13-mavzu. Islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi va islomlashuv jarayonining xususiyatlari
Download 170.76 Kb.
|
Hadislarga tanqidiy yondoshish
Sohta hadislar sonining o‘sishi musulmon olimlar orasida ularga nisbatan rasmiy-tanqidiy munosabatga sabab bo‘ldi.Muxaddislar sohta hadislar mavjudligini anglashar edi. Hadislarni o‘rganib sohta rivoyatlarni xaqiqiylaridan ajratish zaruriyati tug‘ildi.Muxaddislar diqqatining asosiy ob’ekti rivoyatning o‘zi emas, balki uni yetkazib beruvchilar zanjiri (isnod) edi: isnodning sifati rivoyat xaqiqiyligining kafolati edi. Muxaddislar uchun yetkazib beruvchilarning uzilmas zanjirini aniqlash muxim edi. Ularni ilm al-xadisda «ar-rijal» (“kishilar”, “erkaklar”) deb atashar edi. “Ilm ar-rijal” (“erkaklar bilimi”)fani shundan tashkil topgan. Muxaddislar ularning ismini, yashagan yillarini, biografik ma’lumotlarini (qaerda va qachon bo‘lganligini) aniqlashga harakat qilishar edi. Bu ularni bir-birlari bilan uchrashganligi, gaplashganligi haqida guvoxlik berar edi. Bundan tashqari, ularning xaqiqiy musulmonligi va ma’naviy sifatlari baholanar edi: ularning xar biri yaxshi musulmon xisoblanar edimi-yo‘q, ishonchga sazovor edimi, haqiqatgo‘y (sodiq) edimi, ya’ni eshitganini to‘g‘ri aytib bera olar edimi – ana shular aniqlanar edi. Rivoyat yetkazib beruvchilarni tekshirish berilayotgan xabarning haqiqiyligiga kafolat sifatida muxaddislar doirasida «al-jarx va-t-ta’dil» (“rad qilish” yoki “tasdiqlash”) nomini oldi. Yetkazib beruvchilar haqidagi jami ma’lumotlarni to‘plash va tanqidiy o‘rganish “ilm al-xadis”da aloxida yo‘nalish-“ma’rifat ar-ridjal” (“erkaklar xaqida” bilim) paydo bo‘lishiga olib keldi.Bu bilimga xar bir ilmli muxaddis ega bo‘lishi lozim deb xisoblanar edi. Yetkazib beruvchilarni aniqlash isnodda nomi aytib o‘tilgan shaxslar biografiyasi yozilgan tabakat turidagi ma’lumotnomalar yoki maxsus lug‘atlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bizgacha yetib kelgan bunday asarlardan eng qadimgisi Ibn Sa’dning (845yilda vafot etgan) «Kitob tabakat al- kabir» asaridir. Ishonchga loyiq shaxslar haqida ma’lumotnomalar bilan bir qatorda «ishonchga noloyiq», «bo‘sh» yetkazib beruvchilar haqida ma’lumotnomalar-du’afalar (birligi-da’if) tuzilar edi, masalan, an-Nasa`ining (vafoti-915 y.) «Kitab ad-du’fa» asari. Rivoyat tanqidi g‘oyat sinchkovlik bilan qilinar edi, buning natijasida maxsus atamalar paydo bo‘ldi. Hadislar turlicha baxolanib, «ishonchli» (sahih), «yaxshi» (hasan) va «bo‘sh» (da’if) toifalarga bo‘linar edi. «Ishonchli» deb to‘la, hech qanday uzilishsiz yetkazib beruvchilari zanjiriga ega bo‘lgan, yetkazib beruvchilar esa ishonchli bo‘lgan xadislar xisoblanar edi. Rivoyatlarni yetkazib beruvchilar zanjirida uzilish bo‘lgan yoki ularning to‘g‘riligi xaqida yakdillik bo‘lmagan hadislar “yaxshi” xisoblangan. Bunday rivoyatlar “ishonchli”dan ko‘ra past xisoblansada, qabul qilinar edi va diniyqhuquqiy masalalarni xal qilishda qo‘llanilar edi. Mazmuni tanqid qilingan yoki yetkazib beruvchilardan biri ishonchsiz xisoblangan xadis «bo‘sh» deb xisoblanar edi.Bunday rivoyatlar ularda turli xil ibratli o‘gitlar yoki yaxshilikka chorlovchi fikrlar aks ettirilgan bo‘lsagina qabul qilinar edi. Xadislar tekshirish jarayonida isnod, matn va yetkazib beruvchilar soniga qarab turli boshqa guruhlarga ham ajratilgan. Rivoyatlarni olish va berish usullari ham belgilangan, ular kamida yettita bo‘lib, quydagilardan iborat: sama’, kira’a, ijaza, munavala, mukotaba, vasiya, vijada. Bularning ba’zilaridan (munovala va mukotaba) IX asrdayoq, ehtimol bundan ham ilgariroq foydalanilgan. Hadislar to‘plamlarining tiplari. Dastlab hadislar to‘plamlari «musnad» («asosli», «tayanchli») tipida tuzilgan. Ulardagi materiallar dastlabki yetkazib beruvchilar – masxablarning nomi bo‘yicha tasniflangan. Masalan, Ahmad ibn Hanbal (vafoti 855 y.) musnadi tarzida. IX asrning yirik allomalari Imom alqBuxoriy (vafoti 870 y.), Muslim anqNaysaburiy (vafoti 875y.), Muhammad ibn Yazid ibn Majja (vafoti 886 y.), Abu Dovud Sulaymon Sijjistoniy (vafoti 888 y.), Muhammad atqTermiziy (vafoti 892 y.), Ahmad anqNasoiy (vafoti 915 y.), ya’ni musulmon olamida keng yoyilgan oltita ishonchli hadislar to‘plamlarining mualliflari rivoyatlar tanqidiga katta hissa qo‘shganlar. Musannar tipida tuzilgan bu to‘plamlar kompozitsiyasining ancha tugal namunasi edi. Ularda materiallar mavzular bo‘yicha yoki bayonninng predmetlari bo‘yicha joylashtirilgan, bu ancha qulay edi, chunki u ortiqcha izlashlardan xalos qilar edi va muayyan masalaga oid rivoyatlar g‘oyasini tez bilib olishga imkon berar edi.. Keyinchalik bu olti muhaddis, yana uch muhaddis qo‘shildi: Ahmad ibn Xanbal (780-845), Molik ibn Anas (714-795), ad-Darimi asqSamarqandiy (797-869). Shu tariqa ularning soni to‘qqiztaga yetdi. Hadislarni o‘rganish keyingi davrda xam davom etdi. Ko‘pgina nazariy asarlar yozildi. Bulardan eng muhim deb hisoblanganlari Abu Muhammad arqRamaxurmuziyning (vafoti 970 y.) «alqMuhaddis alqfasil bayqnaqravi vaqlqva’ni» («Yetkazib beruvchi bilan aqlda saqlovchini farqlantiruvchi hadisshunos »), alqHakim anqNaysaburiyning (vafoti 1014 y.) «Ma’rifat ‘ulum alqhadis» («Hadisshunoslik ilmi») va, ayniqsa, Ibn asqSalohning (vafoti 1245 y.) «Ilm asqHadis» («Xadisshunoslik») nomli kitoblaridir. Keyingi kitobda o‘rta asr musulmon tanqidchiligi haqidagi tasavvurlar batafsil va to‘la hajmda qarab chiqilgan. Hadisshunoslikning buyuk namoyandalari va ularning asarlari. Markaziy Osiyodan chiqqan buyuk muhaddislardan biri ‘Abdallax ibn alqMuborak alqMarvoziy (736-797) edi. U Xurosonning markaziy shahri Marvda tug‘ilgan. Uning otasi turk, onasi esa xorazimlik bo‘lgan. Uning biografiyasida oilaviy ahvoli haqida ma’lumotlar yo‘q. Al-Marvoziyning Marvdagi keng hovlisi hadis, fikh va arab tilini o‘rganish uchun uzoq shaharlardan kelgan olimlar bilan to‘la bo‘lar edi. Ilmiy munozaralar olimda o‘z bilimlaridan qonikmaslik hissini uyg‘otdi. Al-Marvoziy 23 yoshga to‘lganida ilmiy safarga chiqadi. Kufeda u xanafiya mazxabining asoschisi Abu Xanifa (699-767) bilan uchrashadi, undan fikh ilmini o‘rganadi. Madinada u malikiya mazhabining asoschisi Malik ibn Onasdan (714-795) ta’lim oladi. Al-Marvoziy tafsir,fikh, hadis, sufizm va hokazolarga oid o‘ndan ortiq kitob muallifi. Bulardan «Kitob asqsunan fi-l-fikh» («Fikhda hadislar o‘rni»), «Kitob atqtafsir» (Qur’on haqida), «Kitob atqtarix» (tarix bo‘yicha), «Kitob alqbirr vaqsqsilat» («Sahovatlik va qarindoshlar bilan o‘zaro bordi-keldi qilish kitobi»), «Kitob az-zuhd va-r-raka’ik» (sufizm bo‘yicha) kitoblarini tilga olib o‘tish mumkin. Adolat yuzasidan shuni aytib o‘tmoq joizki, mashhur muhaddis Imom Al-Buxoriy yoshligidayoq al-Marvoziy kitobini o‘qib chiqqan. Movarounahrlik muhaddis Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan. Un yoshidan e’tiboran xadislarni yoddan o‘qiy boshlagan. 16 yoshida u onasi va akasi bilan ziyorat qilish uchun Xijozga boradi. Bu yerda u xadislarni topish va o‘rganish uchun o‘z sayoxatlarini boshlaydi. Xadislarni o‘rganishda unga Misr, Suriya, Iroq, shuningdek, Xuroson va Movarounaxr olimlari yordam beradilar. Uning yigirmadan ortiq ilmiy asarlari bor. Uning «al-Jomi’ as-saxixa» («Ishonchli to‘plam») kitobi xadisshunoslik bo‘yicha asosiy manba xisoblanadi. Yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha, u xadislarni mingdan ortik shayxlardan eshitgan. Al-Buxoriy barcha «ishonchli» xadislarni (Muxammad payg‘ambarning aytganlari va ishlari xaqidagi rivoyatlarni) to‘plashni maqsad qilib oladi. Al-Buxoriy o‘sha zamonning muxaddislariga xos tanqidiy nazar bilan qarab o‘sha vaqtda kishilar va ulamolar orasida yurgan 600 ming xadisni, shuningdek o‘z ustozlaridan o‘zi yozib olgan 200 ming xadisni tekshiradi. Mana shu ko‘pdan-ko‘p rivoyatlardan al-Buxoriy faqat 7400 taga yaqinini eng «ishonchli» xadis sifatida tanlab oldi. Bular «Al-jomi’ as-saxix» («Ishonchli to‘plam»)ning asosini tashkil etgan. Bu to‘plamni odatda qiskacha qilib «Saxix» yoki «Saxixi Buxoriy» deb ataydilar. Kitob musannaf prinsipi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, bu xol al-Buxoriyga rivoyatlar doirasini ancha kengaytirib, unga xuquqiy, tarixiy, biografik, etik va tibbiy mazmundagi turli-tuman xadislarni kiritishga imkon berdi. Xadislar to‘plami 7397 xadisni uz ichiga olgan 3450 bob, 97 kitobdan iborat. «Al-Jomi’ as-saxix» zamondashlar tomonidan fikx bo‘yicha muxim qo‘llanma deb e’tirof etildi va X asrga kelib, ayrim juz’iy jixatlari tanqid qilinishiga qaramay, sunniy yo‘nalishdagi to‘plamlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Al-Buxoriyning boshqa asarlari orasidan yana xali kam o‘rganilgan «Tafsir al-Kur’on» (Qur’on sharxi) kitobini aytib o‘tish mumkin. Muslim an-Naysaburiy (817-875) – mashxur muxaddis. Nishopurda tug‘ilgan va vafot etgan. As-Saxix xadislar to‘plamining muallifi. Musulmon an’anachilar va xukukshunoslarda bu to‘plam shunga o‘xshash to‘plamlar orasida eng nufuzli xisoblangan. Muslim ko‘p sayoxatlar qilib, Xijoz, Misr, Suriya, Irokda bo‘lib xadislar yig‘gan va o‘rgangan. Aytishlaricha, u 300 mingdan ortik xadisni qarab chiqqan va ulardan faqat 12 mingtasini ishonchli xisoblab, asariga kiritgan. «Saxixi Muslim» musannaf to‘plami tarzida tuzilgan. U, aslida, «as-Saxixi al-Buxoriy»dagi kabi materiallarni o‘z ichiga oladi. Lekin boshqa manbalarga asoslangan. Muslim isnodlarga aloxida e’tibor beradi: ayni bir matnga turli isnodlarni keltiradi. Asar 52 bo‘limdan iborat bo‘lib, ularning xar biri xadislarning tegishli termalarini o‘z ichiga oladi (masalan, dinning beshta farzi, nikox, qullik, meros qoldirish qoidalari, urush, qurbonlik, payg‘ambarlar va ularning safdoshlari, bashorat, dunyoning oxiri to‘g‘risida termalar, etik va tibbiy mazmundagi xadislar). Tarixiy va biografik mazmundagi xadislar as-Saxixni, ma’lum darajada, tarixiy manba deb xisoblashga xam imkon beradi. Uning xar bir bo‘limi boshida berilgan muqaddima unga kiritilgan xadislarni qo‘llanishning xuquqiy jixatlarini tushuntirib beradi. AsqSaxix xuquqshunoslik bo‘yicha qo‘llanma vazifasini bajarib kelgan. Muslim asqSaxixdan boshqa yana fikx bo‘yicha ko‘plab asarlar va muxaddislarga bag‘ishlangan biografik to‘plamlar yozgan, lekin ular saqlanmagan va bizgacha faqat asqSaxix yetib kelgan. Muxaddis Abu Iso Muxammad ibn Iso al-Bugi at-Termiziy (824-892) Termiz yaqinidagi Bug qishlog‘ida o‘rta xol oiladi dunyoga kelgan. Uning butun hayoti va faoliyati Termizda o‘tgan. Uning «at-Termiziy» taxallusi shundan kelib chiqqan. As-Samaniy (1113-1167) «Kitab al-ansab»da («Nasl-nasab xaqidagi kitob») at-Termiziyning quyidagi so‘zlarini keltiradi: «Mening buvam nasli-nasabi bo‘yicha Marvlik bo‘lgan. U Laye ben Sayyor xukmdorligi davrida yashab, keyin Termizga ko‘chib kelgan». Muxammad at-Termiziyning turli fanlarni o‘rganishga, ayniqsa xadislarga bo‘lgan qiziqishi erta uyg‘ongan. Keyinchalik, o‘z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida u Sharq mamlakatlari bo‘ylab ko‘pgina sayoxatlar qilgan. U uzoq vaqt Makka va Madinada yashaydi, u yerda ko‘pgina taniqli olimlar bilan uchrashadi. Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, imom Abu Dovud, Isxoq ibn Muso, Mahmud ibn G‘aylon kabi atoqli muxaddislardan ilm olib tajriba ortiradi. At-Termiziyning ham ko‘pgina shogirdlari bo‘lgan. Bular Makxul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hammad ibn Shokir, Abu ibn Muhammad, Xaysam ibn Kulayd at-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy, Abul Abbos Muxammad b. Maxbud al-mahbubiy va boshqalardir. Imom Muhammad at-Termiziyning shogirdlari orasida turli mamlakatlar va elatlar vakillari bo‘lgan. Muhammad at-Termiziyga uning ustozi va safdoshi Imom al-Buxoriy katta ta’sir o‘tkazgan.Bu ikki buyuk muxaddisning uchrashuvlari 863-868 yillarda, imom al-Buxoriyning o‘z ilmiy sayoxatidan qaytib kelib yashab dars berayotgan Nishapur shahrida bo‘lib o‘tgan. Muhammad at-Termiziy o‘zining asosiy asari «al-Jomi’ alqkabir»da imom al-Buxoriy bilan bo‘lgan suxbatlarni minnatdorchilik bilan esga oladi. Ikki olimning birgalikda olib borgan ishlari imom al-Buxoriyning o‘limigacha davom etdi. At-Termiziyning o‘z ustozi va safdoshiga bo‘lgan cheksiz fidoiyligi haqida «Tazkirat al-Xuffoz» («Xofizlar xaqida kitob») asarining muallifi Shams ad-din az-Zaxabi o‘z asarida takidlab o‘tadi, u yerda shunday so‘zlar keltirilgan: «at-Termiziy o‘zining ustozi al-Buxoriyning o‘limiga shunchalik qayg‘urganki, xattoki ko‘r bo‘lib qolib, umrining oxirigacha shundayligicha yashagan». Imom at-Termiziy ota qishlog‘i Bug‘da 892 yilda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Uning qabri Sherobodning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Muhammad at-Termiziy o‘ndan ortiq asar yozgan. Bular «al-Jomi’ al-kabir» («Katta to‘plam») (u shuningdek «Sahih at-Termiziy» yoki «Sunon at-Termiziy»deb ham ataladi), «Ash-Shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambarning aloxida fazilatlari»), «Kitab at-Tarix» («Tarix kitobi»), «Kitab az-zuhd» («Taqvo haqida kitob») va boshqa asarlar. At-Termiziyning ilmiy merosi ichida «al-Jomi’ al-kabir» asari asosiy o‘ringa ega. Tuzilishi jihatdan «al-Jomi’ al-kabir» ko‘pgina boblarga bo‘lingan bo‘lib, bular taxorat, namoz (solot), zakot, ro‘za, xaj, janoza, nikox, tijorat va hokazolardan iborat. At-Termeziyning bu muhim asari bir necha marta jahonning bir necha tillariga o‘girilgan. Bu asarning birinchi kitobi o‘zbek tiliga ham o‘girilib «Sunan» nomi ostida Toshkentda nashr etilgan. Al-Buxoriy va Muslimlarning usullariga rioya qilib, imom at-Termiziy xadislarni «sahih» (to‘g‘ri,ishonchli), «xasan» (yaxshi), «g‘ariyb» (uncha ishonarli bo‘lmagan), «zaif» (zaif, chala) va xakozolarga bo‘lgan. O‘z asarlarida imom at-Termiziy birinchilardan bo‘lib hadislarni izohlashda ayrim atamalarni qo‘llagan. At-Termiziyning bebaho asarlaridan yana biri «Ash-Shamoil an-naqbaviyya» («Payg‘ambarning axloqiy fazilatlari») nomli kitobi bo‘lib, u tamomila payg‘ambarning hayotini tasvirlashga bag‘ishlangan. AtqTermiziyning asarlari katta tarbiyaviy va ahloqiy ahamiyatga ega, chunki ular kishilarni yaxshilikka, ezgulikka, sahovatga, adolatga, xalollikka, bir-birini tushunishga, ayollar va otaqonalarga nisbatan izzatq hurmatga chorlaydi. Ularda aldamchilik, yolg‘onchilik, riyokorlik, takaburlik, dushmanlik, sotqinlik, zo‘rovonlik va boshka salbiy hislatlar keskin qoralanadi. Download 170.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling