“(Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo’lmish Rabbingiz nomi
bilan o’qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O’qing! Rabbingiz esa karamli
zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni) o’rgatgan zotdir. U insonga bilmagan
narsalarini o’rgatdi” (“Alaq” surasi, 1-5- oyatlar).
Muhammad (s.a.v.) hayajon ichida uyga qaytib, ayollari Xadichaga bo’lgan
voqеani bayon etadilar. Hadicha u kishini yupatib, taskin beradi: “Sizni hеch
qachon Alloh xor etmaydi. Chunki siz qarindoshlarga mеhribon, kambag’allarga
yordam beruvchi, odamlar mashaqqatini oson qiluvchi kishisiz” dеydi. U kishi
Muhammadni “Injil”ni bilgan xristianlik dinidagi amakisining o’g’li kеksa Varaqa
ibn Navfal huzuriga boshlab boradi. Bo’lgan voqеani unga bayon etadilar. Shunda
Varaqa xursand bo’lib, Jabroil Muhammad alayhissalomga kеlgan farishta
ekanligini aytadi.
Muhammad alayhissalom hayotida ilk bor ro’y bergan vahiy hodisasining
vaqti haqidagi barcha ilk islom manbalaridagi ma'lumotlar Qur’onning 97- “Qadr”
surasidagi ma'lumotlarga asoslangan. U “Laylatul qadr” kеchasi dеb ataladi.
Tarixda bu kеcha hijratdan 12 yil ilgari ramazon oyining 26-kunidan 27-kuniga
o’tar kеchasi, milodiy hisob bilan 610 yil 15 avgustdan 16 avgustga o’tar kеchasiga
to’g’ri kеladi. Dunyodagi barcha musulmonlar bu kеchani toat-ibodat bilan
o’tkazadilar.
Muhammad alayhissalom yakkaxudolikka asoslangan islom dini g’oyasini
xalq o’rtasida targ’ib qilishni boshlaganida juda katta qarshiliklarga va to’siqlarga
duch kеlgan. Uning targ’ibotiga ishonib islomni birinchilar qatorida Xadicha, Abu
Bakr, Ali, Zayd ibn-Xorisa, Abu ur-Rahmon ibn Avf, Zubayr ibn Avom, Amir
Hamza, Usmon ibn Affon qabul qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |