13-mavzu. Istemolchi xulqi nazariyasi: foydalilik va uni maksimallashtirish reja


Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi


Download 51.23 Kb.
bet4/4
Sana15.03.2023
Hajmi51.23 Kb.
#1271400
1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu. Istemolchi xulqi nazariyasi foydalilik va uni maksima

Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi. YA’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi. Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. SHunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

1. Talab va taklifning quyidagi o‘zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Javoblaringizning to‘g‘riligini tekshirish uchun talab va taklif egri chiziqlari grafigidan foydalaning:


a) taklif qisqaradi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi; v) taklif ko‘payadi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; g) talab ham, taklif ham ko‘payadi; d) talab ortadi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi; e) taklif ko‘payadi, talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z) talab ham, taklif ham qisqaradi.
2. Engel qonunining mohiyatini tushuntirib bering.
3. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
4. Iste’molchining afzal ko‘rishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
5. YAlpi (umumiy) naflilik va so‘nggi qo‘shilgan naflilik tushunchalari o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
6. Befarqlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasi-chi? Ularning iste’molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang.
7. Iste’molchi byudjeti chizig‘iga narx va daromaddagi o‘zgarishlar qanday ta’sir ko‘rsatadi?


1 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 456

2 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 456-457

3 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 459

4 Қаралсин: Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, VI-боб; Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. – М.: ТК Вебли, Изд-во Проспект, 2005, V-боб, 3-§; Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, X-XI-боблар; Экономика: Учебник, 3-е изд., перераб. и доп./Под ред. д-ра экон. наук проф. А.С.Булатова. – М.: Экономистъ, 2005, IX-боб; Иохин В.Я. Экономическая теория: Учебник / В.Я.Иохин. – М.: Экономистъ, 2005, IX-боб; Курс экономической теории: Общие основы экономической теории. Микроэконмика. Макроэкономика. Основы национальной экономики: Учебное пособие / Под ред. д.э.н., проф. А.В.Сидоровича. – М.: «Дело и Сервис», 2001, VII-VIII-боблар.

5 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 547

Download 51.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling