DINIY MUTAASIBLIK
|
o‘z aqida va g‘oyalarining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilganlikni, boshqa firqa va mazhablarga murosasiz munosabatni ifodalovchi qarashlar va xatti-harakatlar majmui.
|
DAXMA
|
yerdan 4-5 metr balandlikda silindr shaklida bo‘lgan maxsus joy bo‘lib, unga o‘liklar ustma-ust tartib bilan yotqiziladi.
|
DINIY BAG‘RIKENGLIK
|
kishilar va jamiyatda diniy asosda o‘zaro bir-birini tushunish, xolis va haqqoniy bilimlar, adolatli va haqiqiy baholar, o‘zaro hurmat va ishonchga, hamjihatlik va hamkorlikka asoslangan qarashlar va amaliy faoliyat tizimini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy-madaniy hodisa.
|
AQIDA
|
arab tilida biron narsani bir-biriga bog‘lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.
|
VIJDON ERKINLIGI
|
kishilarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqi.
|
AQLIY DALIL
|
mutakallimlarning o‘z ra’ylari. Fikriy qarashlari asosida biron aqidaviy masalaga bergan javoblari. Aqliy dalil asosan mantiq bilan bog‘liq hisoblangan.
|
AQIQA
|
“Aqiqa” lug‘atda “qorin sochi” degan ma’noni anglatadi. Atama sifatida esa, tug‘ilgan chaqoloqning sochini olish va tavalludi munosabati bilan so‘yiladigan qo‘yga aytiladi.
|