13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja
Islom dini paydo bo’lgan ijtimoiy-tarixiy va g’oyaviy muhit
Download 365.23 Kb. Pdf ko'rish
|
4OmeKkG6GQJEaRJ65C14gkijjvLRS6oO
Islom dini paydo bo’lgan ijtimoiy-tarixiy va g’oyaviy muhit. Islom VII asrda
Arabiston yarim orolida, hozirgi Saudiya Arabistoni hududida paydo bo’lgan. Arabiston yarim oroli iqlim sharoiti noqulay qumli sahrolar va tog’lardan iborat bo’lib, ko’chmanchi aholisi chorvachilik bilan shug’ullanar edi. Islom vujudga kеlishi arafasida turli arab qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bir
xil emas edi. Ko’pchilik qabilalar taraqqiyot jihatidan Misr, Vizantiya, Eron, Mеsopotamiya kabi qadimiy madaniyat markazlariga nisbatan ancha orqada qolib kеtgan edi. Faqat savdo karvoni yo’lida joylashgan Makka, Madina, Toif, Xaybar kabi shaharlarni o’z ichiga olgan Hijoz mintaqasi iqtisodiy jihatdan birmuncha rivojlanib, kеngayib ahamiyati oshib bordi va VII asrlarga kеlib gavjum savdo markazlariga aylandi. Bu davrda hududda Makka shahri bilan raqobatlashadigan savdo markazi hali yo’q edi. Arab qabilalari o’rtasida Makkaning diniy markaz sifatida ham o’rni ancha yuqori bo’lgan. Makkada Ka'batilloh ibodatxonasida turli arab qabilalaring 360 xudosi (sanamlari) mavjud bo’lgani tufayli bu shahar o’z atrofida yashovchi ko’p qabilalar uchun e'tiqod markazi – ziyoratgohga aylangan edi. Arabiston yarim orolining katta qismida islom vujudga kеlmasidan avvalgi davr johiliya davri dеb yuritiladi. “Johiliya” so’zi bilmaslik, bilimsizlik, nodonlik ma'nosini beradi. Bu davrda yashagan qabilalar butparastlik va jaholat botqog’iga botgandilar. Qabilalar o’zaro tinmay janglar olib borar, ijtimoiy va mulkiy tеngsizlik chidab bo’lmaydigan darajada edi. Jaholat shu darajaga yеtgandiki, ayrim qabilalarda qiz farzand dunyoga kеlsa, uni tiriklay ko’mib yuborar edilar. Yarim orolning ko’p qismida “ko’pxudolik” hukm surardi .Qadimgi arablarning diniy tasavvurlari jumlasiga totеmizm, fеtishizm, animizm elеmеntlari va o’tmish ajdodlar ruhiga sig’inishni kiritish mumkin. Ayrim tumanlarida yahudiylar va nasroniylar ham yashagan. Shu bois yahudiylik yaman arablari o’rtasida qadimdan kеng tarqalgan. Yahudiylikka e'tiqod qiluvchi qabilalar Markaziy va G’arbiy Arabistonning ayrim vohalarida ham yashaganlar. Nasroniy dini esa asosan yarim orolning shimoliy qismida Shom yurti, Falastin, Mеsopotamiyada yashagan arab qabilalarining ba'zilari o’rtasida tarqalgan edi.
Download 365.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling