13-mavzu. Islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi va islomlashuv jarayonining xususiyatlari
Download 170.76 Kb.
|
Markaziy Osiyoda fiqh. Bu mintaqada asosan, fiqhning Hanafiy maktabi rivojlangan. Xanafiy mazhabi bo‘yicha Abu Hanifaning shogirdi bo‘lgan Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (805 yilda vafot etgan)ning 6 ta kitobi – «Ishonchli yetkazilgan kitoblar» (Kutub zaxirat ar-rivaya) - eng kagga obro‘ga ega. Bu asarlardagi asosiy qoida, holat va xulosalarni keyinroq Abu-l-Fadl al-Marvaziy o‘zining «al-Kafi» asarida ko‘rib chiqdi. Bu Shams ad-Din as-Saraxsiy (1090 yilda vafot etgan) asarga «al-Mabsut» deb nomlanuvchi batafsil izohlarni tuzdi. Bu izohlar hanafiy mazhabi bo‘yicha eng ishonchli, nufuzli asarlardan biri deb tan olingan.
IX asrning o‘rtasidan boshlab, sunniy mazhabida al-fiqhni o‘tmishning faqatgina yirik huquqshunoslari al-ijtihodga haqli bo‘lganligi haqidagi g‘oya tasdiqlana boshladi. X asrning o‘rtasiga kelib esa, bundan buyon huquqiy yechimlarni hal qilishda uslublar tizimining yangi talqini paydo bo‘liish inkor etildi. Bu har bir faqih uchun muayyan mazhab ta’limotiga rioya qilish zaruriyatini asoslab berdi. Bu hodisa «at-taqlid» deb nomlandi. Shu paytdan boshlab fiqh ilmining rivojlanishi tan olingan mazhablar doirasida davom etdi. Fiqh bo‘yicha asosiy sunniy to‘plamlar hamma tomonlama mazmunga ega edi va u quyidagi asosiy bo‘limlarni o‘z ichiga olgan: tahorat, namoz, janoza, zakot, ro‘za, xaj, turli savdo, bitim va majburiyatlar, mulkka egalik qilish tartibi, vaqf, meros, nikoh, oila munosabatlari, turli huquqbuzarliklar, musulmon hukumatining musulmon bo‘lmaganlar hamda boshqa davlatlar bilan munosabatlari, sud va sud jarayoni, kiyim kiyish hamda ovqat yeyish qoidalari va hokazo. Arablar bostirib kelganidan so‘ng VIII asrni boshida Markaziy Osiyoda ikki yirik mintaqa tashkil topdi: Movarounnahr (arabchadan tarjima «daryo orti») xalifalikning chuqur islomlashgan muzofotlarini u o‘z ichiga oldi. Turklarning yerlari – hali islom dini yetib bormagan yerlar. Arablarning bevosita nazorati ostida bo‘lmagan ikkinchi mintaqada islomiylashtirish Movarounnahrdagi islomiylashtirishdan boshqacha kechdi. Masalan, arablarning to‘liq siyosiy ustuvorligi sharoitlarida markaziy Movarounnahr shaharlarini musulmon shaharlariga aylantirshi boshlandi. Markaziy Movarounnahr shaharlarida arablardan oldingi davrda hukmron sinf dini zardushtiylik edi, albatta markazlashtirilgan hokimiyat yo‘qligida davlat dini haqida so‘z ham yuritib bo‘lmas edi. Movarounnahr shaharlaridan o‘z iqtisodiy va madaniy mohiyati bo‘yicha 2 ta markaz, ya’ni Buxoro va Samarqand ajralib turadi. Zamonaviy Buxoro shahriga yaqin joylashgan qishloq arab geograflari ma’lumoti bo‘yicha Numejkas deb nomlanar ekan. R. Fray fikricha, Buxoro o‘ziga yaqin shaharlar ichida arab bosqinchiligidan oldinroq, ya’ni VII asrni oxirida birinchi o‘ringa chiqqan edi. Arablar asosiy harbiy kuchlarini joylashtirish uchun Buxoroni tanlashdi, bu shahar Amudaryodan keyingi muhim hududda joylashgan edi. Bu yerdan Nasaf va Kesh, Xorazm vohasi Samarqand so‘g‘dini nazorat qilish mumkin edi, Xuroson provinsiyasidagi asosiy arab fors posti bo‘lgan Marvgacha yaqin edi. Mo‘g‘ullardan keyingi, davrda sunniylikning tiklanivdi temuriy Shohruh (1409ql447 yillar) davrida kuzatildi. Bunda davlat poytaxti Samarqand shahridan Hirotga 1409 yilda ko‘chirildi. Bu jarayon avvalambor, madrasalar tarmog‘i, xususan, 1411 yilda u barpo etgan Hirotdagi Madrasa, xonaqolar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Download 170.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling