13-mavzu. Islomning O‘rta Osiyoga kirib kelishi va islomlashuv jarayonining xususiyatlari
Markaziy Osiyoda hadisshunoslik ilmining rivojlanishi
Download 170.76 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Osiyoda Hadisshunoslikning rivojlanishi.
Markaziy Osiyoda hadisshunoslik ilmining rivojlanishi
Payg‘ambar hadislari va sunnasi. «Hadis» arabchadan «yangi so‘z» deb tarjima qilinadi. Islom atamashunosligida «Hadis»-Muxammad payg‘ambar S.A.Vning ishlari, so‘zlari va harakatlari haqidagi rivoyatdir. Ushbu atamaning batafsil shakli-«al- xadis an-nabaviy» («payg‘ambar so‘zi») yoki «al-xadis an-nabaviya» («payg‘ambarlar so‘zlari») degani. Islomning ilk davridan boshlab hadislarga qiziqish tobora oshib boradi.Payg‘ambar hayotlik chog‘ida juda kam hadislar yozib olingan edi.Ular asosan og‘zaki aytilar edi. Xalifat xududi kengayishi va musulmon dunyosida yangi hayotiy muammolar paydo bo‘lishi bilan hadislarga talab oshib boradi. Islomning ilk davrida Payg‘ambar musulmon jamiyatining muhim savollariga vahiy yordamida javob berar edi. Soddaroq masala va savollarga u mustaqil javob berar edi. Natijada Payg‘ambar sunnusi shakllandi. Shunday qilib Payg‘ambar sunnasi islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbai bo‘lib qoldi. «Sunna» arabchadan «odat, amaliyot, qonun»deb tarjima qilinadi. «Payg‘ambar sunnasi» («as-sunna an-nabaviya») Muxammad Payg‘ambar so‘zlari va ishlari haqidagi hadislar to‘plamidir. «Sunna» va «Hadis» ko‘pincha musulmon adabiyotida teng ishlatiladi. Markaziy Osiyoda Hadisshunoslikning rivojlanishi. Islomning arab yarim oroli hududidan tashqariga tarqalishi bilan hadislar islomga yangi kirgan xalqlar orasida, ularning hayotida chuqur ildiz otib bordi va Makka, Madina, Misr, Iroq, Huroson, Movarounnaxrda hadisshunoslikning aloxida markazlari vujudga keldi. Markaziy Osiyo xududidagi Huroson va Movarounnaxrdagi markazlar birinchilardan edi. Bunga dalil Hadisshunoslik bo‘yicha tuzilgan to‘qqizta asosiy to‘plamdan yettitasi ushbu xudud muxaddislari qalamiga mansubligidir. VII asrning ikkinchi yarmi – VIII asr boshlarida islomlashtirish maqsadida uyushtirilgan musulmon yurishlari natijasida Huroson va Movarounnaxrda Payg‘ambar rivoyatlari tarqaldi. Maxalliy tendensiyalar bilan muloqotda bu sohta hadislar yuzaga kelib, ular haqida turli fikrlar paydo bo‘ladi: ularda ayniqsa shaharlarning mahalliy aholisi yoki urf-odatlari mahtalib ko‘klarga ko‘tarildi. Masalan: bir rivoyatda aytilishicha, go‘yo payg‘ambar, Sharqda bir shahar bor, uning osmondagi nomi «al-mahfuz» (ximoyalangan), yerdagi nomi esa «Samarqand», degan emish va uning axolisi islomga sodiq insonlar emish.To‘qqizta ishonchli to‘plamlarda bu rivoyat uchramaydi, bu esa uning yolg‘onligidan dalolat beradi. Bunday hadislarning paydo bo‘lishiga sabab arablarning ko‘pincha, payg‘ambar rivoyatlaridan o‘z manfaatlarini ko‘zlab mahalliy axoliga qarshi foydalanishidadir. Download 170.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling