13-mavzu. Islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi va islomlashuv jarayonining xususiyatlari


Download 170.76 Kb.
bet7/26
Sana28.12.2022
Hajmi170.76 Kb.
#1022430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Movarounnahr fiqh maktablari

Fiqhning shakllanishi. Fiqh («chuqur anglash, bilim») -musulmonlarning xulq atvori hamda o‘zini tutish qoidalari haqidagi islom dokgrinasi (huquqshunoslik), ijtimoiy me’yorlarning islomiy majmuasidir (musulmon huquqi keng ma’noda).
Ikkala ma’noda fiqh islomiing paydo bo‘lishi bilan, mu­sulmon davlati xalifalikning shakllanish davri bir paytda paydo bo‘lmagan. VIII asrning birinchi yarmigacha xalifalik ij­timoiy me’yorlar (shu jumladan, huquqiy) tizimi, umuman olganda, islom qoidalari bilan tavsiflanmas edi. Bu tizim asosan, islomdan oldin paydo bo‘lgan me’yorlardan iborat bo‘lgan, ular yangi tarixiy sharoitlarda ham amalda bo‘lgan. Arablar egallab olgan hududlarda avvalgi huquqiy me’yor va urf-odatlari ham yangi din qoidalariga zid kelmagan bo‘lsa, jiddiy o‘zgarishlarsiz saqlanib qolgan.
Fiqhning shakllanishi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) so‘zlaridan hamda sahobalarining rivoyatlaridan hadislar yozilishi jarayoni bilan bir paytda kechdi. Shuning uchun fiqhga oid ilk asarlar (masalan, Zaydbin al-Hasaniing «Majmua al-fiqh», Malik bin Anasning «al-Muvatto»si, Ahmad ibn Hanbalning «al-Musnadi») o‘z mohiyati bo‘yicha huquqiy izlanish emas, balki hadislarning mavzu bo‘yicha yig‘ilgan to‘plamlari edi. Hadislarni tizimlashtirish yechimi Qur’on va Sunnatni talqinini talab qilgan masalalarni aniqlashga yordam berdi va shu bilan fiqhning mustaqil fan sifatida shakllanishiga ko‘maklashdi.
VIII-IX asrning birinchi yarmida fiqh tushunchalari, maxsus tili va uslubiyati shakllandi. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng Qur’on va Sunnat huquqiy masalalar yechimlarining asosiy manbalari deb hisoblana boshladi. Shu bilan birga faqihlar mustaqil manba sifatida musulmon jamiyatining yakdil fikrini (al-ijmo) tan olishdi, u amalda paygambarimiz sahobalarining yakdil roziligi sifatida qabul qilindi. Qur’on va Sunnatda har qanday savollar, masalalarga javob va yechim bor degan xulosaga kelindi, ularni faqihlar topishi lozim edi. Shuning uchun Qur’on va sunnatda musulmonlar rioya qilishga majbur bo‘lgan muayyan qoidalarga ko‘rsatmalar hamda bir ma’noli yechimlar bo‘lmaganida faqihlar mazkur manbalarni huquqiy tavsifiga alohida e’tibor berishar zdi. Ulardagi umumiy ko‘rsatmalarni amaliy me’yor va huquqiy konstruksiyalar tiliga tarjima qilishar edi. Sekin bo‘lsa-da, biroq, asosiy manbalardan ularda bevosita ko‘rsatilmagan holatlar bo‘yicha huquqiy qarorlarni topish (al-istinbot) uslubi shakllandi. Bunday uslublar al-ijtihod negizida yotardi, al-ijtihod deganda faqihlar Qur’on yoki sunnatda bevosita shaklda ko‘rsatilmagan (qat’iyyat ad-dalola) yoki payg‘ambarimiz sahobalarining yakdil fikrlarida aks ettirilmagan masalalar bo‘yicha yechimlarni shakllantirishning ratsional uslublari hamda umu­miy yoxud allegorik shaklda (zanniyat ad-dalala) bayon etilgan yechimlarni ushbu manbalar tavsifidan chiqarib olish uslublari tushunilar edi. Al-Qiyos tushunchasi paydo bo‘ldi, uning al-ijtihod va Qur’on, sunnat va al-ijma bilan asosiy shakl si­fatida tan olinishi fiqhning alohida yo‘nalishiga – usul al-fiqhiyaga asos soldi.
Fiqh – huquqshunoslikning paydo bo‘lishi va rivojlanishida ash-Shafoe’iyning katta xizmati bor. U o‘zining «ar-Risola» asarida fiqhning asosiy toifalarining aniq tavsifini berdi.
X asrlarga kelib, fiqh diniy fanlarga tegishli bo‘lgan mustaqil fan sifatida to‘liq shakllandi. Fiqhning maxsusligi u amaliy masalalarni yechishga yo‘naltirilganligidadir. Fiqh-ni ilm al-furu’ – shariatning amaliy me’yorlari haqidagi ilm sifatida tushunish umume’tirof etildi. Fiqh predmeti me’yorlarni ikki toifasini o‘rganishni o‘z ichiga oladi:

  1. Musulmonlarning Alloh bilan munosabatini tavsiflab berish, ya’ni sig‘inish va diniy majburiyatlarning bajarish (al-ibodot);

  2. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda musulmon hokimiyatining (davlatining) fuqarolar, boshqa konfessiya va davlatlar o‘rtasidagi munosabatni tartibga soluvchi (al-muomalot) faqihlarning asosiy sa’y-harakatlari me’yorlarning ikkinchi toifasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan edi, ularni aksariyati al-ijtihod asosida kiritilgan edi.

Al-Fiqh shakllanishining ilk bosqichidayoq uning ikki maktabi paydo bo‘ldi. Ulardan birini, ya’ni Iroq maktabini «mustaqil fikr yuritish tarafdorlari» (as’hob ar-ray) maktabi deb atashdi, Madina maktabini esa «rivoyat tarafdorlari» (as’hob al-hadis) deya nomlashdi. Ular o‘rtasidagi farq maktablar uz ta’limotlarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoitlar xususiyatlari bilan tavsiflanar edi. Iroq huquqshunoslari nafaqat al-qiyosni, balki al-ijtihodni keng ishlatishar edi, Madina maktabi esa asosan Qur’on va sunnatga asoslanardi. Avvaliga maktab ma’limoti ananim edi, biroq asta-sekin ulardan har biri o‘z ta’limotini asoschilaridan biriga taalluqli deya e’lon qildi. Masalan, Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit (767 yilda vafot etgan) Iroq maktabining asoschisi deb topildi. Molik ibn Anas (795 yilda vafot etgan) esa Madina maktabi­ning asoschisi hisoblandi.
IX-X asrlarda al-fiqhning boshqa sunniy talqinlari ham paydo bo‘ldi, xususan, Shofe’iy mazhabi, uni Muhammad bin Idris an-Shafiy (820 yilda vafot etgan) nomi bilan atashdi. Ash-Shofe’iy uchun al-qiyos bilan bir xil hisoblangan al-ijtihodni qat’iy qo‘llash xos edi. Kechroq hanbaliy mazhabi ham tan olindi, Ahmad bin Hanbal (855 yilda vafot etgan) uning asoschisi hisoblanadi. U Qur’on va hadislarni nihoyatda keng ishlatishi bilan mashhur bo‘lgan. Al-Fiqhning boshqa maktablari ham mavjud edi. Biroq XIV asrga kelib sunniy mazhabning yuqorida ko‘rsatilgan 4 ta maktabi hamda shia mazhabining bir nechtasi saqlanib qoldi. Hozirgi paytda ularning ichidan faqat quyidagilar amaliy ahamiyatga ega:

  1. Ja’fariy (Imomiy) asoschisi – Ja’far as-Sodiq (765 yilda vafot etgan).

  1. Zaydiy asoschisi – Zayd bin Ali (740 yilda o‘ldirilgan);

  1. Ismoiliy – asoschisi al-Qodi al-Nu’mon (979 yilda va­fot etgan).


Download 170.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling