo‘lgan hukmdor Ubaydulloh xon murid 

bo‘lgan, u o‘zining ruhoniy ustoziga atab she’rlar bitgan. Xuddi shu shayx bilan 

mashhur Mirzo Zahiriddin Bobur ham ruhoniy aloqada bo‘lgan. XIX asrga kelib 

bu tariqatning ahamiyati va roli pasayib ketdi. Faqatgina manbalarda o‘zlarining 

tariqat asoschisiga mansubliklarini e’lon qilgan ba’zi shayxlar (masalan, Buxoro 

yaqinidagi Saktor mintaqasi) haqida ma’lumotlar beriladi. 

Xuddi  shuningdek  Markaziy  Osiyoning  yana  bir  mashhur  tariqati 

Naqshbandiya  va  uning  oldingi  shakli  Xojagonning  tarixi  ham  murakkab  va 

munozarali.Xojagon tariqatining asoschisi Abd al-Xoliq G‘ijduvoniy (vaf. 1182 

yoki  1220  y.)  hisoblanadi.  U  keyingi  davr  tasavvuf  an’anasiga  ko‘ra  mashhur 

xurosonlik  shayx  Yusuf  al-Hamadoniyda  (vaf.  1140  y.)  ta’lim  olgan.Ayrim 

olimlar  (xususan,  V.Madelung)  ushbu  (XV  asrdan  keyin  paydo  bo‘lgan) 

ma’lumotga (agar uning vafotining manbalarda eng ko‘p uchraydigan   ikkinchi 

sanasi qabul qilinadigan bo‘lsa), eng asosiysi, ilk manbalarning ushbu ikki shayx 

orasidagi “aloqalar” haqida mutlaqo sukut saqlagani e’tiborga olinadigan bo‘lsa, 



“ustoz” va “shogird”  yoshlari o‘rtasidagi  farqning ancha kattaligiga asoslangan 

holda shubha bildiradi. 

 

Ehtimol,  bunday  “aloqa”ga  da’vogarlikning  sababi  tariqatni  eng  ko‘zga 



ko‘ringan  shayxlar  vositasi  bilan  Payg‘ambarga  bog‘laydigan  va  tariqatning 

o‘ziga xos qonuniyligini tasdiqlaydigan  ruhiy silsilaga muhtoj bo‘linganligidir. 

Qolaversa,  tariqatning  o‘ziga  tegishli  yozma  an’ana  xronologik 

nomuvofiqlikni  e’tiborga  olmagan  holda,  tariqatdagi  bunday  aloqalar  va 

silsilaning  haqiqiy  ekanligi  haqida  qat’iyat  bilan  gapirishidan,  bu  narsa  hech 

qachon shubha tug‘dirmaganga o‘xshaydi. 

Abd al-Xoliq G‘ijduvoniy haqida ko‘p narsa ma’lum emas, buning asosiy 

sababi,  asosan,  uning  yoki  uning  eng  yaqin  shogirdlari  davrida  yozilgan 

ishonchli  manbalarning  mavjud  emasligidadir.  Tariqatning  ancha  kech 

manbalari xabariga ko‘ra, u asosan o‘z ona qishlog‘i G‘ijduvonda (hoz. Buxoro 

vil.)  yashagan  va  Xurosonning  ilk  tasavvuf  tariqati  bo‘lgan  Malomatiyaning 

ayrim g‘oyalarini qabul qilgan. 

Ko‘rinishidan,  ushbu  maktabning  holati  G‘ijduvoniyga  kuchli  ta’sir 

ko‘rsatgan.  Uning  bizgacha  etib  kelgan  (aftidan  keyinroq  qayta  ishlangan) 

«Vasiyat»ida  o‘z  izdoshlariga  qaratilgan  so‘ng  darajada  zohidlik,  hukumat 

vakillari  bilan  hatto  so‘zlashmaslik  («sultondan  xuddi  sherdan  qo‘rqqandek 

qo‘rq»),  barcha  dunyo  ne’matlaridan,  shuningdek,  boylik  to‘plashdan  voz 

kechish,  hatto  suluk  yo‘lidan  chalg‘itadigan  tirikchilik  ishlari  bilan  ham 

shug‘ullanmaslikka,  Allohning  irodasiga  tayangan  holda  (tavvakkul)  doimo 

Allohni yod etish (zikr) va boshqalarga chaqiriqlar mavjud. 

G‘ijduvoniy  o‘z  shogirdlariga  ta’lim  bergan  zikr  Allohning  nomlari  yoki 

«La ilaha illa-l-Lloh» kalimasini ichda maxfiy (botin, xafiy) eslashni o‘zida aks 

ettirgan.  

G‘ijduvoniy  tomonidan  ishlab  chiqilgan  amaliy  qoidalar  8  ta  bo‘lib, 

ulardan  birinchi  beshtasi  eng  asosiylari  hisoblanadi:  1.  Hush  dar  dam  –  o‘z 

ishlari  va  harakatlarida  ogoh  va  ehtiyotkor  bo‘lish,  har  bir  nafasining  Allohni 

doimiy  yod  etib  qilinadigan  zikrga  mos  bo‘lishini  nazorat  qilish; 2.  Nazar  bar 

qadam – har qadamda ogoh bo‘lish. Bunday majoziy tavsiya dunyo istaklaridan 

xoli  bo‘lish,  ko‘zni  o‘z  oyog‘iga  tikish  va  nomaqbul  narsalardan  tiyilish    va 

doimiy  sukutda  bo‘lishni  ta’minlaydi.  3.  Safartdar  vatan  –  so‘zma-so‘z  «o‘z 

yurtida,  vatanida  safar  qilmoq».  Ushbu  tavsiya  ham  majoziy  ma’noga  ega 

bo‘lib,  uni sharhlovchilarning aytishlaricha, bu qoida  yomon sifatlardan  yaxshi 

sifatlar tomon sayr qilmoqni, yomon yo‘lboshchidan – yaxshisi tomon bormoqni 

anglatadi. Keyingi davr mualliflari bu qoidaga aniqroq izoh beradilar, ya’ni o‘z 



vatanida  safar  qilmoq  va  o‘zi  yashab  turgan  er  urf  odati  va  dini  (shariati)  ni 

yaxshi  bilmoq;  4.  Xalvat  dar  anjuman  –  jamiyatda  yolg‘izlik.  Bu  qoida  

«solik»dan zohiran ko‘pchilik bilan, xalq ichida, bozorda, odamlar ko‘p joylarda 

bo‘lish, botinan esa Alloh yodi bilan yolg‘iz bo‘lish talab  qilinishini ifodalaydi. 

Boshqa  tariqatlar,  zohidlar  va  ilk  Xojagon  sufiylarida  amaliyotda    bo‘lgan 

«xalvat»  mana shu «xalvat dar anjuman» qoidasidan kelib chiqib ta’qiqlangan. 

Naqshbandiya  tarafdorlari  ushbu  qoidaga  Qur’ondan  asos  ko‘rsatadilar  (Nuh, 

24-37).  Mazkur  qoida  tariqatning  keyingi  asrlardan  to  bugungi  kungacha 

ijtimoiy va siyosiy jihatdan faollashuviga turtki bergan omil bo‘lib xizmat qildi; 

5.  YOd kard  – YOdda tutish.  Sufiy bir  on  bo‘lsa  ham  qo‘ymay,  Allohni doimo 

yodda tutishi lozim, zero bu botiniy poklanishning yagona yo‘lidir. 

Mo‘g‘ullar  istilosidan  keyingi  davrlarda  Xojagon  bu  darajada  mushhur 

bo‘lmagan,  uning  shayxlari  ham  faqat  Buxoro  atroflaridagina  faoliyat  olib 

borgan.  Tariqat  shuhratining  va  keyinchalik  jug‘rofiy  ta’sir  doirasining  ancha 

kengayishi  Buxoro  yaqinidagi  Qasri  orifon  qishlog‘ida  tug‘ilgan  Baxouddin 

Naqshband  (1318-1389)  davrida  yuz  berdi.  (Tariqatning  ikkinchi  nomi  - 

Naqshbandiya uning nisbasidan olingan). 

Baxouddin  Naqshband  Xojagon  qoidalariga  asosan  tariqatning  rasm-

rusum amaliyoti bilan bog‘liq yana uchta qoida qo‘shdi. Bu tariqat shayxlarining 

ko‘pchilik qismi musiqali maxsus raqslar (samo‘, raqs)dan uzoq bo‘lish va faqat 

tinch, ichki (xafiy) zikr bilan shug‘ullanishni afzal ko‘rganlar. 

Xojagon/Naqshbandiya  yo‘lining  nazariyasi,  uslublari  va  amaliyotini 

birinchi  bor  yozma  sharhlash  va  tushuntirib  berish  Baxouddin  Naqshbandning 

shogirdi  Muhammad  Porso  (vaf.  1419  y.)  tomonidan  bajarildi.  Baxouddin 

Naqshband  hayotiga  oid  birinchi  batafsil  biografiya  ham  Porso  qalamiga 

mansub. U bu asarda Baxouddin Naqshbandning «Xojagon yo‘li»ni shariat bilan 

muvofiqlashtirish borasidagi mehnatlarini ham tasvirlagan.  

Tariqat  tarixidagi  ramziy  shaxsiyat  –  Xoja  Ubaydulloh  Ahror  (vaf.  1489 

y.) tariqatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy mavqeini tubdan o‘zgartirib yubordi. 

U  birinchi  bo‘lib  tariqatning  siyosiy  faoligining  zarurati  («zamon  sultonlari 

bilan»  ruhiy  aloqa  «ularni  shariatga  bo‘ysunishga  chaqirishdir»),  ijtimoiy  va 

mehnat  faolligining  zarurligi  (Baxouddin  Naqshbandning  «Dast  ba-kor-u,  dil 



ba-Yor»  -  (Qo‘l  –  mehnatda,  qalb  –  Allohda)  shiorining  hayotiy  timsoli) 

g‘oyasini olg‘a surdi va asoslab berdi.  

Tariqat  a’zolarining  «qalbni  orttirilgan  boylikka  bog‘lamaslik»,  doimo 

qalb  zikri  bilan  shug‘ullanishni  unutmaslik,  shariat  hukmlariga  bo‘ysunish, 

xayriya  va  ehsonlar  qilib  turish  sharti  bilan  tijoratda  ishtirok  etishlari,  mulkdor 



bo‘lishlari  mumkinligi  g‘oyasi  ham  unga  tegishli  edi.  Misol  tariqasida,  tariqat 

a’zolari orasida Mavlono Jomiy (vaf. 1492 y.) va Alisher Navoiy (vaf. 1501 y.) 

kabi ko‘plab mutafakkir va shoirlarning bo‘lganligini eslash kifoya. 

 

 



 



Download 365.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling