O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 0.67 Mb.
|
Jurjoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022 yil MUNDARIJA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI MUSTAQIL ISH Fan: Falsafa Mavzu: Ismoil Jurjoniyning tabiiy ilmiy va falsafiy qarashlari BAJARDI: TOSHMURODOVA G. TEKSHIRDI: TO‘XTAYEV X. 2022 yil MUNDARIJA Reja:
Kirish 2. Mir Sayyid Sharif Jurjoniy hayoti 3. Jurjoniyning ilmiy qarashlari 4. Jurjoniyning falsafiy qarashlari 5. Sharq falsafasida allomaning tutgan o‘rni 8. Xulosa 9. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Sharq madaniyatining yana bir atoqli allomasi Mir Sayyid Sharif Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida tug'ilgan. Jurjoniy Istambul, Qohira, Xirot, Sheroz shaharlarida bo'lib, ulardagi olimlardan ilm sirlarini o'rganadi. 1387-yildan boshlab Samarqand madrasalarida mantiq, falsafa, falakiyot, fiqh va adabiyot, munozara ilmi va boshqalardan dars beradi. Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo'lib, ularning aksariyati mantiq, fiqh, falsafa va tabiatshunoslikning muhim muammolariga bag'ishlangan. Olimning «At-ta'rifot» («Ta'riflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara olib borishning qoidalari haqida risola»), «Suqro» («Kichik dalil bo'la oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil bo'la oladigan hukm»), «Avsat dar mantiq», («Mantiqda o'rta xulosa»), «Risolayi vujudiya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chaqminiy va Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi ma'lum. Umuman olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va mantiqiy qarashlari ilm-fan rivojida katta hissa bo'lib qo'shildi va keyingi davrlarda yashagan mutafakkirlarning dunyoqarashiga samarali ta'sir ko'rsatdi. Zayniddin Аbul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy ulugʼ olim va zamonasining eng mashhur tabiblaridan biri hisoblanar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Zahiriddin Аbul Hasan Bayhaqiy oʼzining «Tatima sifon al-hikma» («Donolik xazinasiga qoʼshimcha») asarida Ismoil Jurjoniy haqida shunday yozadi: «Men u kishini 531 hijriy (1136 milodiy) yilda Saraxsda keksalik chogʼlarida koʼrgan edim. Yer yuzining adolatpesha hukmdori Xorazmshoh Otsiz ibn Muhammad uni bir necha muddatga Xorazmga taklif etgan edi. Xorazmda boʼlgan vaqtida u «Аl-Xuffayi al-aʼloiy» («Poyalarning yuqori qismi»), «Аt-Tibb al-mulukiy», «Kitob az-zahiraye Xorazmshohiy», «Kitob al-ahrod» («Hasad tufayli kelib chiqadigan kasalliklar»), «Kitob yodgor» («Esdalik kitobi»), «Kitob fi rad alal falosafa» («Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi»), qozi Аbu Said Shoriʼiyga bagʼishlab «Kitob tadbir yaum va laylat» («Kecha bilan kunduzning almashinishi haqida kitob»), «Kitob vasiyatnoma» va boshqa tabobat hamda falsafaga doir asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari sevib oʼqilganidan tez orada jahonga mashhur boʼldi. Muhtaram kishilardan eshitishimcha, u kishi ochiq chehrali, xushmuomala, tabiatan saxovatli shaxs ekanlar» Ismoil Jurjoniy 1042 yilda Jurjon shahrida tugʼilgan boʼlsa ham, umrining koʼp qismini Xorazmda oʼtkazganligidan Zayniddin Аbul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy deb ulugʼlanar edi. Jurjoniy Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad ibn Аnushtagin (1097—1127) va uning oʼgʼli Аlouddavla Otsiz (1127—1156) saroyida xizmat qildi. Jurjoniy oʼz davrida qadimgi yunon tabobati vakillari Galen, Gippokrat, shuningdek, oʼzidan oldin oʼtgan Аbu Bakr Roziy va ayniqsa, ibn Sino asarlarini chuqur oʼrgandi. Tabobat ilmidan tashqari boshqa ilm sohalarida ham mashhur boʼlganligidan unga oyiga ming dinordan maosh tayin qilingan edi. Ismoil Jurjoniy oʼzining tabobatga bagʼishlangan eng yirik asari «Zahiraye Xorazmshohiy»ni 1110 yilda yozib tugatdi va uni Xorazmshoh Kutbiddinga bagʼishladi. Otsizning buyrugʼiga koʼra, bu asarning qisqartirilgan nusxasini 1113 yilda «Аl-Xuffayi al-Аʼloiy» nomi bilan yozib tugatdi. Аsar hammaga tushunarli fors tilida yozilgan boʼlib, harbiy yurishlar va sayohatlarda ham har kim etigi qoʼnjiga solib yurishiga (etigxuff) qulaylik yaratish maqsadida shunday qilindi. «Zahiraye Xorazmshohiy» oʼn kitobdan iborat boʼlib, keyinchalik unga «Dorisozlikka oid kitob» («Qorabodin») qoʼshildi. Ismoil ibn Hasan Jurjoniyning «Zubdatut tib» asari qoʼlyozmasi Birinchi kitob umumiy nazariy masalalarga bagʼishlangan boʼlib, unda tabiat va koinot haqidagi qarashlar bayon etiladi. Inson organizmining birlamchi aʼzolarini tashkil etgan unsurlar, mijoz, toʼrt suyuqlik, badanning har bir qismining nimalarga qodirligi haqidagi taʼlimot va shu munosabat bilan tabobatning fan sifatidagi vazifalari haqida gapiriladi. Ikkinchi kitobda sogʼliq va kasalliklar haqidagi taʼlimot, ularning turlari, namoyon boʼlish belgilari, tomir urishiga qarab kasallikni aniqlash toʼgʼrisida soʼz yuritiladi. Uchinchi kitob sogʼliqni saqlash, bunda atrof-muhitning taʼsiriga, yaʼni havo, maskan, suv, oziq-ovqat, ichimlik, uyqu, bedorlik, harakat va osoyishtalikka bagʼishlangan. Bu kitobda bolalar, qariyalar, safardagilar uchun alohida-alohida qoidalar bayon etilgan. Toʼrtinchi kitobda kasallikni kanday kechishi mumkinligini belgilash, qaysi paytlarda eng ogʼir holatlarga tushib qolish, ulardan qutulish muammolari haqida gap boradi. Beshinchi kitobda bezgak kasalining paydo boʼlish sabablari, uning belgilari, davolash tarzi bayon etilgan. Oltinchi kitobda inson aʼzoyi badanining har xil joylarida paydo boʼladigan kasalliklar, ularni davolash usullari tahlil etilgan. Yettinchi kitob rak kasalliklariga, yaralar, shishlar, suyak chiqishlari va sinishlariga bagʼishlangan. Sakkizinchi kitobda pardoz-andozlar, oʼziga oro berishlar haqida gap boradi. Toʼqqizinchi kitobda zaharlar va unga qarshi davolash usullari haqida hikoya qilinadi. Oʼninchi kitob davosizlikka bagʼishlangan. «Zahiraye Xorazmshohiy» oʼz vaqtida omma orasida keng tarqalgan tabobat sohasidagi eng mashhur asar boʼlganligidan jahon kutubxonalarining koʼpchiligida uning qoʼlyozmalari hamon saqlanib kelinmoqda. XII asr muallifi vatandoshimiz Аruziy Samarqandiy bu asarni buyuk olimlar Jolinus, Roziy, ibn Sino va boshqalarning shu sohadagi kitoblari qatoriga qoʼygan. Bu asar hatto yahudiy tiliga tarjima qilingan edi. XVI asrda esa Аbul Fadl Muhammad ibn Idris Daftariy uni turk tiliga tarjima qilgan. Maʼlumki, Sharq olimlarigina emas, balki XVIII asr oxirigacha yashagan Ovroʼpo olimlari ham barcha borliqning asosida toʼrt unsur, yaʼni tuproq, suv, havo va olov yotadi deb bilishgan. Ismoil Jurjoniy ham inson tanasi mazkur toʼrt unsurdan tashkil topganini, u sababsiz kasallikka chalinmasligini qayd etadi. Kasallik sababi esa, yuqorida zikr etilgan bir-biriga qarama-qarshi boʼlgan toʼrt unsur muvozanatining buzilishindan kelib chiqadi. Shuning uchun ham Jurjoniy tabobatni malaka hosil qilish yoʼli bilan qoʼlga kiritiladigan fan deb hisoblaydi. Ismoil Jurjoniy fikricha, isbot va tafakkur vositasida hosil qilingan narsa ilm deb ataladi. Ilm ham oʼz navbatida ikki xil boʼladi: nazariy va amaliy. Nazariy ilmlarga adabiyot, mantiq, riyoziyot kirsa, amaliy ilmlar oʼz ichiga mexanika, tikuvchilik va boshqa qoʼl ishlari, hunarmandchilikni qamrab oladi. «Tabobat ilmi esa, ayni holda ham nazariy va ham amaliy ilmlardan tashkil topadi». Tabobat ilmidan kuzatilgan maqsad tanani butunliqda — sogʼlomliqda ushlab turishga tibbiy tadbirlar qoʼllash yoʼli bilan erishmoqdir. Bunday holat bemor kishilarning va ularni davolovchi tabiblarning vujudga kelishiga sabab boʼladi. Tabiblar esa, tabiatning barcha siru asroridan boxabar boʼlishlari lozim. Maʼlumki, tabiatning eng buyuk moʼʼjizasi — bu insondir. Shuning uchun ham bu moʼʼjizaning nimadan tarkib topganini bilish — uni davolashning kalitidir. Ismoil Jurjoniy fiqricha, hayvonot olamining ham oʼz mizoji bor, ammo insondagi mizojgina moʼʼtadildir. Bunday natijaga Ovroʼpo olimlari XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlaridagina erishdilar. Ular butun inson badanida boʼladigan kimyoviy jarayonlar, uning ona qornida paydo boʼlishidan boshlangan oʼzgarishlar, tugʼilgandan keyingi hayotiy yoʼli: chaqaloqligi, oʼspirinligi, yoshligi, keksaligi, qarilik va oʼlim bilan yakunlanadigan hayotiy bosqichlaridagi har bir hujayralarning paydo boʼlishi, zavolga yuz tutishi, bir tomondan asab tizimining daholati sababli yuz bersa, ikkinchi tomondan, badan aʼzolariga maʼlum mijoz (temperament)ga ega boʼlgan harmonlarning aralashishi oqibatida yuz berishini aniqladilar. Harmonlarning kishi jismiga, ruhiyatiga taьsiri oshkora bilinib turadi. Gʼariza (instinkt) va hayajon, feʼlu atvor va mizojlar harmonlar taʼsiri vositasida namoyon boʼladi. Hozirgi paytda issiq, sovuq, nam va quruq mizojli insonlarning boʼlishligi ishonchli dalillarga asoslangan ilmiy haqiqat sifatida tan olingan. Chunki ularning manbai asab tizimi, ichki harmonlar amaliyotida ekanligi isbotlangan. Ismoil Jurjoniy kishilar mizoji ularning umrlari davomida oʼzgarib turishligini va oʼlimining tabiiyligini ilmiy jihatdan sodda va ravon tilda tushuntirdi. Insonlar umrini u toʼrt davrga boʼladi: Birinchi davr — tugʼilish, oʼsish va parvarishlash bosqichi boʼlib, 15—16 yoshgacha boʼlgan vaqtni oʼz ichiga oladi. Ikkinchi davr — yoshlik va yetuklik boskichi boʼlib, 30 yoshgacha boʼlgan vaqtni oʼz ichiga oladi. Bundan keyin jismonan oʼsish va ulgʼayish davri boshlanadi. Baʼzilarda oʼsish va ulgʼayish yoshi 35 yoki 40 yoshgacha ham davom etishi, shu yoshgacha boʼlgan umrni yoshlik davri deb hisoblash mumkin. Uchinchi davr — moʼysafidlik bosqichi, bu davrda inson to 60 yoshga yetguncha yoshlik quvvatidan bahra olib yashashi mumkin boʼladi. Toʼrtinchi davr — kishi umrining qarilik davri boʼlib, bunda quvvatning susayish holati kuzatiladi va bu jarayon umrning oxi-rigacha davom etadi. Qarilikning fazilati shundaki, baʼzilar 60 yosh yashaydi, baʼzilar esa yana oʼspirinlik, yoshlik va moʼysafidlik yillari qancha davom etgan boʼlsa, oʼshanga teng keladigan vaqtgacha yashab, 120 yoshga kirishi mumkin. Kishilar bolalik davrlaridan to yetuklik yoshiga yetgunlariga qadar issiq va nam mizojga, yetuklik yoshidan soʼng esa issiq va quruq mizojga ega boʼladilar; 35 yoshdan keyin bunday holat kamayadi. Ismoil Jurjoniyning koinot va inson haqidagi ilmiy mulohazalari voqelikdan olingan manbalar asosida shakllangan boʼlib, u insonning tabiiy ehtiyojlari cheksizligidan kelib chiqadi va ularni qondirishni aqliy yoʼl bilan chegaralashni yagona chora sifatida targʼib etadi. Uning fikricha, haqiqiy lazzat jismoniy huzur-halovatda, toʼkin-sochin hayot kechirishda emas, balki akdiy va maʼnaviy kamolotga erishishdadir. Narigi dunyodagi behisht, jannat huzur-halovatlarini ruhiy, aqliy orom olishlikda deb tushunadi. «Zahiraye Xorazmshohiy» asarini tugatgandan soʼng Jurjoniy Marv shahriga keladi. Bu paytda Marv shahri Sulton Sanjarning poytaxti hisoblanar edi. Sulton Sanjar unga katta iltifot va izzat-ikrom qoʼrsatganligi sababli Jurjoniy umrining oxirigacha shu yerda yashadi. Bu yerda hadis ilmida Аbul Qosim Qushayriy bilan muloqatda boʼldi, tabobat sohasida esa mashhur tabib ibn Аbi Sodiq bilan hamkorlik qildi. Bundan tashkari Iroq, Fors va Xuziston tabiblari bilan, ibn Sinoning baʼzi shogirdlari bilan hamsuhbat boʼldi. Umrining oxirigacha Marv madrasalarida bir necha fanlardan dars berdi. Yoqut Hamaviyning «Mujam ul-buldon» asarida keltirilishicha, Ismoil Jurjoniy Marvda hijriy 531 (1136) yilda vafot etdi. Ismoil Jurjoniyning ilmiy merosidan foydalanish keyingi asrlarda ham samarali davom etdi. Sohibqiron Amir Temur tomonidan Samarqandning shon-shuhratini oshirish va uni jahon ilmiy markazlaridan biriga aylantirish niyatida o’z poytaxtiga to’plagan olimlaridan biri Mir Sayyid Sharif Jurjoniydir. Jurjoniy 50 dan ortiq asar yozgan bo’lib, ular fanning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan edi. Jurjoniy bilish nazariyasi va mantiqqa doir “At-ta’rifot” (“Ta’riflar”), “Usuli mantiqiya” (“Mantiq usuli”) va ilmiy bahs faniga bag’ishlangan “Odob ul-munozara” (“Munozara olib borishning qoidalari haqida risola”) kabi arab tilida yozilgan asarlarning muallifi hamdir. Bundan tashqari Jurjoniyning fors tilida yozilgan mantiqqa oid bir necha asarlari ham bizgacha yetib kelgan. Bulardan “Sug’ro” (“Kichik dalil bo’la oladigan hukm”), “Kubro” (“Katta dalil bo’la oladigan hukm”), “Avsat dar mantiq” (“Mantiqda o’rta xulosa”) va boshqalarni ko’rsatib o’tish mumkin. Uning “Sharhe faroize Sarojiya” (“Meros bo’lish majburiyatlarining Sarojiy ta’rifiga sharh”) asari huquqshunoslik masalalariga bag’ishlangan bo’lib, faqih Sajovandiy asarlariga javob tariqasida yozilgan. Jurjoniy dunyoqarashi, undan oldin o’tgan salaflarinidek, o’rta asrlardagi butun falsafiy masalalarni, chunonchi, borliq haqidagi ta’limot, koinot jumboqlari, modda va uning shakllari, jonsiz va jonli dunyoning xususiyatlari, jismoniy va ruhiy munosabatlar, bilish muammolari, mantiqiy fikrlash ta’limoti, til va tafakkur aloqalari va boshqalarni o’z ichiga oladi. Jurjoniy fikricha, vojib ul-vujud xudo bo’lib, mumkin ul-vujud moddiy olamdir. U borliqning birinchi sababi sifatida vojib ul-vujudni, ya’ni xudoning borligini tan oladi. Uningcha, mumkin ul-vujud o’zining bor bo’ishi uchun qandaydir tarzda bo’lsa ham, biror-bir sababga ehtiyoj sezadi. U biror-bir narsa tufayli, ya’ni birinchi sabab mohiyatiga ko’ra, mumkin ul-vujud darajasiga ko’tariladi. Jurjoniy fikricha, hamma jismlar bir-biriga bo’lgan o’zaro munosabatda sababoqibat nisbatida bo’ladi. Jurjoniy falsafasida moddiylik g’oyalarigina emas, balki dialektik yondoshuv ham mavjud. Uning fikricha, moddiylikdan xoli bo’lgan bo’sh joy yo’q. Mutafakkirning gnoseologik qarashlari uning borliq haqidagi va mantiqiy qarashlaridan kelib chiqqan holda shakllangan. Jurjoniy bilishda ratsional tomondan yondoshuvchi faylasuflar qatoriga kiradi. Bilish muammolarini yechishda Jurjoniyga uning tibbiyot, matematika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlar doirasidagi chuqur bilimlari katta ta’sir ko’rsatgan. Jurjoniyga ko’ra, inson bilishga intiluvchi subiekt bo’lib, harakat qiladi, tabiat esa, bilim obyekti v azifasini bajaradi. U dunyoni bilish mumkinligiga qattiq ishongan. Jurjoniyning fikricha, birlamchi narsalar mavjuddir, shunchaki inson hissiyotiga ta'sir etishi tufayli ro'y beradigan hodisa narsalarning ideal shakli emas: “Biz dastlab narsalarni sezgi a’zolarimiz bilan bilib olamiz, so’ngra shunchaki hissiyotlarimiz orqali tasavvur qilamiz” Izlanishimiz natijasida shu narsa ayon bo’ldiki bilish, Jurjoniyga ko’ra, obyektiv mavjudlik hissiy tasavvur etishidan boshlanadi. U insonni tashqi olam bilan bog’lab turuvchi hissiyotlarni 5 turga bo’ladi, ya’ni 5 ta sezgi a’zolariga. Izlanishimiz natijasida yana shu narsa ma’lum bo’ldiki, bilish muammosini tadqiq qilishda Jurjoniy asosiy e’tiborini inson ruhiyatini va ruhiy kuchini o’rganishga qaratgan ekan. Ichki hissiyotlarni o’rganishda davom etib, 5 ta tashqi sezgilar kabi ichki sezgi turlari ham borligini ta’kidlaydi, boshqa mualliflar sanab o’tganlari soni uchtadan beshtagacha. Jurjoniyda biz beshta hissiy sezgilarni uchratamiz. Hissiy sezgilar deganda U umumiy tuyg’ularni (“Hissi mushtarak”), o’ylash (“Xiyal”) tasavvur qilish (“Vaxima”), eslash (“zakira”), xotira (“xafiza”) ni nazarda tutgan. Jurjoniy bilishda sezgining ahamiyatiga katta e’tiborini qaratgan. Bu sohada u barcha zamondoshlarini erishgan natijalarini umumiylashtirib, batafsil ichki hissiyotlar mohiyatini tashqi sezgilardek ta’riflagan va ularni tasniflagan. Jurjoniy gnoseologiyasi tahlili shuni ko’rsatadiki, uning hissiyot ta’limoti va fikrlash jarayoni negizida dastlabki sezgi ma’lumotlari yotadi. Hissiyotlar esa, o’z o’rnida, o’ziga hos oraliqda ma’lumotlarni qabul qiladi. Jurjoniy fikricha hissiyotlar – chalg’itish bulog’idir. Jurjoniy beshta substansiya mavjudligini ta’kidlaydi. Bular – aql, jon, birlamchi substansiya, shakl va tana. Shu mohiyatlar yordamida emonatsiya nazariyasidan chekinmagan holda Jurjoniy moddiy va ma’naviy olamni bir-biri bilan bog’laydi. Jurjoniy tabiiy borliqdagi jismlarni oddiy va murakkabga bo’lib, ularni o’zicha turkumlarga bo’ladi. Murakkab unsurlar to’rt unsurdan tashkil topadi, oddiylari pastki va yuqorilarga bo’linib, ko’rsatilgan unsurlarni o’z ichiga oladi. Yuqori jismlar nurlanuvchi yoki nursiz bo’lishi mumkin. Birinchisiga yulduzlar kirsa, ikkinchisiga jon kiradi. Murakkab jismlar minerallarni, harakatsiz va sezmaydigan o’simliklarni, sezuvchi va harakatdagilari esa, tilsiz hayvonlarni hamda tilga ega odamlarni o’z ichiga oladi. Jurjoniy fikriga ko’ra, insonni boshqa mavjudotlardan farqlab turuvchi narsa –fikrlash va so’zlashdir. Jurjoniy dunyoqarashiga hos hususiyat, uning butun borliqni bir-biriga qonuniy ravishda bog’langan bo’laklardan iborat yagona tana sifatida ta’riflashdir. Uning fikricha, moddiy dunyoni tashkil etgan narsalar asosida to’rt unsur, ya’ni olov, havo, suv va tuproq yotadi. Uch unsurdan iborat boshqa jismlar, ya’ni metallar, o’simliklar va hayvonlar esa, yuqorida aytilgan to’rt unsurning bir-birlari bilan qorishishining hosilasi sifatida kelib chiqqandir. To’rt unsur doimo harakatda ekanligidan o’zgaruvchan bo’lib, biri ikkinchisiga aylanib qolishi mumkin. Havo suvga, suv tuproqqa va h.k. Jurjoniy ham Ibn Sino kabi mantiqni «bilish haqidagi fan» deb baholaydi va unin ta’limotiga ko‘ra, mantiq fani bilish nazariyasi hisoblanmaydi. Bilish jarayonida biz – tushuncha va mulohazalar orqali yangi, noaniq narsa haqida fikrga ega bo‘lamiz, deb ta’kidlaydi. U har qanday fikr tuzilishiga ko‘ra materiya va shakldan iborat, shuning uchun mantiqiy xatolar fikrning mazmuni va shakliga xosdir, deb yozadi.Jurjoniy, asosan, tushunchalarning kelib chiqishi va ko‘rinishiga e’tiborni qaratadi. Jurjoniy ta’limoticha, tushuncha va hukm o‘rtasida farq bor. Fikrda nimadir tasdiqlansa yoki inkor etilsa, bu hukm hisoblanadi. Hukm to’g’ri yoki xato bo‘lishi mumkin. Fikr yuritishning muhim bosqichlaridan biri – bu xulosa chiqarish hisoblanadi, deydi Jurjoniy. U xulosa chiqarishning uch turini: sillogizm, induksiya, analogiyani ajratadi. Sillogizm xulosa chiqarishning eng asosiy ko‘rinishi hisoblanadi. Induksiya va analogiya orqali xulosa chiqarish farazga olib keladi, ular chin bilimni bera olmaydi. Jurjoniy mantiq ilmining masalalarini ishlab chiqishda mustaqil ijodiy yo‘l tutdi. Uning mantiqiy ta’limoti Aristotelnikidan farqli ravishda sillogizmning mohiyati va shakllarini analiz qilishdan emas, balki hukm va silllogizmning asosiy elementi bo‘lgan tushunchalar tabiatini tahlil qilishdan boshlanadi. Jurjoniyning sillogizmga doir mulohazalarini maktab darsliklariga kiritish lozim. Jurjoniy mantiq ilmining o‘rganish doirasini faqat sillogizmlar bilan chegaralab qo‘ymasdan, unga mavjud bilimlar asosida xaqiqatga erishish yo‘llarini o‘rganuvchi fan, deb ta’rif berdi. Mutafakkir murakkab hukmlar tabiati va tuzilishini tahlil qilib, uning chin bilimga erishish jarayonidagi ahamiyati, tafakkur shakllari, ayniqsa, hulosa chiqarish bilan argumentlash o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’kidladi. Mutafakkirninrg argumentlashga doir fikrlainin va yondashuvlarini magistratura va doktorantura bosqichlaridagi ta’limda joriy etish lozim. Jurjoniyning gnoseologik va mantiqiy qarashlari sababli mantiq Temuriylar davrida inson bilimlarining barchasiga qo’llaniladigan qoida va mezon qonuniga aylandi. Ular bir yuritilayotgan hukmning to’g’riligini tortuvchi fanlarning toshu tarozisi sifatida namoyon bo’ldi.Natijada tez orada vujudga kelgan Ulug’bek rasadxonasining ilmiy tadqiqotlarida keng qo’llanildi. Jurjoniyning falsafiy asarlari, ayniqsa, uning mantiqqa oid risolalari O’rta Osiyo va Eronda mantiq ilmining rivojiga qo’shilgan muhim hissa bo’ldi. Mir Sayyid Sharif Jurjoniyning (1339-1413) falsafiy qarashlari va mantig‘i. Amir Temur tomonidan Sheroz fath etilishi munosabati bilan 1387 yilda u yerdagi yirik olimlar qatorida Samarqandga kelganlar orasida mashhur faylasuf va mantiqshunoslardan Ali ibn Muhammad Mir Sayyid Sharif Jurjoniy ham bor edi. Ilmiy adabiyotlarga Mir Sayyid Sharif nomi bilan kirgan Ali ibn Muhammad ibn Ali Husayniy Jurjoniy 1339 yilda Eronning Gurgon viloyati markazi bo‘lgan Astrobod shahri yaqinidagi Tog‘u qishlog‘ida tug‘ildi. Jurjoniy yoshlik yillaridan Sharqda mavjud bo‘lgan fanlarning barcha turlari bilan shug‘ullandi. Islom falsafasi va kalom, mantiq, til masalalaridan tashqari tabiatshunoslikka doir barcha sohalarni qunt bilan o‘rganib, ular haqida katta ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Jurjoniy Hirot, Qohira, Stambul, Qoramon, Sheroz shaharlarida turli olimlardan bilim o‘rgandi. 1387 yili Samarqandga kelgan Jurjoniy, bu yerda 20 yil samarali ijod etdi va faqat Temur vafotidan keyingina Sherozga qaytib, 1413 yilda dunyodan ko‘z yumdi. Jurjoniy Samarqandning mashhur madrasalarida falsafa, mantiq, falakiyot, fihq, til va adabiyot, munozara ilmi va boshqa fanlardan dars berib o‘zidan yaxshi nom qoldirdi. Uning shogirdlari orasida Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek va boshqalar bor edi. Jurjoniy asarlarining umumiy soni 50 dan oshiqdir. Bular ichida falsafa, mantiq va tabiatshunoslikka doir asarlar salmoqli o‘rinni egallaydi, o‘z navbatida, bu sohadagi asarlari butun Sharq mamlakatlariga keng yoyilgandir. Jurjoniyning bizgacha «Borliq haqida risola» va «Dunyoni aks ettiruvchi ko‘zgu» deb nomlangan falsafiy asarlari qo‘lyozma holida yetib kelgan. Jurjoniy bilish nazariyasi va mantiqqa doir «At-ta'rifot»(«Ta'riflar»), «Usuli mantiqiy» («Mantiq usuli») va ilmiy bahs faniga bag‘ishlangan «Odob ul-munozara» («Munozara olib borishning qoidalari haqida risola») kabi arab tilida yozilgan asarlarning ham muallifidir. Jurjoniyning fors tilida yozilgan mantiqqa oid bir necha asarlari ham bizgacha yetib kelgan. Bulardan «Kubro» («Katta dalil bo‘la oladigan hukm»), «Avsat dar mantiq» («Mantiqda o‘rta xulosa»), «Sug‘ro» («Kichik dalil bo‘la oladigan hukm») va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Uning «Sharhye faroyize sarojiya» («Meros bo‘lish majburiyatlarining Sarojiy ta'rifiga sharh») asari huquqshunoslik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, faqih Sajovandiy asarlariga javob tariqasida yozilgan (Jurjoniy. Sharhye faroize sarojiya. Stambul. 1873 yil). Jurjoniyning XIV asr faylasufi Eziddin Abdurahmon al-Ijiy (1300-1356)ning «Mavoqif fi ilm al-kalom» («Kalom ilmidagi manzillar») asariga sharh sifatida yozgan «Sharxe mavoqif fi ilmi al-kalom» («Kalom ilmidagi manzillarga sharh») kitobi (Jurjoniy Sharhye mavoqif fi ilm al-kalom. Stambul. «Dar ul-matbatul Omera» bosmaxonasi. 1267 hijriy yil) uning zamondoshlari va kelgusi avlod olimlari uchun falsafa va mantiq bo‘yicha o‘ziga xos qomus maqomiga ega bo‘ldi. Uning Abu Ali ibn Sinoning «Ishorat» («Ko‘rsatmalar») asariga yozgan sharhi alohida qiziqish uyg‘otadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling