13-mavzu. Islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi va islomlashuv jarayonining xususiyatlari


Download 170.76 Kb.
bet9/26
Sana28.12.2022
Hajmi170.76 Kb.
#1022430
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Asosiy manbalar. Biz uchun ratsionalistik teologiya (ka­lom) va huquqshunoslik (fiqh) bo‘yicha asarlar alohida ahamiyatga ega. Teologik asarlarning qismi hanafiy muallimlari man-subdir, bular: Abu Hanifaning «al-Fiqh al-akbar», «al-Vasoyo», «Kitob al-olim va-l-mutaallim», Xo‘ja Muhammad Porsoning «Sharh al-fiqh al-akbar» asari, Hypuddin as-Sobuniyning «al-Kifoya» va «al-Bidoya» asarlari, Abu-l- Mu’iyn an-Nasafiyning «Tabsirat al-adilla» va «at-Tamhid li-qavoid at-tavhid» asarlari, Abu Shakur as-Solimiy al-Keshiyning «at-Tamhid fi bayon at-tavhid», hamda Hofizuddin Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiyning «al-Umda» asarlaridir. Boshqa qismiga esa shofei’ylar asralari kiradi, bular: Abd Alloh bin Umar al-Badaviyning «Tavalliy al-anvor min matali al-anzar» asari, Adud ad-Din al-Ijiyning «Kitob al-mavoqif fi ilm al-kalam» asari hamda Ibn Furroq al-Isfahoniy va Abu Is’hoq al-Isfaraining asarlaridan iboratdir.
Mo‘g‘ullardan keyingi davrdagi fiqhda keng ilmiy asarlar o‘rniga hajmli darsliklarni yaratish tamoyili kuzatiladi. Bunday qo‘llanmalar sifatida al-Mahbubiyning «Viqoyat ar-rivoya», Ubaydulloh ibn Ma’sud al-Mahbubiyning «Sharh al-viqoya» va «an-Nuqoya» asarlari hamda Lutf Alloh an-Nasafiy­ning «Fiqh al-Kaydoniy» asarini, unga Xo‘ja Muhammad Parso izoh yozib bo‘lganligini aytib o‘tish mumkin. Umuman olganda, furu’ al-fiqh sohasida hanafiy asarlari imom ash-Shofe’iy izdoshlari asarlarida ustuvorlik qiladi (deyarli hamma asar­lar mazkur mazhabga tegishlidir). Hadisshunosliqda esa buning aksini kuzatish mumkin. Hadislarning ko‘p sonli to‘plamlari ichida hanafiylarning atigi 2 tagina asari mavjud - bular: Abu Alloh as-Subuzmuniyning «Kashf al-osor» (Abu Hanifaning «Musnad»i) va al-Xorazmiyning «Jomi al-masonid» asaridir. Yetkazib beruvchilar zanjiridan (asonid) hamda asarlar ro‘yxatidan ko‘rinib turganidek, oliy diniy ta’limotning yangi holatlari shakllanishiga mazkur va avvalgi avlodga mansub ulamolar ta’sir etdi: hanafiy va shofe’iy huquqi mutaxassisi bo‘lgan Sa’duddin Mas’ud at-Taftazoniy, (792 yilda vafot etgan) falsafaning hanafiy bilimdoni as-Sayyid ash-Sharif al-Jurjoniy (816 yilda vafot etgan), Shamsuddin al-Jazariy, Adud ad-Din al-Ijiy (756 yilda vafot etgan), Sirojiddin Umar ibn Ali al-Qazviniy (745 yilda va­fot etgan), Xo‘ja Porso va boshqalar shular jumlasidandir.
Qo‘lyozma kitoblarning zamonaviy to‘plami tarkibiga nazar solsak, ularning o‘rganilayotgan fan va asarlar ro‘yxati mazkur davrda shakllangan o‘quv qo‘llanmalarining asosiy qismini tashkil etadi va bu ro‘yxat hamda tarkib XX asrlar boshlarigacha saqlanib qoldi.
Movarounnahrning mahalliy shahar aholisi ichida hanafiy ulamolarining muvaffaqiyati va uzoq davom etgan ta’siri ularning murjidlarni ilk islom diniy siyosiy harakati faoliyatini bevosita davom ettirganliklari bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, ilk islom Buxoroda arab bosqinchilari o‘z ustuvorliklarini uzoq vaqt saqlab qolishga hamda mahalliy aholining huquqlaridan har tomonlama chekinishga intilishgan. Hanafiylar murjidlar kabi mahalliy shahar aholisining yangi jamiyatda teng huquqli bo‘lishi uchun kurash olib borgan.

Download 170.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling