13-mavzu. Islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi va islomlashuv jarayonining xususiyatlari
Download 170.76 Kb.
|
An’anachi ulamolar. O‘OMDI tizimida bo‘lmagan barcha ulamolar faoliyati qat’iy ta’qiqlangan bo‘lishiga qaramay, ular o‘z jonlarini xavf va xatarga qo‘yib norasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib talabalarni o‘qitishda davom etdilar. Ushbu ulamolar faoliyatini Farg‘ona vodiysi va Tojikistonda eng ko‘zga ko‘ringan hanafiy olimi xalq orasida Domullo Hindustoniy nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhammadjon Rustamov (1892-1989) misolida ko‘rib chiqamiz. U an’anaviy ta’limni o‘zi tug‘ilgan Qo‘qonda, keyin Buxoro va Hindistonda (uning ikkinchi nisbasi - Hindustoniy shundan) oldi.
Taxminan 50-yillar oxirlaridan boshlab, Hindustoniy bir guruh o‘z hammaslaklari uchun norasmiy ta’lim (Hujra) tashkil qildi. Vaqt o‘tishi bilan uning Hujrasida o‘quvchilar soni ortib bordi; bu yerda yaqingacha butun mintaqa, ayniqsa, Farg‘onada mashhur bo‘lgan ko‘plab ulamolar tahsil oldilar. Hindustoniy ta’lim berishdan tashqari turli risolalar, diniy asarlar va tasavvufiy she’rlarga sharhlar bitdi. Uning eng mukammal asari olti jildli Qur’on tafsiri (o‘zbek tilida) 1984 yilda tamomlangan bo‘lib, muallif so‘ziga ko‘ra, yosh diniy ilm toliblari va muqaddas Kitobni tushinishga qiynaladigan oddiy dindorlarga mo‘ljallangan. Uning va’zlari va talabalar bilan suhbatlari hamda munozaralari tushirilgan video va audio yozuvlar alohida diqqatga sazovor. U rasmiy islom tizimi (O‘OMDI)ga kirgan bo‘lishiga qaramay, doimo uning faoliyatiga, ayniqsa, odatiy hanafiy amaliyotlarni noshar’iy deb e’lon qilgan fatvolariga tanqidiy munosabatda bo‘ldi. Hindustoniy hayotining oxirgi 10-12 yilida, uning fikricha hanafiylik e’tiqodi va amaliyotlaridan uzoqlasha boshlagan Farg‘ona va Tojikistonning bir guruh ulamolariga nisbatan (ular orasida o‘zining sobiq shogirdlari ham bor) bir necha bor ochiq yoki yozma tarzda munozaralar bilan chiqdi. Dastlab, aksar munozaralar musulmonlar orasida ancha chuqur ildiz otgan aqidaviy va amaliy masalalar atrofida paydo bo‘ldi. Xususan, Hindustoniy uni tanqid qiluvchilarning siyosiy da’vatlarini qabul qilmadi. Shu ma’noda, uningcha, o‘zining mavqei ham hanafiylik ko‘rsatma va qoidalariga asoslangan. Uning uchun din yo‘lida kurashishning kuch ishlatish usuli (al-jihod as-sag‘ir) afzal emas. Bu masala, Hindustoniy fikricha, mahalliy diniy islohotchilar nazarida nafaqat musulmon mamlakatlaridagi dunyoviy davlatga nisbatan, balki ummatning ular fikriga qo‘shilmaydigan a’zolariga nisbatan ham diniy majburiyat – farz - bo‘lgan jihod tushunchasini qanday sharhlashga bog‘liq. Hindustoniy, uning fikricha, chetdan kelgan, arab davlatlaridagi diniy-siyosiy harakatlar rahbarlaridan chiqqan «islomni tozalash» g‘oyalariga mutlaqo salbiy munosabatda bo‘lgan. U ushbu g‘oyalarning bid’at ekanligini musulmon islohotchilari va «islomni tozalash» tarafdorlaridan bo‘lgan Muhammad Abduhni hajv qilgan «Hajviya-i Muhammad Abduh» nomli risolasida namoyish qilishga harakat qilgan va unda Muhammad Abduhni yaxshigina pichinglar bilan tanqid ostiga olgan. Mintaqada Hindustoniyning ko‘plab tarafdor va hamfikrlari bor edi: Shahrisabzda Domullo Faqiriy (vaf. 1976), Toshkentda Nodirxon Domullo (vaf. 1971) va boshqalar. Ular an’anaviy ulamolarning yangi avlodini o‘qitishga ko‘p kuch sarflagan bo‘lsalarda, lekin o‘z shogirdlaridan bir qanchasi atrofdagi vaziyatga boshqacha qarashini, Kompartiya va davlat organlarining vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan atestik harakatlarining kuchayib borishiga va aholining katta qismi tobora o‘zining musulmonlik e’tiqodini yo‘qotib borayotganiga loqayd qarab turishni istamasligini birdaniga payqab olmadilar. Download 170.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling