13-mavzu. Islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi va islomlashuv jarayonining xususiyatlari
Download 170.76 Kb.
|
Movarounnahr hanafiylari. Buxoro va Samarqanddagi mahalliy hanafiy jamoalari XI asrning o‘rtasigacha avtonom faoliyat yuritar edi. XI asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Movarounnahrning ikki mustaqil hanafiy markazlari an’analarining birlashish jarayoni boshlanadi. XI asr boshida Buxoro jamoalari yetakchilarining birlashiii natijasida ulamo instituti paydo bo‘ladi. U «Shams al-aimma» («Imomlar quyoshi») deb nomlanadi. Bu nomlanish qoraxoniylarning «Shams al-mulk» («davlat quyoshi»)siga muqobil ravishda berildi. Shasm al-aimma aholi ichida diniy qonun bilimdoni sifatida yuqori obro‘ga ega edi, ko‘p sonli shogirdlari mavjud edi. Juma namo-zini ijtimoiy jihatan muhim bo‘lgan muammolarni muhokama qilish uchun mohirona ishlatar edi, bosh qozi harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi.
Hukmdorlar o‘z hokimiyatining sakrallashuvi haqida har tomonlama g‘amxo‘rlik qilar edi: aholi nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan diniy tadbirlarda ishtirok etardilar, hukmdorlardan ba’zilari diniy ilm bilimdoni bo‘lishga harakat qilar edi, hukmron oilaning alohida kelib chiqishi haqida fikrlar ishlab chiqar edi. Mahalliy aholini ijtimoiy jihatdan keng qo‘llab-quvvatlashidan foydalanib, hanafiy ulamolari o‘z an’anasiga ega bo‘lgan mavjud shahar jamoalari asosida O‘rta Osiyo shahar musulmon madaniyatini shakllantirishida, Yaqin Sharq turidagi umumislomiy unsurlarning mahalliy madaniy an’analar bilan sintez yo‘li orqali shakllanishida faol ishtirok etishdi. Arablashuv bilan bir qatorda arab va Xuroson aholisining ijtimoiy ta’sir kuchi ostida ijtimoiy hayot va madaniyatning eronlashuvi ham kuzatildi. Buxoro va Samarqandda islomning XII asrda o‘rnatilgan muayyan shakllari jabhalarini yaxshiroq tushunish uchun ulamolarning asarlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Movarounnahr hanafiylarining ilmiy an’analaridagi in-qirozning ikki davri belgilangan: IX asrning ikkinchi yarmi va X asrning oxiri XI asrning boshi. Hanafiylar ta’limotini asta-sekin an’anaviylashtirish uchun jamiyatga ta’sir o‘tka-zishda ahl al-hadis bilan raqobat muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyinchalik esa Xurosonning shafiy va ashariylar bilan qara-ma-qarshiligi hanafiy mazhabi ta’limotining barcha yo‘nalish-lari rivojlanishini rag‘batlantirdi. Movarounnahrda hukmronlik uchun tashqi siyosiy kuchlar kurashi va buning natijasida markaziy hukumatning kuchsizlanishi ulamolarning ba’zi bir guruhlari – Buxoroda sadrlarning (1102-1238 yillar) va Samarqandda sayyidlarning (XII asr) istehkomi kuchayishiga olib keldi. Mo‘g‘ullar davri. Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar hokimiya-tining o‘rnatilishi shakllangan eski tuzumdan umuman yangi ijtimoiy siyosiy tuzumga, ya’ni ko‘chmachi tuzumga o‘tish degani edi. Bunday vaziyatda arablarning siyosiy gegemoniyasi sharoitida shakllangan ijtimoiy munosabatlar asta-sekinlik bilan kuchi-ni yo‘qota boshladi. Shunga muvofiq ravishda hanafiy ulamola-rining ijtimoiy diniy jarayonlardagi ahamiyati ham pasaya boshladi. Hanafiylar ijtimoiy ahamiyatining pasayishi ilmiy sohada ham o‘z aksini topadi. Avval fatvolar chiqarilishi to‘xtatiladi, keyin esa fatvo to‘plamlarini va asl asarlarni tuzish to‘xtatiladi, kitoblarni muallif tomonidan o‘qib berish (imloni) o‘rniga oddiy ko‘chirish vujudga keladi. XIII-XIV asrlarda davom etgan fiqh mintaqaviy maktabi ahamiyatining pasayishi fiqhning jamiyat hayotidagi eng nozik o‘zgarishlarni hisobga oluvchi fandan sxolastikaga aylanishiga olib keldi. Yangi sharoitlarda ijtimoiy hayotda an’anaviy ravishda ko‘chmanchilar ichida kuchli ta’sirga ega bo‘lgan «qishloq imomlari», shayxlarning ahamiyati o‘sib bordi. O‘sha paytda ulamolarning yangi guruhi amaliyotini an’analashtirish ehtiyoji tug‘iladi. Yangi mazmun uchun eng qullay shakl sufiy ta’limoti bo‘ldi. O‘zaro tarqoq shahar qatlamlari - sex tashkilotlari, mayda kasb guruhlari yangi shakllanayotgan sufiylik ijtimoiy-diniy faoliyatida o‘z manfaatlari ifodasini topdi. Faqihlar qozi, shayxu-l-islom mansablariga tayinlanishda hamda madrasada dars berishda davom etishdi. Biroq ular ijtimoiy tomondan sust edilar. Fiqh masalalarini muhokama qilish, avvalgi, ijtimoiy ahamiyatga ega emas edi. Shunisi ajablanarliki, keyinchalik fiqh me’yorlariga - shariatga rioya qilishni hukumatdan faqihlar emas, balki shahar muhitida keng ijtimoiy ta’sir hamda qo‘llab-quvvatlashgaega bo‘lgan sufiy shayxlari talab qilar edi. Markaziy Osiyoning muayyan tarixi fonida faqih hanafiylar faoliyati va ilmiy ijodini ko‘rib chiqish, bu mintaqaning ijtimoiy tarixini tiklash uchun foydali bo‘ladi degan xulosaga olib keladi. Ilmiy faoliyatga hozirgacha faqatgina diniy hisoblangan mahalliy manbalarni asta-sekinlik bilan olib kirish va ularni kompleks o‘rganish Movaraunnahr jamiyati tarixiga «ichidan» nazar tashlashga imkoniyat beradi. Download 170.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling